Taymer ilovasi. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga Label, Button, SpinEdit va Timer obyektlarini joylaymiz. Label va Button sarlavhalarini QOLGAN VAQT: va START larga o‘zgartiramiz.
SpinEditning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz:
SpinEdit1.MaxValue:=100;
SpinEdit1.Value:=30;
SpinEdit1.Enabled:=False;
Button tugmasini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Timer1. Enabled:=True; operatorini kiritamiz. Timerni ikki marta bosib, TForm1.Timer1Timer protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:
SpinEdit1.Value:=SpinEdit1.Value-1; if SpinEdit1.Value=0 then
begin Timer1.Enabled:=False;
ShowMessage('VAQT TUGADI.'); Form1.Close;
end;
Bu protsedura har safar ishga tushganda, uning birinchi satridagi operator SpinEditning qiymatini bittaga kamaytiradi. Ikkinchi satrdagi operator SpinEditning qiymati 0 ga teng bo‘lganligini tekshiradi. Agar 0 bo‘lsa, to‘rtinchi satrdagi operator taymer ishini to‘xtatadi, beshinchi satrda ekranga muloqot darchasini chiqariladi. Bu oyna yopilishi bilan oltinchi satrdagi operator ilova oynasini yopadi va ilova o‘z ishini tugatadi.
Ilova ishga tushganda taymerning vaqtini SpinEditda o‘rnatamiz va Start tugmasini bosib, taymerni ishga tushiramiz. Taymerdagi vaqt kamayib boradi va u tugashi bilan ekranga muloqot darchasi chiqadi. Uni yopishimiz bilan ilova ham o‘z ishinitugatadi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollarkeltiring.
Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildidajoylashgan?
Timer obyektining interval xossasi qanday vazifanibajaradi?
Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘yberadi?
22-Mavzu: Image komponenti. “Futbol to‘pini sakratish” loyixasi.
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni
|
O’quv mashg’uloti shakli va turi
|
Amaliy
|
O’quv mashg’uloti rejasi
|
1. Delphining grafik imkoniyatlari.
2. Image va Shape obyektlari .
3. Pixels xossasi.
4. MoveTo va LineTo ususllari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Delphi dasturlash tilida amal bajarishda timer obyektining xossalari to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).
|
O’qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o‘zlashtirish
natijasida o‘quvchida shakllanadigan
asosiy bilim, ko‘nikma yoki
kompetensiyalar.
|
Pedagogik vazifalar:
1. Delphining grafik imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi.
2. Image va Shape obyektlari va ularning xossalari haqida ma’lumot beradi.
3. Pixels xossasini vazifasi haqida tushuncha beradi.
4. Mavzuni amaliy tarzda misollar orqali ochib berish.
|
O’quv faoliyat natijalari:
1. Delphining grafik obyektlarini aytib beradilar.
2. Image va Shape obyektlarining vazifasini amaliy ko’rsatadilar.
3. Pixels xossasini vazifasini amaliy ko’rsatib beradilar.
4. O’quvchilar mavzuni amaliy tartibda izohlab beradilar.
|
O’qitish metodlari
|
Ko’rsatish, tushuntirish, blits-so’rov
|
O’qitish vositalari
|
Kompyuter, slaydlar, namunalar
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Guruhli
|
O’qitish sharoiti
|
Kompyuter bilan jihozlangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor – so’rov, mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash.
|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Do'stlaringiz bilan baham: |