2-Tajriba ishi. Induktiv datchiklar ish printsipini va tavsiflarini o’rganish. Raqamli-analog o’zgartirgichlarining ishlash prinsipini o’rganish va xatoliklarini aniqlash.
Ishdan maqsad: induktiv datchiklarning ishlash prinsipi va tavsiflarni olish, texnologik jarayon parametrlarini o`lchashda induktiv datchiklarning qo`llanilishiga misollar ko`rish.
Nazariy ma`lumotlar
Bosim o‘lchashning eng ko‘p tarqalgan vositalari kuch kompensatsiyasi asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez ta’sirchanligi, gabarit o‘lchamlari va massasi bo‘yicha ancha mukammal induktiv, sig‘imli, tenzorezistorli, pezoelektrik o‘zgartkichlardan orqada qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlarning va pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvchi qismlarning bo‘lishi o‘lchash vositalarining zarbga chidamliligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini qiyinlashtiradi.
H ozir mikroelementli texnikani keng joriy qilish hamda konstruktiv yechimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni o‘lchashning an’anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni yaratishda shart va talablarning
Turli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o‘lchash o‘zgartkichlaridan (BO‘O‘)
Foydalanishdan to‘la voz kechish kerakligini anglatmaydi.
Induktiv asboblarning ishlash prinsipi g‘altak induktivligining tashqi bosim ta’siridan o‘zgarishiga asoslangan.
8-rasmda induktiv o‘zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o‘lchash o‘zgartkichining sxemasi ko‘rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana 1 o‘ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. Ulchanayotgan bosim ta’sirida membrana siljiydi, bu induktiv o‘zgartkichli elementning elektr qarashiligini o‘zgartiradi. Agar g‘altakning aktiv qarshiligi, magnitoqimlari hisobga olinmasa va o‘zakda yo‘qotilsa, o‘zgartkich elementning L induktivligini quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlash mumkin.
L=W2μ0·S/δ (3.1)
Bu yerda, W — g‘altak o‘ramlari soni, μ0 — .havoning magnit singdiruvchanligi, S — magnit o‘tkazgich ko‘ndalang kesimining yuzi, δ—havo oraligining uzunligi.
Membrananing deformatsiya kattaligi o‘lchanayotgan bosimga mutanosibligini e’tiborga olib,
δ=K·P (3.2)
(3.2) tenglamani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz:
L=W2·μ0·S/K·P (3.3)
(3.3) tenglama bosimni o‘lchash induktiv o‘zgartkichning statik xarakteristikasini ifodalaydi.
L ni o‘lchash, odatda, o‘zgaruvchan tok ko‘priklari yoki rezonansli LC-konturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5... 1,0 Mpa bosimda membrananing qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim 20...30mPa bo‘lganda esa 1,3 mm. Membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil etadi. Induktiv bosim o‘zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5)%.
Do'stlaringiz bilan baham: |