2. Tabiatni muhofaza qilishda davlat va nodavlat tashkilotlarning o‘rni


Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad



Download 36,22 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2022
Hajmi36,22 Kb.
#539569
1   2   3
Bog'liq
22 O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
-inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo’lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
-ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat ob’ektlari xilma-xilligini saqlab qolish;
-ekologiya xavfsizligini ta’minlash;
-tabiat ob’ektlari bilan bog’liq madaniy merosni asrab qolishdir.
O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Nizomiga asosan Namangan viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va tabiiy resurslarni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini olib borish;
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo va kompleks boshqarishni amalga oshirish;
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
atrof tabiiy muxit xolatini qulay bo'lishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog'lomlashtirishdan iborat.
Namangan viloyati O'zbekistonning sharqiy qismida Farg'ona vodiysining shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 718,1 ming gektar bulib, uning 27 foizida dexqonchilikda foydalaniladi, 3 foiz maydoni O'rmonzorlardan iborat. 21 foiz xududini esa yaylov tashkil qiladi.
Hozirgi kunda insonlarni ishlab chiqarish faoliyati natijasida atrof - muhitni ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy davlat va regional balki planetar hamda global ahamiyatga ega boʼldi. Shuning uchun atrof - muhitni muhofaza qilish muammosini hal kiliniщi bir davlat xududi bilan chegaralanib qolmay, barcha Davlatlar birgalikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng halqaro hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilayapti. 1972 yilda atrof muhit muhofazasi borasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof - muhitni muhofaza qilish boʼyicha maxsus Xalqaro tashkilot tashkil qilindi. Uning nomi Yu N Ye P - «BMT ning atrof muhit dasturi» - deb ataladi. Yu N Ye P - ning faoliyati quyidagi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi: 1. Аholi zich joylashgan poʼnktlardagi ekologik muammolarni hal etish, inson salomatligi va yashash sharoitini yaxshilash, 2. Yer yuzi ekosistemalarini himoya qilish va choʼl zonalarini kengayishiga qarshi kurashish. 3. Ekologik taʼlimni va axborot ishlarini tashkil qilish. 4. Аtrof - muhitni muhofaza qilish sohasida savdo, iqtisodiy va texnologik aloqalarni rivojlantirish. 5. Dunyo okeanini ifloslanishdan saqlash. 6. Yovoyi oʼsimliklar va hayvonlarni himoya qilish. 7. Energetika sohasida ekologiya masalalarini hal qilish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida atrof - muhitni muhofazasi bilan shugʼullanuvchi yana bir qator tashkilotdar mavjuddir: Butun jahon salomatlik tashkiloti (VOZ), Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EJ) va boshqalar. 1992 yil Stokgolmda oʼtkazilgan BMTning atrof - muhitni muhofazasi muammolariga bagʼishlangan halqaro konferentsiyasida 5 iyunь kuni butun jahonda atrof - muhitni muhofaza qilish kuni deb eʼlon etildi.
Аtrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy - nazariy asoslarini ishlab chiqish uchun eng avvalo tabiat qonunlarini va nihoyat insoniyat jamiyati bilan tabiat oʼrtasidagi bogʼliqlik qonunlarini mukammal ravishda oʼrganib chiqishimiz zarurdir. Koʼpchilik falokatlar aynan ana shu bogʼliqlik qonuniyatlarini hisobga olmay insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirlari oqibatidan kelib chiqayapti.
Shu muammolarni toʼgʼri hal qilishda insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tabiat oʼrtasidagi bogʼliqlik qonuniyatlarini oʼrgatuvchi fan - «ekologiya» fanining ahamiyati juda kattadir. Bu fan oʼz mohiyati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson bilan tabiat oʼrtasidagi aloqaning strategiya va taktikasini ishlab chiquvchi ilmiy baza vazifasini oʼtaydi. Shuning uchun atrof-muhit tirik organizmlarining yashashi uchun normal ekologik parametrlarga ega boʼlgan chegaralar miqyosida yaʼni biosfera chegaralari oʼrganiladi. Insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirlari aytarli katta boʼlmagan taqdirda ushbu muammo iqtisodiy muammolarga kiritilmas edi. Yaʼni tabiat har doim bizga cheksiz xizmat koʼrsatadi deb tushunilar edi. Lekin bugungi kundagi axvol shuni isbotlab turibdiki, tabiat insolarni oʼylamay, haddan tashqari koʼp koʼrsatadigan taʼsirlariga bardosh bera olmas ekan, yaʼni u oʼz-oʼzini qaytadan tiklab ulgura olmayapti. Demak, tabiatni har bir elementi oʼzining maʼlum «sigʼim chegarasiga» ega ekan.
Аntropogen taʼsir bu chegaradan oshib ketsa, u yemirila boshlar ekan. Masalan: bir vaktlar gullab yashnab turgan Tigr va Yefrat vodiylari sugʼorish sistemasini notoʼgʼri tuzilganligi va qishloq xoʼjalik ekinlarining koʼp ekilganligi tufayli tuproq erroziyasi va shoʼrlanish jarayonlari hisobiga choʼlga aylanib qolgan. Uralьsk-Voljsk choʼllari xam notugʼri chorva boqilishi hisobiga hosil boʼlgandir. Oxirgi vaqtlarda yana shunday ekologik inqirozlardan biri Orol dengizini qurishi hisobiga uning atrofida choʼllarning kengayib, tuproqda tuz miqdorini ortib borishidir. Natijada ichimlik suvining sifati yomonlashib, turli kasallik turlari ortib boryapti. Аtrof muhitning tabiy holatini buzilishi darajasi nafaqat antropogen taʼsiriga, balki tabiat elementlarining aks taʼsir reaktsiyasi va xossalariga ham bogʼliqdir.
Tabiat elementlarining aks taʼsir reaktsiyasi koʼpgina hollarda notekicdip: maʼlym miqdopgacha koʼpacatilayotgan ozginagina taʼcip hicobiga eca, tabiatda jyda kychli akc taʼcipini boshlanishiga olib kelishi mymkin. Ushby taʼcip ekologik cictemalapning chidamlilik octonaci deb ataladi. Keckin va intenciv pavishda koʼpcatilayotgan taʼcip hicobiga biocfepa ichki oʼz-oʼzini boshqapish mexanizmi byziladi, yaʼni ekologik inqipoz codip boʼladi.
Tabiatni muhofaza qilish va uni asrash, kelgusi avlodlarga etkazish bugungi kunda respublika hududida yashovchi har bir inson hayotidagi muhim vazifalarning biri hisoblanadi.
Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha respublika boshqaruv organ- larida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir rahbar xodimning o‘z vakolatlari bor. Shuningdek, belgilangan ishlarning amalga oshishida va bajari- lishida respublikamiz Prezidenti quyidagi vakolatlarga ega:
● ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun zarur chora
tadbirlarni ko‘radi;
● ekologiya sohasidagi qonunlarni imzolaydi va shunga oid farmon va farmoyish hamda qarorlar qabul qiladi, ekologik qonun me’yorlarini buzuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlarini bekor qiladi;
● Oliy Majlisga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi raisi lavozimi tasdig‘iga nomzod taqdim etadi;

● ekologik inqiroz yoki talofat ko‘rgan hududlarda qisman yoki butunlay favqulodda holat joriy etadi;
● respublika ichida va xalqaro ekologik siyosatga doir vakolatlarni amalga oshiradi.
Ekologik vakolat respublika Oliy Majlisiga ham berilgan, ular o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib harakat qiladi.
Tabiatni muhofaza qilish ishlari uchun barcha viloyatlardagi hokimiyatlar ham baravar vakolatlidir, har bir hokimlik o‘z hudu- didagi imkoniyatlar, tuproq, iqlim, suv, yaylov, o‘rmon xo‘jaligi hamda qayta ishlash va sanoat korxonalari mavjudligidan kelib chiqib, o‘z ishlarini amalga oshiradi:
● o‘zlariga tegishli hududlarda tabiat muhofazasi uchun yo‘nalish- larni belgilaydi, mintaqaviy yoki hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
● mahalliy tabiiy kadastrni amalga oshirib, undan foydalanilganlik va ifloslantirganlik uchun to‘lovlarni amalga oshiradi;
● tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan moddiy texnik
vositalar ta’minotini yo‘lga qo‘yadi;
● tabiiy resurslardan foydalanish, sanoat, maishiy chiqitlarni tashlash yoki ko‘mishga ruxsat beradi va ularni bekor qiladi;
● o‘z hududidagi korxonalarning ekologik faoliyatini zarur paytda to‘xtatib qo‘yadi;
● ekologik me’yoriy hujjatlarni qabul qiladi, Konstitusiyaga va qonunlarga zid kelmaydigan boshqa ekologik vakolatlarni amalga oshiradi.
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishdagi davlat boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va mahalliy organlar bajaradi.
Bir qator vazirliklar va muassasalar, korxonalarda tabiatni muhofaza qilishni boshkarish bo‘limlari ish olib boradi.
O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh ijro etuvchi organ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bo‘lib, u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo‘ysunadi. Qo‘mitaning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
● vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar, tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
● tabiatni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqadi;

● davlat ekologiya ekspertizasini o‘tkazadi;
● atrof-muhit sifati me’yorlarini tasdiqlaydi;
● ifloslantiruvchi moddalarni havoga chiqarib tashlash va suvga oqizish, shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
● tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
● tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqaradi hamda amalga oshiradi;
● atrof-muhit ekologik holatining qulay bo‘lishini ta’minlaydi va ekologik muhitni sog‘lomlashtiradi.
Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lanadigan haq yoki javobgarlik jarimalari respublika hududida barcha jamoat tashkilotlari va yakka shaxslar uchun ham amal qiladi. Tashlanadigan katta miqdordagi chiqindining avval joyi va uning ekologik xavfsizligi aniqlanmas ekan, buning uchun katta miqdordagi jarima to‘lanadi.
Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanishda davlat boshqaruvining eng asosiy vazifalaridan biri ekologik nazorat hisoblanadi. Tabiiy muhit doimo nazoratda bo‘lishi kerak. Inson o‘zi yashaydigan ona tabiatni asrashi va saqlashi lozim. Chunki bu joyda bizning ajdodlarimiz yashagan, kelajakda shu joyda bizning avlodlarimiz hayotni davom ettirishini doimo esda tutmoq kerak.
Ekologik nazorat tushunchasi – tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash qoidalari va talablarini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhitni o‘rganish va kuzatish kabi jara- yonlar bilan bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy- ma’rifiy chora-tadbirlar faoliyati yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Ekologik nazorat tizimi davlat nazorati, idoraviy nazorat, ishlab chiqarish va jamoat nazoratidan iboratdir.
Ekologik davlat nazorati – barcha zarur vakolatlarni o‘zida jamlagan holda ma’muriy-boshqaruv faoliyatining turlaridan biridir. Shuning uchun, ishlab chiqarish obyektining ishlari, hujjatlari bilan tanishtirish, ekologik ekspertiza tayinlash, zararli faoliyatlar yuz

berganida uni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish, huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortish kabi ishlar umumiy va maxsus vakolatga ega xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda har bir quriladigan bino inshooti, tashkilotlarning qurilish loyihasi maxsus komissiya tomonidan (yer kadastri xodimlari, geologlar, arxitektorlar, muhandislar) ko‘rib chiqiladi, shuningdek, avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslantirishining nazoratini Ichki ishlar vazirligining Avtotransport ekologik nazorat xizmati amalga oshiradi.
Ekologik nazoratni uzluksiz amalga oshirishda uning muhim usullaridan biri ekologik ekspertiza alohida ajralib turadi.
Ekologik ekspertiza – olib borilayotgan ekologik va boshqa ishlarni bajarilishida ekologik talablarga rioya etilishi va ekologik ekspertizaning obyektini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarishning boshqa oqibatlarini oldini olish maqsadida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda “Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi” Qonuni qabul qilingan.
Ekspertiza haqidagi qonunlar har doim tabiatni asrash va saqlash talablariga mos keladi va uni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ekologik ekspertiza xo‘jalik faoliyati talablarga mos kelishini birinchi tekshirishdayoq aniqlab oladi, lozim bo‘lsa zararli oqibatlarning oldini oladi. Ekologik ekspertiza tashkil etilishi va o‘tkazilishiga qarab 4 turga bo‘linadi: davlat, jamoat, idoraviy va ilmiy asosda olib boriladi.
Ekologik ekspertizaning o‘ziga xos prinsiplari quyidagilar:
• Ekologik ekspertizani uning obyekti ro‘yobga chiqquniga qadar
o‘tkazishning majburiyligi.
• Atrof tabiiy muhitga xo‘jalik faoliyati ta’sirini baholashning majmuiyligi.
• Ekologik ekspertiza o‘tkazishda ekologik xavfsizlik talablariga amal qilish zarurligi.
• Ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi.
• Ekspertlarning mustaqilligi.
• Ekspertlarning xulosalari ilmiy asoslanganligi, obyektivligi va qonuniyligi.
• Oshkoralik, jamoat fikrini inobatga olish, jamoat tashkilot- larining ishtiroki.
• Ekologik ekspertiza ishtirokchilarining ekspertizani haqqoniy
o‘tkazilgani va sifati uchun javobgarligi.
Shu holatda bir qator tartib va qoidalarga amal qilib ish olib boriladi.
Hujjatlar ekspertiza obyektining atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini aniqlash maqsadida ekspertizadan o‘tkazilar ekan, unda to‘rt toifaga asosan ish olib boriladi:
1 toifa – o‘ta xavfli;
2 toifa – o‘ta darajada xavfli; 3 toifa – past darajada xavfli;
4 toifa – mahalliy (lokal) ta’sir ko‘rsatuvchi.
Ijobiy xulosalar odatda ekspertiza obyektini amalga oshirish va moliyalashning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi. Salbiy xulosalar ushbu hududda olib borilyotgan ishlarni to‘xtatadi.
1996 yil 26 aprel – O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tashkil etildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida qonunlar ishlab chiqadigan va ularning ijrosini ta'minlaydigan, xullas shu sohadagi eng asosiy tashkilot bu - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasidir.Qo'mita respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qilinayotgan ishlarning barchasi uchun javob beradi va boshqa tashkilotlar tomonidan atmosfera, suv manbalari, o'simlik va hayvonot olamiga zarar yetkazilmasligini nazorat qiladi.Atrof-muhitga o'z vaqtida va zarur yordam ko'rsatish uchun qo'mita respublikaning barcha viloyatlarida o'z bo'limlariga ega.Qo'mitaning 2 ta ilmiy-tadqiqot instituti bor, birida («SuvGEO» Toshkent ilmiy-tadqiqot instituti) yer osti va yer usti suvlarini muhofaza qilish bo'yicha izlanishlar olib boriladi, ikkinchisida esa («Atmosfera» ilmiy-tadqiqot instituti) -atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha tadqiqotlar o'tkaziladi.Ushbu institutlardan tashqari Qo'mitaning «Suv xo'jaligi ekologiyasi» deb nom olgan ilmiy markazi bor. Markaz Orol dengizi qurib borishi va respublikamiz hududidan oqib o'tayotgan daryolar ifioslanishi bilan bog'liq bo'lgan muarnmolarni hal etish masalalari bilan shug'ullanib keladi.Qo'mita yangi quriladigan korxonalarning atrof-muhit uchun qay darajada xavfli ekanligini aniqlash maqsadida ularning barcha loyihalarini tekshiruvdan o'tkazadi, zarur hollarda ushbu korxonalarning ekologik xavfsizligini ta" minlash uchun tavsiyalar beradi. Respublikamizda birorta ham korxona Davlat ekologiya ekspertizasining xulosasisiz qurilishi mumkin emas.Bosh gidrometeorologiya va tahliliy nazorat nozirligi atrof-muhit holatini doimiy ravishda kuzatib keladi.

Download 36,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish