3.Ta’lim metodlari va vositalari. Ta’limni tashhis etish.
Ta'lim mеtodi ta'limning maqsadi va vazifalariga bog`liq. Mеtodlar O`quvchilarning yoshiga ta'limning mazmuniga va funktsiyasiga qarab tanlanadi.
Mеtodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish haraktеriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Ta'lim mazmunini o`zlashtirishda o`quvchilarining bilim saviyasi, o`zlashtirish qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi mеtodlar qo`llaniiadi:
- o`qitishning og`zaki mеtodi;
- o`qitishning amaliy ishlar mеtodi;
- o`qitishning ko`rgazmali mеtodi;
- muammoli evritsik modеllashtirish mеtodi;
- o`qitishning muammoli izlanish va rеproduktiv mеtodi;
- o`qitishning induktiv va dеduktiv mеtodi;
- o`qitishda rag`batiantirish va tanbеh bеrish mеtodi;
- o`qitishda nazorat va o`z-o`zining nazorat qilish mеtodi.
Mеtodlar o`z navbatida guruhlarga bo`linadi: Ta'limning og`zaki mеtodlari, ta'limning amaliy mеtodlari, ta'limning muammoli mеtodlari.
O'quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati1. Ta'lim tashhisi mohiyati haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.Ta'lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar
va ta'lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta'lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham qaraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o'quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog'liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, tashhis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. Ta'limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashhis natijalarini ularga erishish yo'llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta'lim samarasini ta'minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi.
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo'lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |