20 – Laboratoriya mashg‘uloti H. 248 Protokoli bo’yicha ulanishni o’rnatishni o’rganish


H.248/MEGACO buyruqlari va javoblari tuzilmasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana29.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#617685
1   2   3   4   5
Bog'liq
OZseDzY7OlY4xITYgIuF3WISz6KXjft7eOlYCJO2

 
H.248/MEGACO buyruqlari va javoblari tuzilmasi 
 
Buyruqlar MEGACO/H.248 protokoli asosiy ob’ektlarning ikkitasini 
manipulatsiya qilish uchun ishlatiladi - portlarniva kontekstlarni. Ko‘proq hollarda 
buyruqlarni kontroller uzatadi, ammo ikki istisno mavjud: Notify buyrug‘i, shlyuz 
tomonidan uzatiladi, Service Changebuyruq esa ham shlyuz tomonidan, ham 
kontroller tomonidan uzatilishi mumkin. 
Add buyruq kontekstga portni qo‘shadi. Agar buyruq kontekstga qo‘shilishi 
kerak bo‘lgan birinchi portga tegishli bo‘lsa, unda yangi kontekst yaratiladi. Bu 
buyruqqa javoban shlyuzga belgilangan, Termination ID uzatilishi kerak. 
Modifybuyruq mavjud bo‘lgan port uchun signallarni, xususiyatlarini
hodisalarni o‘zgartiradi. Agar buyruq kontekstda ishtirok etuvchi shlyuzning aniq 
portiga tegishli bo‘lsa, undaport identifikatori ko‘rsatilishi kerak. 
Subtract buyrug‘i mavud bo‘lgan kontekstdan portni uzadi. Subtract buyruqqa 
javoban shlyuz, StatisticsDescriptor deskriptorda, ulash vaqtida yig‘ilgan 
statistikani jo‘natadi. 
Move buyrug‘i bir harakatda portni joriy kontekstdan boshqa kontekstga 
o‘tkazadi. 
AuditValue buyrug‘i yordamida kontroller kanalga uzatiluvchi, port xususiyati 
haqida ma’lumotlarni, sodir bo‘lib o‘tgan hodisalar va signallar, shuningdek joriy 
vaqtda yig‘ilgan statistikani so‘raydi. Bu buyruqqa javoban so‘ralayotgan port 
parametrlari yoki shlyuz portlari uzatiladi. 
AuditCapabilities buyruq yordamida kontroller port xususiyatining mumkin 
bo‘lgan qiymatlarini, port tomonidan topilishi mumkin bo‘lgan hodisalar ro‘yxatini, 
port kanalga uzatishi mumkin bo‘lgan signallar ro‘yxatini, statik ma’lumotlarni 
so‘raydi. Bu buyruqqa javoban so‘ralayotgan port parametrlari uzatiladi. 
Notify buyruq shlyuzda bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida kontrollerni xabardor 
qilish uchun xizmat qiladi. 
ServiceChange buyruq shlyuz port yoki portlar guruhi xizmat ko‘rsatishdan 
chiqqani yoki xizmat ko‘rsatishga qaytgani haqida kontrollerni xabardor qilishiga 
yo‘l beradi. Media Gateway Controller portga xizmat ko‘rsatishdan chiqishni yoki 
xizmat ko‘rsatishga qaytishni buyurishi mumkin. SHu buyruq yordamida kontroller 
shlyuzni boshqarishni boshqa kontrollerga berishi mumkin. 7.2 - jadvalda 
MEGACO/H.248 protokoli buyruqlari, 7.3 – jadvalda MEGACO/H.248 protokolida 
ishlatilgan xatolar kodi keltirilgan. 


20.2 - jadval 
MEGACO/H.248 protokoli buyruqlari 
Buyruq 
Uzatish 
yo’nalishi 
Belgilanishi 
Add 
(qo’shmoq) 
MGC -> MG 
Kontroller shlyuzga kontekstga port qo’shish 
ko’rsatmasini beradi. 
Modify 
(o’zgartirmoq) 
MGC 

MG 
Kontroller shlyuzga port xususiyatini o’zgartirish 
ko’rsatmasini beradi. 
Subtract 
(uzmoq) 
MGC 

MG 
Kontroller kontekstdan portni chiqarib oladi 
Move (boshqa 
joyga 
o’tkazish) 
MGC 

MG 
Kontroller bitta harakatda portni bitta kontekstdan 
boshqasiga o’tkazadi 
AuditValue 
(portni 
tekshirmoq) 
MGC 

MG 
Kontroller port xususiyati, kanalga uzatiluvchi 
sodir bo’lib o’tgan hodisalar va signallar, 
shuningdek joriy vaqtda yig’ilgan statistikani 
so’raydi. 
AuditCapabiliti
es 
(port 
imkoniyatlarini 
tekshirmoq) 
MGC 

MG 
Kontroller port xususiyatining mumkin bo’lgan 
qiymatlarini, port tomonidan aniqlanishi mumkin 
bo’lgan hodisalar ro’yxati, port kanalga uzatishi 
mumkin bo’lgan signallar ro’yhati, statistic 
ma’lumotlarni so’raydi.
Notify (habar 
bermoq) 
MG 

MGC 
Shlyuzda bo’lib o’tgan hodisalar haqida xabar 
beradi 
ServiceChange 
(qayta start) 
MG

MGC, 
MGC 

MG 
Shlyuz bitta yoki bir nechta portlar ishchi holatdan 
chiqishlari yoki ishchi holatga qaytishlari haqida 
kontrollerga habar beradi. Kontroller portga yoki 
portlar guruhiga xizmat ko’rsatishdan chiqishni 
yoki xizmat ko’rsatishga qaytishni buyurishi 
mumkin.
20.3- jadval 
Xatolar kodlari
Xatolar kodi Bayoni 
400 
Noto’g’ri(nekorrektnыy)so’rov 
401 
Protokolda xato 
402 
Mualliflashtirish tasdiqlanmagan 
403 
Tranzaksiyada transit hato 
410 
Noto’g’ri identifikator 
411 
Tranzaksiyada mavjud bo’lmagan kontekstni identifikatori 
ko’rsatilgan 
412 
Kontekstning bo’sh identifikatorlari yo’q 
420 
Bunday hodisa yoki paketda signal yo’q(package) 


421 
Nomalum aksiya yoki aksiyalarni noto’g’ri kombinatsiyasi
422 
Aksiyalarda sintaktik xato 
430 
Portning noma’lum identifikatori 
431 
Portning mavjud bo’lmagan identifikatori 
432 
Portning bo’sh identifikatorlari yo’q 
433 
Ko’rsatilgan identifikatorli port, kontekstga qo’shb bo’lingan 
440 
Quvvatlanmaydigan yoki noma’lum paket 
441 
Deskriptor Remote yo’q 
442 
Buyruqda sintaktik hato 
443 
Quvvatlanmaydigan yoki noma’lum buyruq 
444 
Quvvatlanmaydigan yoki noma’lum descriptor 
445 
Quvvatlanmaydigan yoki noma’lum hususiyat 
446 
Quvvatlanmaydigan yoki noma’lum parameter 
447 
Deskriptor buyruq bilan zid 
448 
Buyruqda ikkita bir xil descriptor 
450 
Paketda xususiyat yo’qligi 
451 
Paketda hodisa yo’qligi 
452 
Paketda signal yo’qligi 
453 
Paketda statistika axborotni yo’qligi 
454 
Paketda parametrning qiymati yo’qligi 
455 
Parametr deskriptor bilan zid 
456 
Deskriptorda ikkita parametr yoki xususiyat
500 
Shlyuzda ichki xatolik 
501 
Quvvatlanmaydigan 
502 
Uskuna tayyor emas 
503 
Xizmat amalga oshirilmagan 
510 
Resurslar etarli emas 
512 
Talab qilinayotgan hodisani detektirlash uchun shlyuz jihozlanmagan
513 
Talab qilinayotgan signalni generatsiya qilish uchun shlyuz 
jihozlanmagan 
514 
Shlyuz xabar berishni yoki aytib berishni qaytadan ishlab chiqara 
(vosproizvesti)olmaydi 
515 
Quvvatlanmaydigan axborot ko’rinishi 
517 
Quvvatlanmaydigan yoki notog’ri rejim 
518 
Bo’lib o’tgan hodisalar saqlanadigan buferni to’lib ketishi 
519 
Numeratsiya rejasini saqlash uchun xotira yetmasligi 
520 
Shlyuz ishlatilayotgan numeratsiya rejasi haqida ahborotga ega emas 
521 
Port qayta start oldi 
526 
O’tkazish polosasi yetarli emas 
529 
Apparat ta’minotida ichki nosozlik 
530 
Tarmoqning vaqtincha nosozligi 
531 
Tarmoqning doimiy nosozligi 
581 
Mavjud emas 



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish