4-mavzu. Shaxsiy kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va ularning turkumlanishi
1. Arxivivator dasturlar va ularning turkumlanishi;
2. Virus-dasturlar va ularning turlari. Virus-dasturlarlar yoki kompyuter viruslari;
3. Antiviruslar. Virus-dasturlarni izlab topuvchi va ularni zararsizlantiruvchi dasturiy vositalar;
-------------------------------------------------------------------------------------------
Tayanch so‘z va iboralar: arxiv, arxivlash, arxiv fayl, arxivdan chiqarish, arxivlovchi dastur, virus, filtr, makrovirus, virus dastur, antivirus.
1. Arxivivator dasturlar va ularning turkumlanishi
Arxivlash dasturlari — diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsada, ishlash tamoyili bir xil: fayllarda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda tuliq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa biror ma’lumotni yozish hamda ularning ketma-ketligini aniq ko’rsatishdan iboratdir. Bundan ko’rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar to’rt, hatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifodalangan fayllar esa juda kam—1% ga yaqin siqiladi. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5—2 barobar qisqartirishga imkon beradi.
Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari RKZIR, LNARS, ARJ, RAR, WinRAR, WinZIP dasturlaridir.
Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan holdagi ko’rinishi bo’lib, undan kerakli hollarda fayllarni dastlabki ko’rinishda chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko’rsatuvchi mundarijaga ega bo’ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma’lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo’ladi:
fayl nomi;
fayl joylashgan katalog haqida ma’lumot;
fayl o’zgartirilganligini ko’rsatuvchi sana va vaqt;
faylning diskdagi, arxivdagi o’lchami va parametrlari.
Arxivlash vositalari maxsus usullar bilan fayllarning hajmini qisib, kichraytiririshga, ya’ni ularning arxivlarini tashkil qilishga xizmat qiluvchi vositalardir.
Asosan, katta hajmdagi kerakli fayllarni nusxalarini disketalarga yoki boshqa xotiralovchi vositalarga yozib saqlab qo’yishda, ularni boshqa kompyuterga ko’chirib yozishda, vaqtincha foydalanilmayotgan fayllarni kampakt holda xotirada saqlashda (xotirada ko’p joy egallamasligi uchun) shu vositalardan foydalaniladi. Shuni unitmaslik kerakki, arxivlangan fayllar ishchi fayllar emas, shuning uchun ham ular ishga tushib biror amalni bajara olmaydi. Buning uchun aynan shu arxivlash vositalari yordamida arxivlarni ochib, ularni ishchi fayllarga aylantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |