Induktiv xulosa, uning turlari va mantiqiy tuzilishi
Alohida hodisalar haqidagi bilimdan umumiyni bilishga mantiqiy o‘tish induktiv xulosa ѐki induksiya (lotinchadan - to‘g‘rilash) shaklida sodir etiladi.
Belgining muayyan sinfning alohida predmetlari ѐki qismlariga mansubligi asosida uning umuman sinfga tegishli ekanligi haqida chiqariladigan xulosa induktiv xulosa, deyiladi.
Masalan, fizika tarixida temir sterjenlar elektr quvvatini yaxshi o‘tkazishi tajriba yo‘li bilan aniqlangan. Xuddi shunday xususiyat mis sterjenlarda va kumushda ham aniqlangan. Ko‘rsatilgan o‘tkazuvchilarning metallarga mansubligini hisobga olib, elektr o‘tkazish xususiyati hamma metallarga xosdir, degan induktiv umumlashtirish qilingan.
Tajriba yo‘li bilan olingan, R belgisining aynan bir K. sinfiga tegishli bir qator: S1, S2, ..., Sn hodisalarida takrorlanishi haqidagi axborot qayd qilinadigan hukmlar induktiv xulosaning asoslari bo‘ladi. Xulosa chizmasi shunday ko‘rinishda bo‘ladi:
S1 Р белгисига эга; S2 Р белгисига эга;
.................................
Sn P белгисига эга.
S1; S2, …, Sn - К sinfining unsurlari (qismlari). K sinfidagi hamma predmetlarga R belgisi xosdir.
Induktiv xulosada olamning qonuniy rivojlanishi sababli aloqaning
umumiy tusi, hodisalarning zaruriy belgilarining ularning umumiyligi va barqaror takrorlanuvchanligi orqali namoѐn bo‘lishi haqidagi ming yillik amaliѐt bilan tasdiqlanadigan qoida asoslardan xulosaga mantiqiy o‘tishga asos bo‘ladi. Ayni shu metodologik qoidalar induktiv xulosalarning mantiqiy yaroqliligi va samaradorligini oqlaydi.
Bilish jaraѐnida induktiv xulosalarning asosiy funksiyasi - umumiy hukmlarni olishdir. Bunday umumlashtirishlar o‘zining mazmuni va bilishga oid
ahamiyatiga ko‘ra - kundalik amaliѐtning eng oddiy umumlashtirishlaridan fandagi empirik umumlashtirishlargacha ѐki umumiy qonunlarni ifodalaydigan universal hukmlargacha bo‘lgan turlicha tusga ega bo‘lishi mumkin.
Amaliѐtda induktiv xulosalar muhim o‘rin tutadi - ular asosida odamlar, harakatlarning motivlari va maqsadlari, xarakat usullari, harakatlariga bildiriladigan tipik munosabatlari va shu kabilar o‘rtasidagi oddiy munosabatlarga tegishli ko‘p sonli umumlashmalar shakllantiriladi.
Empirik tadqiqotning to‘liqligi va tugallanganligiga qarab induktiv xulosalarning ikki turi: to‘liq induksiya va noto‘liq induksiya farqlanadi. Noto‘liq induksiyada boshlang‘ich materialning tanlab olinishi usuliga ko‘ra ommaviy va ilmiy induksiya farqlanadi. Ilmiy induksiya tadqiqot usuliga qarab tanlab olish uslubi bilan olingan induksiya va istisno qilish uslubi bilan olingan induksiyaga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |