2-Topshiriq Quydagi savollarga javob yozing



Download 37 Kb.
Sana09.02.2022
Hajmi37 Kb.
#438086
Bog'liq
2-Topshiriqga javoblar


2-Topshiriq
Quydagi savollarga javob yozing



  1. Landshaft komponentlari.

  2. Landshaft hosil qiluvchi omillar.

  3. Landshaft chegaralarini o’tkazish bo’yisha mulohazalar.

  4. Landshaft haqidagi ta’limotning vujudga kelishi.

  5. Landshaftga S.V.Kalesnik, N.A.Solnsev, A.G.Isachenkolarni ta’rifi.

  6. Landshaftga F.N.Milkov, D.L.Armandlarni ta’rifi.

1. landshaft komponentlari - tabiatni hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar, yaʼni togʻ jinslari, relyef, yer usti va osti suvlari, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, havo massalari. Bular Tabiat komponentlari deb ham yuritiladi. Tabiat komponentlarining oʻzaro nisbatiga karab landshaftlar xilmaxil boʻladi. Tabiat komponentlarining nisbati oʻzgarsa, landshaft ham oʻzgaradi. Shu sababli, tabiatni oʻzgartirish maqsadida unga taʼsir koʻrsatilsa, yaʼni suv omborlari va toʻgʻonlar qurish, botqoqliklarni quritish va daraxtlarni kesish kabi faoliyatlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni hisobga olish zarur.
2. Landshaft hosil qiluvchi omillar - geografik komplekslarning shakllanishida ishtirok etuvchi landshaft komponentlari: iqlim, geologik tuzilishi, relyef, tuproqlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi. Landshaft hosil qiluvchi omillar zonal (iqlim, tuproqlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi) va azonal (reylef, geologik tuzilishi) bo`ladi. Bundan tashqari, ular litogen (tog` jinslari, reylef shakllari), gidroiqlimiy (suv va havo) hamda biogen (o`simlik va hayvonot dunyosi) omillar deb ham yuritiladi. Har bir komponentning landshaft xili va tipini shakllantirishdagi roli hamda salmog`ini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
3. Landshaft chegaralarining vujudga kelishi zonal va azonal omillarning ta‘siri bilan bog‘liq. Landshaftlar chegaralarini o‘zgarishi turli sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, absalyut balandlikning o‘zgarishi, to‘rtlamchi davr yotqiziqlari, iqlimning zonalligi va h.k. Landshaftlar kamdan-kam hollardagina keskin chegaralarga ega bo‘ladi. Uning uchun hamma komponentlar keskin va baravariga o‘zgarishi kerak. Bunday hodisa 18 esa tabiatda kam kuzatiladi. Landshaft chegaralari uni hosil qilgan omillar keskin o‘zgargan sharoitdagina aniq ifodalanadi. Azonal geologik-geomorfologik omillar o‘zining sekin o‘zgaruvshanligi sababli eng turg‘un landshaft chegaralarini hosil qiladi. Masalan, baland orfografik ko‘tarilmalar. Azonal chegaralar gidrografik chegaralar, ya‘ni daryo va uning tarmoqlariga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. Ko‘pgina daryolar turli morfostrukturalar chegaralari bo‘ylab oqadi, ular o‘ng sohillarini emirib, shap sohilida terrasalarni hosil qiladi. Azonal omillar keskin o‘zgarishi sababli ko‘pchilik landshaftlarning chegarasi ham azonal kelib chiqishiga ega.
4. Landshaft-tabiiy geografiyadagi asosiy tushunchalardan biridir. U nemissha «die landsshaft» so‘zidan olingan bo‘lib, joy, manzara, hudud ma‘nolarini bildiradi. Nemis olimi K.Byurgerni fikrisha landshaft atamasini birinchi bo‘lib 1805-yilda nemis geografi A.Gommeyr o‘z asarlarida qo‘llagan. Landshaft tushunchasini shuqurlashtirish va uning ta‘rifini mukamallashtirish jarayonida tabiiy geograflar uch guruhga bo‘linib ketishdi. Birinchi guruh tabiiy geograflarning fikrisha landshaft ham xuddi rel‘ef, iqlim, tuproq, o‘simlik kabi umumiy tushunchadir. Bu tushuncha tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, Yu.K.Efremov, V.I.Prokayev kabilar) fikrisha landshaft bizning ko‘z o‘ngimizda tarixiy shakllangan va uzluksiz rivojlanishda bo‘lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida namoyon bo‘lgan o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan narsa, hodisalarning yig‘indisidir.
5. Landshaftshunoslar orasida landshaftni regional tushuncha deb qarovchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. L.S.Bergdan keyin bu tushunchani S.V.Kalesnik, N.A.Solnsev, A.A.Grigorev, K.I.Gerenshuk, A.G.Isashenkolar rivojlantirdi. N.A.Solnsevning fikriga ko‘ra mustaqil landshaftni shakllanishi uchun quyidagi sharoitlar bo‘lishi kerak: 1) landshaft shakllangan hududda geologik tuzilishi bir xil bo‘lishi, 2) landshaftni geologik zamini vujudga kelgandan keyingi taraqqiyot tarixi butun hududda bir xil borishi, 3) landshaft iqlimi bir xil bo‘lishi, agar u o‘zgarsa butun hududda o‘zgarishi kerak. N.A.Solnsev landshaftga quyidagisha ta‘rif beradi: «Landshaft - bu bir xil geologik zaminga, bir tipli rel‘efga, bir xil iqlimga ega bo‘lgan va shu landshaftga xos bo‘lgan dinamik bog‘langan hamda makonda qonuniy ravishda takrorlanuvshi asosiy va ikkinchi darajali urochishalardan tashkil topgan genetik jihatdan bir xil tabiiy hududiy kompleksdir». A.G.Isashenko esa landshaftga quyidagisha ta‘rif beradi: «Landshaft landshaft o‘lkasi, zonasi va umuman yirik regional hududlarning genetik jihatdan boshqalardan farq qiluvchi qismi bo‘lib, zonallik jihatdan ham, azonallik jihatdan ham bir xildir hamda xususiy struktura va morfologik tuzilishga egadir». Landshaftning zonal, azonal bir xilligi uning geologik tuzilishi, rel‘efi va iqlimining umumiyligida aks etadi. Ana shunday bir xil sharoitda oddiy geografik komponentlarning muayyan bir xil to‘plami tarkib topadi.
6. Landshaft - bu umumiy tushuncha. Bunda landshaft xuddi rel‘ef, iqlim, tuproq, o‘simlik tushunchalari kabi umumiy tushunchadir. Bu tushuncha tarafdorlari landshaft atamasini hohlagan ko‘lamlarga tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bu tushuncha 15 tarafdorlari (F.N.Milkov, D.L.Armand, Yu.X.Efremov) fikrisha landshaft bizning ko‘z o‘ngimizda tarixiy shakllangan va uzluksiz rivojlanishda bo‘lgan u yoki bu geografik kompleks qiyofasida namoyon bo‘lgan yig‘indisidir. Landshaftga berilgan ushbu ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, landshaft ham, tabiiy geografik kompleks ham ikkalasi bir narsadir.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish