2.Ta’lim jarayoni yagona pedagogik tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari.
Taʼlim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Taʼlim tushunchasi va mohiyati. Taʼlim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Taʼlimga ikki tomonlama aloqa (taʼlim olish va taʼlim berish), shaxsni xar tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Taʼlim, shuningdek, o`ziga xos xususiyatlar ham ega. Taʼlim o`qituvchi tomonidan boshqariluvchi o`ziga xos anglash jarayonidir. O`qituvchining yo`naltiruvchi sifatidagi ro`li o`quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni taʼminlovchi bilim, ko`nikma va malakalarni to`li` o`zlashtira olishlarida ko`rinadi. Taʼlim o`qituvchining o`quvchilar bilan muloqoti jarayoni xam sanaladi.
Taʼlim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Taʼlim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, taʼlim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog`lik.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o`zaro bog`langan ko`plab elementlar (tarkibiy qismlar) o`rtasidagi mustahkam birlik va o`zaro yaxlitlikdir. Demak, taʼlim yaxlit tizim sifatida ko`plab o`zaro bog`lik quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi: taʼlim maqsadi, o`quv axborotlari, o`qituvchi va o`quvchilarning taʼlimiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, taʼlim jarayonini boshqarish usullari. Barcha tarkibiy qismlarning o`zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo`luvchi taʼlim jarayonining negizini o`qituvchi va o`quvchilarning taʼlimiy faoliyatlari tashkil etadi.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o`quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlangich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlangich qoidasi; boshqaruvchi g`oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Taʼlim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) ukuv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko`ra tashkil etiluvchi taʼlim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Taʼlim tamoyillarida taʼlimning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi meʼyoriy asoslari (qoidalari) o`z ifodasini topgan. Taʼlim tamoyillarini bilish o`quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o`quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq taʼlim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o`qituvchilar va o`quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o`zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.
Taʼlim tamoyillari o`zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Taʼlim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, taʼlim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan taʼlimning yangi tamoyillari xam shakllanadi, eski ko`rinishlari o`zgardi. Bu ishlar bugungi kunda xam davom etadi. O`qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chikarishga urinishlar kuzga tashlanmoqda.
Tamoyillar taʼlim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning aloxida tomonlarini aks ettiradi.
Taʼlimni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida eʼtirof etish mumkin:
I. Taʼlimning mazmunli tamoyillari. Ular taʼlim mazmunini tanlash bilan bog`lik bo`lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g`oyalarni ifodalaydi:
- fuqarolik;
- ilmiyligi;
- tarbiyalovchi taʼlim;
- fundamentalligi va amaliy yo`nalganligi (taʼlimning xayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan boglikligi);
- tabiat bilan uyg`unligi;
- madaniyat bilan uyg`unligi;
- insonparvarligi.
II. Taʼlimning tashkiliy–metodik tamoyillari. Taʼlimni tashkil etish metodikasi taʼlim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar taʼlimning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o`z ifodasini topgan:
- taʼlimning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
- taʼlimda onglilik va ijodiy faollik;
- taʼlimda ko`rgazmalilik;
- taʼlimning samaradorligi va ishonchliligi (mustaxkamligi);
- taʼlimning tushunarliligi;
- guruhli va individual taʼlim birligi;
- taʼlimning ukuvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
- oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini xurmat qilishning muvofikliligi;
- pedagogik xamkorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |