1-TOPSHIRIQ
1.“Ta’lim mazmuni” tushunchasini va ta’lim mazmunini belgilashga doir yondashuvlar.
2.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi zamonaviy g‘oyalar.
3.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjatlar.
4.Darslik va uning vazifalari, unga qo‘yiladigan talablar.
2-TOPSHIRIQ.
Nuqtalar o’rniga kerakli so’z yoki jumlani topib qo’ying.
1. ... aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
2. O’zbekiston Respublikasida ta’lim ... turda amalga oshiriladi.
3. ... bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
4. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ... uchun majburiydir.
5. ... yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
6. ... o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurtidir.
7. ... o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurtidir.
8. ... umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
9. ... bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
10. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va ...
11. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi ... tomonidan belgilanadi.
12. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni ... asosida olishga haqlidirlar.
3- TOPSHIRIQ.
Muammoning turi
|
kelib chiqish sababi
|
yechishda sizning harakatingiz
|
Muammoni yechishda uchraydigan to’siqlar
|
1. Muammoli savol. Hech o`ylab ko`rganmisiz, nega qarg`a o`rtacha 200-300 yil yashaydi. Lekin uning bolaligi uzog`i bilan besh-olti oy davom etadi. Inson o`rtacha 60-70 yil umr ko`radi. Biroq u 20-25 yoshlarida mustaqil hayot boshlaydi. Mazkur holatni qanday izohlash mumkin?
2. Muammoli savol. Quyidagi fikrlarga qo`shilasizmi?
“Agar bolalar muntazam tanqid qilinsa, aldashga o`rganadi”;
“Agar bolalar qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilinsa, dunyoni go`zal ko`rishga o`rganadi”;
“Agar bolalarga hurmat bilan munosabatda bo`linsa, ular oliyjanob va saxiy bo`lishni o`rganishadi”.
|
|
|
|
4- TOPSHIRIQ.
Tayanch tushunchalar: didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’ lim paradigmalari, ta’ lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.(Sharhlab bering)
Do'stlaringiz bilan baham: |