Svop operatsiyalari - bu bank operatsiyasi bo`lib, valyuta ma`lum muddatga naqd sotiladi (sotib olinadi) va bir vaqtning o`zida valyutaviy savdo bo`yicha qarshi bitim tuziladi. Bu bilan garov evaziga ssudalar berish orqali kredit instrumentlarining likvidligiga ta`sir ko`rsatiladi.
Devalvatsiya (lotincha valyuta qadrini tushishi) -milliy valyutaning chet el valyutasi yoki boshqa xalqaro to`lov vositalariga nisbatan qadrining tushishini anglatadi. Bu bozor uchun kurash kuchaygan suratda eksportni rag`batlantirish, to`lov muvozanatini yaxshilash uchun qo`llaniladi. Buning asosiy sabablari bo`lib inflyatsiyani kuchayishi va mamlakat to`lov balansining salbiy qoldig`iga ega bo`lishidir. Bu usul AQSH da 1971, 1973-yillarda qo`llanilgan.
Revalvatsiya (lotincha valyuta qadrini oshirish) masalan pul birligi bu tadbirgacha boshqa valyutaganisbatan 1/1100 nisbatda bo`lgan bo`lsa bundan keyin 1/1050 bo`ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961,1969,1971 yillarda Germaniyada qo`llanilgan.
Valyutaviy cheklash siyosati va boshqalar. Bu chet el valyutasi oltin va boshqa valyuta qiymatliklari bilan bo`ladigan operatsiyalarni davlat miqyosida qonun asosida cheklashlardir.
Bundan maqsad to `lov balansining faolligiga va milliy pul birligi kursini barqarorligida erishish hisoblanadi. 2017-yil yakuniga ko`ra mamlakatimizda to`lov balansining ijobiy saldosi 854 million dollarga teng bo`ldi.
20.3. Valyuta munosabatlarini tartibga solish. O’zbekiston Respublikasining valyuta munosabatlari va qonuniyatlari O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlarini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida” Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari va ayrim boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun xujjatlarida nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Ma’lumki, valyuta munosabatlari valyuta boyliklari va undan foydalanish bilan bog’liq valyuta operatsiyalari bilan bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonunning 3-moddasiga ko’ra valyuta boyliklariga chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar, chet el valyutasidagi to’lov xujjatlari va sof qo’yma oltin kiradi.
Qonunning 6-moddasiga ko’ra valyuta operatsiyalariga:
Valyuta boyliklariga bo’lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o’zga shaxsga o’tishi hamda valyuta boyliklarini to’lov vositasi sifatida ishlatish bilan bog’liq operatsiyalar;
Valyuta boyliklarini O’zbekiston Respublikasida olib kirish va jo’natish, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish va jo’natish ;