G.Lite– ADSL texnologiyasini varianti hisoblanadi. U 1,5 Mbit/sda
uzatadi
tezligi 512 kbit/sda qabul qiladi. Bu texnologiya ADSL ga qaraganda uzunroq
liniyalar bo„yicha ma‟lumotlarni uzata oladi.
G.Lite - arzonroq va o„rnatishga oddiyroq. Lekin keng tarqalmagan.
IDSL - ISDN raqamli AL. Bu to„liq duplekli ma‟lumotlarni uzatishni 128
kbit/s gacha tezlikda ta‟minlaydi. Bunda nutq uzatish mumkin emas.
HDSL - yuqori tezlikli raqamli AL. Bu texnologiya ma‟lumotlar uzatishning
simmetrik liniyasini tashkil qilishni ko„zda tutadi. Uning birinchi ko„rinishi ISDN
ning U interfeysi hisoblanadi. U 160 Kbit/s tezlik bilan bitta vitaya juftlikdan
dupleksli uzatadi, keyingisi Basic Rate ISDN. HDSL Ye1
liniyalariga alternativ
sifatida ishlatilgan. Uning tezligi 2048 Kbit/s. Lekin HDSL ma‟lumotlarni yoki
nutqni uzatish masofasi (0,4 mm diametrli simli kabel bo„yicha ) 4 km , ADSL ga
qaraganda kam. HDSL liniya uzunligini reginatorlar o„rnatiish bilan oshirish
mumkin. Buni IKM -30 olib tashlab o„rniga qo„yish uchun ishlatiladi. Korxona
ATSni ulash,
internet serverini ulash, lokal tarmoqlarni ulash uchun qo„llaniladi.
Bu texnologiya davlat va kommersiya aloqa operatorlari tomonidan ishlatiladi. Bu
texnologiya oddiy vitaya juftlik bo„yicha Ye1 oqimini uzatish uchun telefoniyada
qo„llanishidan tashqari, kompyuter tarmoqlarida keng qo„llaniladi, ishlab turgan
mis kabel bo„yicha video uzatish uchun ham ishlatiladi. Bu esa bu xizmatni narxini
sezilarli tushiradi. Demak OTAL bo„yicha uzatish bilan erishish mumkin bo„lgan
holatga HDSL asosida ega bo„lish mumkin va qimmat
turadigan tarmoqlararo
hamkorlik qurilmani o„rnatishni talab qilmaydi. HDSL yana tarmoqni mantiqiy
bo„lishni qo„llaydi.
SDSL – bu texnologiya HDSL ga o„xshash SDSL TI / E1 liniya tezligiga
mos tushuvchi tezlik bilan simmetrik ma‟lumotlarni uzatishni ta‟minlaydi. Lekin
bu texnologiyada ikkiga muxim farq bor. Birinchidan faqat bitta vitaya juftrik sim
ishlatiladi. Ikkinchidan maksimal uzatish masofasi cheklangan - 3 km. Bu
texnologiya biznes xizmatchilari uchun kerakli afzalliklarni ta‟minlaydi;
ularga
Internet tarmog„iga yuqori tezlikli kirish; ko„p kanalli telefon aloqa (VO DSL
texnologiya) tashkil qilish va xokazo. Bu oilaga MS DSL (Multi-speed SDSL)
texnologiyasini kiritsa bo„ladi. Bu texnologiya optimal uzoqlikka erishish uchun
uzatish tezligini o„zgartirishga yo„l beradi.
SDSL HDSL ga o„xshash tavsiflasa bo„ladi. Lekin SDSL HDSL qaraganda
kam masofa o„tishga mo„ljallangan, vaholanki ikkinchi juftlikni tejash mumkin.
Ko„proq foydalanuvchining ofisi operator bor nuqtadan 3 km dan ko„p bo„lmagan
masofada bo„linish mumkin, bu holatda SDSL texnologiya
HDSL ga qaraganda
narxi /uning foydalanuvchilariga xizmat sifati nisbati bo„yicha sezilarli afzallikka
ega. M SDSL variant kabel xolati yaxshi bo„lmagada kamroq tezlik bilan xuddi
shunday masofani o„tishga, yo„l beradi. To„liq 2 Mbit/s
xamma mijozlarga xam
kerak emas, ko„proq 256 yoki 128 kbit/s ham yetarlidir. VDSL- o„ta yuqori tezlikli
RAL xDSL texnologiyasini eng yuqori tezlikli texnologiyasi hisoblanadi. U
assimmetrik variantda ma‟lumotlar uzatish tezligi foydalanuvchiga downstream 13
dan 52 Mbit/s foydalanuvchidan (upstream) 1,6 dan 6,4 Mbit/s(16 Mbit/s gacha).
Simmetrik variant uchun 13 dan 26 Mbit/s. Telefon simlarini bitta vitaya
juftligi bo„yicha ishlaydi. VDSL texnologiya OTALni foydalanuvchigacha
yotkazishga tejamli samarali alternativi sifatida ko„riladi. Lekin ma‟lumotlar
uzatish maksimal masofasi 52 Mbit/s tezlikda 300m dan va 13Mbit/s
gacha
tezlikda 1,5 km gacha teng. VDSL ADSL o„xshash ishlatiladi. Bundan tashqari
yuqori aniqli televideniya (HDTV) signallarini uzatish, so„rov bo„yicha videoni
uzatish va xokazo uchun ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: