2. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari



Download 23,25 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi23,25 Kb.
#283007
Bog'liq
1-Mavzu


1- Ma’ruza
Mavzu: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:

1. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

2. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi.

3. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari.

4. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari.
Tayanch so’z va iboralar. Axborot, texnologiya, ob’ekt, axborotni yg’ish, qayta ishlash, uzatish, qaror qabul qilish,kompyuter arxitekturasi, xotira qurilmasi, kiritish-chiqarish qurilmalari, dasturiy ta’minot.
Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Insoniyat harakat va raqobat orqali tumush tarzini rivojlantiradi va yangi kashfiyotlarni yaratilishiga sabab bo’ladi. Azaldan insoniyat o’z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan shug’ullangan. Kompyuter texnikasi XX asrnig buyuk kashfiyotlaridan biri bo’ldi. «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, ishlov berish hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.

«Axborot texnologiyalari» fanining predmeti. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotga qo’llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari to’g’risidagi bilimlar hisoblanadi.

«Axborot texnologiyalari» fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, ishlov berish hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.

Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o’z ichiga oladi:

1. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish.

2. Uni qayta ishlash, joyiga uzatish.

3. Ma’lumotlarni kodlashtirish.

4. Ma’lumotlarni saqlash va izlash.

5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.

6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.

7. Qapop qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.

Ma’lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba’zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil bo’ladi. SHu o’rinda ba’zi jarayonlar qaytarilishi mumkin. Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati ko’p jihatdan iqtisodiy ob’ektga bog’liq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:

1. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish; axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish har xil iqtisodiy ob’ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xo’jaligi ob’ekti faoliyatini aks etgan boshlang’ich iqtisodiy hisobotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir.

2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali uzatish va boshqalar.

Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali yetib kelishi asosan ikki usulda amalga oshiriladi:

elektron tashuvchilarda

2) bevosita kompyuter maxsus dasturli va apparatli vositalar yordamida masofadan amalga oshiriladi.

3. Mashinali kodlashtirish. Mashinali kodlashtirish - bu mashina tashuvchilariga axborotni EHMda qabul qilingan kodlarda yozish jarayonidir.

4. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig’ish. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig’ish - axborotlardan ko’p marta foydalanish, axborotlarni doimiy qo’llash, boshlang’ich ma’lumotlarni qayta ishlashgacha ularni to’plash kabi zaruriyatlaridan kelib chiqadi. Axborot texnologiyalari boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi axborotlar bilan ishlash jaayonlarini bajaradi.

Axborot texnologiyalarini o’rganish uch qismdan iborat:

1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari o’rganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.

2. Axborot texnologiyalari vositalari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik erganomik va umumiy ta’minotlarni o’rganadi.

3. Boshqarish sub’ekti faoliyatiga taalluqli bo’lgan iqtisodiy masalalarni yechish yo’llari o’rganiladi.

Tashkiliy va uslubiy ta’minot o’zida izlanayotgan natijani olish uchun kompyuter va dasturiy ta’minotni faoliyat yuritishiga yo’naltirilgan tadbirlar majmuasidir.

Quyidagilar axborot texnologiyalarini asosiy xususiyatlari hisoblanadi:

1. Maqsadga muvofiqlik,

2. Komponent va tarkibiy tuzilishni mavjudligi,

3. Tashqi muhit bilan o’zaro hamkorlik,

4. Bir butunlik,

5. Vaqt bo’yicha rivojlanib borishi.

1. Maqsadga muvofiqlik – axborot texnologiyalaridan foydalanishning bosh maqsadi zamonaviy kompyuterlar, axborotlarga taqsimlangan ishlov berish, taqsimlangan ma’lumotlar bazasi, turli axborot hisoblash tizimlari asosida axborotlar aylanmasi va ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.

2. Komponent va tarkibiy tuzilishni mavjudligi:

funksional komponentlar - axborotlar aylanmasi va ishlov berish jarayonlarining asosiy mazmuni;

Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi: Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi – bu uni tashkil qiluvchi komponentlarni o’zarobog’liqligini ifoda qiluvchi, ikkita katta tayanch texnologiyalar va bilimlar bazasi guruhlariga birlashtirilgan ichki tashkillashtirishdir.

Tizimli va instrumental vositalar:

1) Apparat vositalar;

2) Tizimli dasturiy ta’minot (OT, SUBD);

3) Instrumental dasturiy ta’minot (algoritmik tillar, dasturlashtirish tizimlari, dasturlashtirish texnologiyalari).

3. Tashqi muhit bilan o’zaro hamkorlik – boshqarilayotgan ob’ekt bilan axborot texnologiyalarining o’zaro hamkorligi, avtomatlashtirishning korxona va tizimlar, fan, sanoat bilan o’zaro hamkorlik qilayotgan texnik va dasturiy vositalari.

4. Bir butunlik - axborot texnologiyalari o’ning bironta alohida komponentiga xos bo’lmagan masalalarni yecha olish xususiyatiga ega bo’lgan bir butun tizim hisoblanadi.

5. Vaqt bo’yicha rivojlanib borishi – axborot texnologiyalarini dinamik rivojlanishini, uning modifikasiyasini, tuzilishini o’zgartirish, yangi komponentlar kiritilishini ta’minlash.

2. Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati. Axborot kommunikatsion texnologiyalarni O`zbekistonda joriy etish.

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning xozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham texnologiyalardan foydalanishga bo’lgan talabi kun sayin ortib bormoqda, chunki butun dunyoda XXI asr – axborot asri deb tan olingan. Axborot asrida kata xajmdagi ma’lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelmoqda. Hozirda istalgan har qanday sohada kompyuter texnikasining imkoniyatian foydalanib kelmoqda. Respublikamizda kompyuter savodxonligini oshirish, jamiyatda kompyuter texnologiyalaridan samaali foydalanish jarayonini samarali ketishi uchun xukumatimiz tomonidan bir qator chora tadbirlar ishlab chiqilgan.





Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida (2011 y.)

Elektron to’lovlar to’g’risida (2005 y.)

Elektron tijorat to’g’risida (2004 y.)

Elektron hujjat aylanishi to’g’risida (2004 y.)

Axborotlashtirish to’g’risida (2003 y.)

Elektron raqamli imzo to’g’risida (2003 y.)

Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida (2002 y.)

Telekommunikatsiyalar to’g’risida (1999 y.)

Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida (1994 y.)

XX asrga kelib axborot texnologiyalari fani vujudga keldi. Axborot texnologiyasi bu aniq texnik va dasturiy vositalarning majmui bulib ular yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz.

Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborot qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodaluvchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatik so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish maonolarini anglatadi. Fransuzcha informatigue (informatika) so‘zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash maonosini anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Comruter science (komppyuter texnikasi xaqidagi fan) sinonimi mos keladi.

Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda komppyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 70-yillar o‘rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral sxema va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat koppyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog‘lanadi.

Informatika axborotning qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga taosirini EXM tizimlariga asoslangan xolda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jixatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani sohasidir.

Informatika bu jixatdan axborot modellarini qurishning umumiy uslubiyot tamoyillarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Shu bois axborot uslublari oboekt, xodisa, jarayon va hakazolarini axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir.

Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘p qirrali bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz.






Informatika - komppyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.

Informatika va kibernetika tushunchalarida ko‘pincha chalkashliklar uchrab turadi. Ularning o‘xshashligi va farqini tushuntirishga harakat qilamiz.

N.Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarini boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Kibernetika komppyuterlar mavjudligi yoki yo‘qligidan qatoiy nazar mavjuddir.






Kibernetika - texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir.

Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli oboektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o‘zgartirish va barpo etish jarayonlarini o‘rganadi. Shu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan tasavvur hosil bo‘lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika komppyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolar yechimi bilan ifodalanmaydi, bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.

Informatika komppyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo‘la olmaydi. Kibernetika komppyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin oboektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o‘z-o‘zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa ham, lekin:

informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanishi;

kibernetika esa - oboekt modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotlardan keng foydalanishi jihatdan farqlanadi.

Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundaki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va taolim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir.

1956 yilda akademik M.T. O‘razboev tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I.Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochilib, unga V.Q. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor “Ural-1” tipidagi EHM o‘rnatildi.

1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining hisoblash markaziga ega bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.

Xalq xo‘jaligidagi turli vazifalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini rivojlantirgan akademik V.Q. Qobulov boshchiligadagi birlashmaning yetakchi olimlari O‘zbekistonda kibernetikaning tarkib topishi va rivojalanishiga ulkan xissa qo‘shdilar. Obrazlarni tekshirib bilish va sunoiy intellekt nazariyalar bo‘yicha katta maktab yaratgan akademik M.M.Komilov, matematik modellash va hisoblash eksperimenti, matematik va fizika murakkab vaziflarini hal etishni miqdoriy-tahliliy usullari bo‘yicha muxbir aozolar F.B.Abutaliev, B.A.Bendarenko, T.Bo‘riev, axborotni qayta ishlash bo‘yicha - akademik D.A.Abdullaev, kibernetika fanining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ulkan ilmiy maktablar o‘zagini yaratgan professorlar T.A.Valiev, Z.T.Odilova, O.M.Nabiev, D.N.Axmedova, R.S. Saydullaeva, Z.M. Solixov, F.T. Odilova, N.A. Mo‘minov va boshqalarning katta xizmatlarini ta’kidlash lozim.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, birlashma olimlari tomonidan fundamental va amaliy ilmiy yo‘nalishlar belgilandi, O‘z.R. Fanlar Akademiyasi Xayoati tomonidan Respublikada kibernetika va axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Nazorat savollari:


1. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering

2. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi haqida ma’lumot bering

3. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari haqida ma’lumot bering

4. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari haqida ma’lumot bering


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.

  2. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axbotor tizimlari va texnologiyalari. Darslik. Toshkent, “Sharq”, 2000 y.

  3. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.: “Cho‘lpon”, 2013 y.

  4. U.Yuldashev, M.Mamarajabov, S.Tursunov. Pedagogik Web-dizayn. O‘quv qo‘llanma. T.: “Voris”, 2013 y.

  5. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.: “Faylasuflar jamiyati”, 2013 y.

  6. B.Moʻminov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-boʻstoni”, 2014 y.

Download 23,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish