Old tomondan ko‘rinish chizmalari.
Bu chizmada o‘lchov asboblari va mnemosxema keltirilib, ularning gabarit o‘lchamlari qo‘yib ko‘rsatiladi. Vertikal bo‘yicha o‘lchamlar panelning pastki chegarasidan boshlab qo‘yiladi va gorizontal yo‘nalishdagi o‘lchamlar panelning simmetriya o‘qidan yoki panel chetidan boshlab qo‘yiladi (rasm 35).
O‘lchov asboblari pozitsiya belgilarining pastida o‘rnatish chizmalarining (montaj chizmalari) nomeri ko‘rsatiladi.
Agar ulovchi simlar shchitga tepadan kiritiladigan bo‘lsa, unda bu chizmaga shchit tomining ko‘rinishi qo‘shiladi.
Shchit xonasiga joylashtirilgan shchitlarning umumiy ko‘rinishida o‘lchov asboblari ko‘rsatilmaydi.
Agar shchitlarning joylashtirilishining umumiy ko‘rinishi murakkab bo‘lsa, unda uni yoyib ko‘rsatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |