γ = gρ,
Bu yerda- g erkin tushish tezligi m/s2. tog’ jinsining hajm og’irligi γ0 tog’ jinsining tabiiy xoldagi hajm birligi γ0 (H/m3).
Solishtirma og’irlik va hajm og’irligi tushunchasi kon bosimini mustah-kamlagichga tushadigan zo’riqishni hisoblashda ishlatiladi.
Tog’ jinsining sochma hajm og’irligi–tog’ jinsining maydalanib sochilgan holdagi hajm og’irligi uni ρ hajm og’irligini o’lchagandek kg/m3 da bo’ladi.
ps=ρ/Kr
Bu yerda Kr maydalab sochillib yotgan tog’ jinsni koeffisenti.
Toshko’mirning sochma hajm og’irligi 900–1000, qumtosh va allevrolitlar 1200-1400kg/m3.
Tog’ jinsining g’ovakdorligi deyilganda bu undagi bo’shliqlar hajmi tushuniladi. G’ovakdorlikni aniqlashda tog’ jinsini hajmini undagi g’ovaklar hajmiga bo’linadi va foizlarda xisoblanadi. Magmatik va metamorfik tog’ jinslarining o’rtacha g’ovakdorligi 0,2–3%, ohaktosh, qumtosh, allevrolitlar, argilitlar, toshko’mir 5–15%.
G’ovakdorlik–tog’ jinsining suv yutishi, suv o’tkazishi, gaz o’tkazishi, maxkamligi va boshqalar.
Tog’ jinsi fizik - suvchanligi uning tabiiy namligi, suv yutishi, suv shimishi, suv shimib bo’shashishi va suv shimib ishib ketishi kiradi.
Tog’ jinsi namdorligi deganda undagi suvning hajmi tushuniladi, uni aniqlash uchun birinchi suv yutgan holdagi og’irligi o’lchanadi, so’ng uni 105oC quritib yana o’lchanadi. Bu foyizlarda hisoblanadi.
Tabiiy sharoitlarda magmatik tog’ jinslari suvchanligi 2%, toshko’mir va yon atrof puch tog’ jinslari 6%.
Suv yutishi–tog’ jinsi suv yutish xususiyatini aniqlashda tog’ jinsi to’liq suvga botiriladi va normal atmosfera bosimi ostida suv yutishi o’rganiladi. Qattiq tog’ jinsi 0,3 - 6%gacha, yumshoq kam sementlangan cho’kindi jinslar 10–25% va undan yuqori.
Maxkamlik–tog’ jinsining tashqi muxit ta’siriga qarshilik ko’rsatib buzilmasligi mahkamlik kriteriyasi bu bir o’qli siqish, siljitish va cho’zilishga vaqtinchalik ko’rsatilgan qarshilik.
Tog’ jinsining maxkamligi siqish, siljitish va cho’zilishga har-xilligi bilan xarakterlanadi.
Siqishga qarshi tog’ jinsini katta ko’rsatgich, cho’zishga esa kam qarshlik ko’rsatadi.
Bukish va siljitish ko’rsatgichi esa siqish bilan cho’zishning oralig’ida o’rinni egallaydi. Tog’ jinsini siqishdagi eng katta ko’rsatgich 5–35 barobar katta, cho’zishdagi ko’rsatgichga qaraganda.
Tog’ jinsini maxkamlik ko’rsatkichlari siqishga, cho’zishga, ularni massivdan ajratib olishda va yuklab elitish masalalarini hal qilish, kon lahimini o’tish normalarini tuzishda birinchi o’rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |