Jahon arxivlari tarixi fanidan nazorat savollari



Download 74,5 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi74,5 Kb.
#360582
Bog'liq
Talabalarga berilgan nazorat savollari


Jahon arxivlari tarixi fanidan nazorat savollari:

  1. Mutloq monarxiya davlatlarda arxivlarning eng xarakterli xususiyati nimadan iborat boʻlgan? Idoraviy arxivlar sonining koʻpayishi va ularni tashkil qilishda idoraviy prinsiplarning mustahkamlanishidan.

  2. Davlatlarda muassasalar va alohida devonxonalar qoshida arxivlar soni qaysi asrlarda muttasil oʻsib bordi? XVI–XVIII asrlarda.

  3. Oʻrta asrlarda qaysi arxivlarga alohida e’tibor qaratilgan? Qirol devonxonasi va mahkamasi, kanslerlar va davlat kotiblari, hukmdor qoshidagi turli maslahat organlari, ayrim maxfiy siyosiy qidiruv va sud organlari arxivlariga.

  4. Angliyada XVI asr oxirlarida qirol devonxonasi oʻrniga tashkil etilgan arxiv qanday atalgan? “Davlat qogʻozlari (hujjatlari) arxivi”.

  5. Fransiyada XVI–XVII asrlarda asosiy siyosiy arxiv qaysi edi? Xartiyalar xazinasi.

  6. Fransiyada Kardinal Rishelye arxiv sohasida qanday ish qilgan? Luvrda yangi bosh arxiv tashkil etmoqchi boʻlgan, lekin bu amalga oshmay qolgan.

  7. Yangi davr Yevropa monarxiya davlatlarida qaysi arxivlar asosiy davlat arxivlari hisoblangan? Qirol toji arxivlari.

  8. Ispaniyaning Simankas qal’asiga joylashgan arxiv dastlab qanday atalgan? Kastiliya toji arxivi.

  9. XVII asrda ispan qirolining maxsus farmoni asosida qanday arxiv tashkil etilgan? Kastiliya toji arxivi.

  10. Shvetsiyada davlat mustaqilligi qoʻlga kiritilgandan soʻng, davlat hujjatlari saqlovxonasi nima deb atalgan? Qirol registraturasi.

  11. Muqaddas Rim imperiyasida gabsburglar bosh arxivlari qachon paydo boʻlgan? XVIII asrda, ya’ni Mariya Tereza qirolligi (1745–1765-yillar) davrida.

  12. Venada Maxfiy sulolaviy, saroy va davlat arxivi qachon tashkil etilgan? 1749-yilda.

  13. Yevropada mutlaq monarxiya sharoitida qaysi arxivlarining ahamiyati pasaydi?

  14. Shahar arxivlarining.

  15. Rim katolik cherkoviga tegishli “Maxfiy Vatikan arxivi” qachon tashkil etilgan? 1612-yilda.

  16. Yevropada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi munosabati bilan qanday arxivlar koʻpaydi? Xususiy arxivlar, burjuaziya arxivlari – banklar, manufaktura, savdo kompaniyalari arxivlari va boshqalar koʻpaydi.

  17. Hujjatlardan ilmiy maqsadlarda foydalanish qachon kengaydi? XVI–XVIII asrlarda.

  18. Fransiyada tashkil etilgan “Xartiyalar kabineti”da qanday hujjatlar saqlangan? Shaxsiy kolleksiyalar.

  19. Angliyada shaxsiy kolleksiyalarning katta qismi jamlangan Britaniya muzeyi qachon tashkil etilgan? 1753-yilda.

  20. “Hindistonlar bosh arxivi” qachon va qayerda tashkil etildi? 1781-yilda Ispaniyaning Seviliya shahrida.

  21. “Hindistonlar bosh arxivi” qanday maqsadda tashkil etildi? Mustamlakalarini boshqarishga oid hujjatli materiallar toʻplash uchun.

  22. Qaysi mamlakatlarda Ost-Indiya kompaniyalari tashkil etilgan? Buyuk Britaniya, Gollandiya, Fransiya, Daniya, Portugaliya, Shvetsiyada.

  23. Gudzon koʻrfazi kompaniyasi arxivi qayerda joylashgan? Kanadaning Toronto shahrida.

  24. Gudzon koʻrfazi kompaniyasi arxivi qachon YUNESKO qoshidagi “Butun jahon merosi” roʻyxatiga olingan? 2007-yilda.

  25. Fransiyada Dengiz arxivi qachon tashkil etilgan? 1699-yilda tashkil topgan va sobiq Avgustin monastiriga joylashgan.

  26. Fransiyada Dengiz arxivi kimning tashabbusi bilan tashkil etilgan? Dengiz ishlari boʻyicha Davlat kotibi J.B.Kolberning.

  27. Fransiyada tashqi ishlar vazirligi arxivi qachon tashkil topgan? 1710-yilda.

  28. Fransiyada Markaziy davlat arxivi qachon tashkil etilgan? 1794-yilda.

  29. Fransiyada mahalliy arxivlar qanday nomlangan? Departament arxivlari.

  30. Fransiyada qachon kommunal va gospital arxivlari haqida qaror qabul qilindi? 1841–1842-yillarda.

  31. XV–XVI asrlarda Buyuk Britaniyada hujjatlarinig katta qismi qaysi muassasada toʻplangan? Maxfiy kengash departamentlari va vazirliklarda.

  32. Ser Tomas Vilson Angliya arxivi tarixidaqanday iz qoldirgan? Davlat hujjatlarini ichki ishlar, tashqi ishlar va mustamlakalar hujjatlariga ajratishni yoʻlga qoʻygan.

  33. XVIII asrning nechanchi yillarida Angliya parlamenti tomonidan arxivlarni tekshirish uchun komissiya tuzilgan? 1719, 1731-yillarda.

  34. Angliyada qachon Davlat (Milliy) arxivini tuzish toʻgʻrisida Qonun qabul qilindi? 1838-yil 14-avgustda.

  35. Gollandiya Respublikasi (XVI asr) mahalliy hujjatlari qayerda saqlangan? Shtatlarning davlat qogʻozlari (registraturalari) arxivlarida.

  36. Gollandiyada arxiv ishi sohasida markazlashtirish jarayonlari qachon yuz berdi? XVIII asrning oxirlarida.

  37. Niderlandiyada qachon qirollik Bosh arxivi ta’sis etildi? 1814-yilda.

  38. Niderlandiya qirollik Bosh arxivi qaysi shaharda joylashgan edi? Gaagada.

  39. 1875-yidagi qonunga asosan Gollandiyada davlat arxivlari tizimida qanday oʻzgarishlar yuz berdi? Bosh arxiv va 11 ta provinsial arxivlar tashkil etildi.

  40. “Arxivlarni tartibga solish va tavsiflash boʻyicha qoʻllanma” kitobi qachon va qayerda nashr etilgan? 1897-yilda Gollandiyada.

  41. 1796-yilda Belgiyaning qaysi shaharlarida departament arxivlari tashkil etildi? Bryussel, Gent, Liej, Namyur, Lyuksemburg va Maastrixt shaharlarida.

  42. Bryusseldagi Qirollik arxivi qachon tashkil etilgan? 1830-yilda Belgiya mustaqil davlati tuzilgandan soʻng.

  43. Prosper Gashar kim va arxiv sohasiga qanday aloqasi boʻlgan? XIX asrning buyuk tarixchi va arxivshunoslaridan biri va 1831-yildan 1885-yilgacha Belgiya Qirollik Bosh arxivining bosh arxivchisi boʻlgan?

  44. Belgiya Qirollik Bosh arxivi qanday seksiyalardan iborat boʻlgan? Uchta seksiyadan – qonunchilik va ma’muriy muassasalari, hisob palatasi, sud va notarial organlari seksiyalaridan iborat boʻlgan.

  45. Belgiya arxiv muassasalari tizimi va ishlash tartibi toʻgʻrisidagi qonun qachon qabul qilingan? 1878-yilda.

  46. “Belgiya kutubxona va arxivlari axborotnomasi” jurnali nechanchi yildan nashr etila boshlagan? 1903-yildan.

  47. Belgiyada arxivchilar, kutubxonachilar va muzey xodimlari Assotsiatsiyasi qachon tashkil etilgan? 1907-yilda.

  48. “Shveytsariyada arxiv amaliyoti” nomli monografiya qachon nashr etilgan? 2007-yilda.

  49. Konfederatsiya va Gelvetsiy respublikasi arxivlari qaysi davlatga tegishli boʻlgan? Shveytsariyaga.

  50. Italiyada qachondan boshlab hujjatlarni yigʻish ishlari yoʻlga qoʻyilgan? 1861-yildan, ya’ni yagona Italiya davlati tashkil etilgandan soʻng.

  51. Italiyada nechanchi yildan arxivlarni isloh qilish boshlandi? 1870-yildan.

  52. Italiyada nechanchi yillarda arxiv ishi borasida qonunlar qabul qilingan? 1874-yil 5-martda va 1875-yil 27-mayda.

  53. Rim arxivi qachon tashkil etilgan? 1871-yilda.

  54. Rim arxivi qaysi arxivlar asosida tashkil etilgan? Neapol va Florensiya tarixiy arxivlari asosida.

  55. Ispaniyada dastlabki yirik arxivlar qaysi qirollik va grafliklarda tshkil etilgan? Kastiliya, Aragon, Navarra qirolligi, Barselona grafliklarida.

  56. Ispan qiroli qachon barcha muhim hujjatlarini bir joyga jamlash toʻgʻrisida farmon qabul qilgan? 1509-yilda.

  57. Ispan qiroligi arxivi dastlab qayerda saqlangan? Valyadolid (qadimgi ispan poytaxti) shahrida.

  58. Ispan qiroligi arxiviga qachon Simankas qal’asidan joy ajratilgan? 1542-yilda.

  59. “Hindistonlar bosh arxivi” qachon va qayerda tashkil etilgan? 1785-yilda Sevilya shahrida.

  60. “Hindistonlar bosh arxivi” kimninig farmoni bilan tashkil etilgan? Qirol Karl III ning farmoni bilan.

  61. “Hindistonlar bosh arxivini” tashkil etish tashabbuskorlari kimlar boʻlgan? Hindiston ishlari boʻyicha kotib Xose Galves va Hindiston ishlari boʻyicha Don Xuan Batista Mun’oslar boʻlgan.

  62. Hozirda “Hindistonlar bosh arxivi”da qancha hujjatlar saqlanadi? 43 ming bogʻlam hamda taxminan 80 mln varaq hujjatlar saqlanadi.

  63. Aragon toji arxivi qachon va qayerda tashkil etilgan? 1318-yilda Barselonada.

  64. Aragon toji arxivi kim tomonidan tashkil etilgan? Qirol Xaym II tomonidan.

  65. Valensiya Qirol arxivi qachon tashkil etilgan? 1419-yilda.

  66. Diplomatika qanday sohalarni oʻrganadi? Qadimgi tarixiy hujjatlar (huquqiy hujjatlar)ni oʻrganadi.

  67. Ordonans soʻzining lugʻaviy ma’nosini toping? “Buyruq”; Angliya va Fransiyada qonun kuchiga ega boʻlgan qirol farmoni.

  68. Varshavadagi Toj metrikasi arxivi dastlab qaysi davlatning arxivi boʻlgan? Rech Pospolitiyayning arxivlardan biri boʻlgan.

  69. Varshava arxivi XVII asrda qaysi urushda katta zarar koʻrgan va hujjatlar qayerga olib ketilgan? Shved-polyak urushida katta zarar koʻrgan va koʻplab hujjatlar Shvetsiyaga olib ketilgan.

  70. “Skraba arxivi” qaysi davlatga tegishli boʻlgan? Rech Pospolitiyaga.

  71. Voyevoda arxivlari deganda qanday arxivlarni tushunasiz? Rech Pospolitiya va Polshada ma’muriy birlik arxivlari, mahalliy arxivlar.

  72. Buyuk Varshava gertsogligidagi “Qadimgi hujjatlar arxivi”ga qachon asos solingan? 1808-yilda.

  73. Vena kongressi (1814–1815)dan soʻng Varshava gertsogligi markaziy muassasalari hujjatlarining katta qismi qayerga olib ketilgan? Drezdenga, bir qismi Peterburgga olib ketilgan.

  74. Polsha podsholigi Bosh arxivi (sobiq Varshava gertsogligi arxivi)ga qanday hujjatlar kiritilgan? Varshava sud palatasining, Toj metrikasining saqlanib qolgan hujjatlari, 1795–1807-yillarda Varshavadagi pruss ma’muriyatining hujjatlari, Varshva gertsogligi hujjatlari, Polsha podsholigining muxtoriyat davri (1815–1831)dagi hujjatlari, 1676-yildagi islohotlar natijasida tugatilgan sud muassasalari hujjatlari kiritilgan.

  75. Varshava gʻazna palatasi qoshida moliya arxivi qachon tashkil etilgan? 1871-yilda.

  76. Varshava gʻazna palatasi qoshida moliya arxivida qanday hujjatlar jamlangan? “Skraba arxivi” hujjatlari va keyinchalik faoliyat koʻrsatgan moliya hamda udel muassasalari hujjatlari.

  77. Statgalter arxivlari deganda qanday arxivlarni tushunasiz? Qator Yevropa davlatlarida shu davlatga tegishli boʻlgan va shtatgalter tomonidan boshqariladigan biror-bir ma’muriy birlik arxivlari, ya’ni mahalliy arxivlar.

  78. Varshava gen.-gubernatorligi arxivining koʻplab hujjatlari Birinchi jahon urushi davrida qayerga olib ketilgan? Rossiyaning ichkari qismiga.

  79. Polshaning Avstriyaga oʻtgan hududida mahalliy muassasalarning zemstvo va shahar hujjatlari qayerda saqlangan? Krakov arxivida saqlangan.

  80. Galitsiyani boshqarishga oid hujjatlar qayerda saqlangan? Lvovdagi zemstvo va shtatgalterlar arxivida.

  81. Hozirgi kunda Polsha milliy arxivi tarmoqlarida qanday arxivlar bor? Qadimgi hujjatlar Bosh arxivi, Yangi hujjatlar Markaziy arxivi, Raqamli Milliy arxiv.

  82. Qadimgi hujjatlar Bosh arxivida qanday hujjatlar saqlanadi? XII asrdan boshlab to Birinchi jahon urushi boshlangungacha toʻplangan hujjatlar, jumladan Varshava gertsogligi va Polsha qirolligi hujjatlari saqlanadi.

  83. Polshadagi Yangi hujjatlar Markaziy arxivi qachon tashkil etilgan? 1919-yilda.

  84. Polsha Raqamli Milliy arxivi qachon tuzilgan? 2008-yilda.

  85. Polshada fotosuratlar, ovozli yozuvlar va turli filmlar qaysi arxivda saqlanadi? Raqamli Milliy arxivda.

  86. “Grada”qalʻasi (prezident devonxonasi qoshida) arxivi qayerda joylashgan? Pragada joylashgan .

  87. Chex toji arxivida qaysi davrga oid hujjarlar saqlanadi? Chex qirolligining 1158–1935-yillarga oid hujjatlari saqlanadi.

  88. Hozirgi kunda Chex toji hujjatlari qayerda saqlanadi? Pragadagi Chexiya Milliy arxivida.

  89. Slovakiya Milliy arxivi qachon tashkil topgan? 1993-yilda.

  90. Markaziy konchilik arxivi qaysi davlatga tegishli? Slovakiyaga.

  91. Xirsovul (oltin muhrli), argirovul (kumush muhrli) yoki molivdovul (qoʻrgʻoshin muhrli) yorliqlar qaysi davlat arxivlarida koʻplab uchraydi? Bolgariya arxivlarida.

  92. Kirill va Mefodiy alfaviti qaysi davlatda “glagolitsa” deb nomlangan? Bolgariyada.

  93. Qaysi davlatda tarixiy hujjatlarini toʻplash va saqlab qolishda chitalisha (kutubxona)lar muhim rol oʻynagan? Bolgariyada.

  94. Bolgar fanlar akademiyasining ilmiy arxivi qachon va qayerda tashkil etilgan? 1869-yilda Sofiya shahrida.

  95. Bolgariyada qachon Harbiy-tarix arxivi tashkil etilgan? 1914-yilda.

  96. Ruminiyaning dastlabki zamonaviy arxiv muassasalari qachon va qayerda tashkil etilgan? 1831-yil 1-mayda Valaxiyada va 1832-yil 1-yanvarda Moldovada tashkil etilgan.

  97. Ruminiyada Valaxiya va Moldova arxivlari qachon birlashtirilgan? 1862-yilda.

  98. Ruminiyada monastir hujjatlari qachon davlat arxivlariga o‘tkazilgan? 1864-yilda, ya’ni mulklari sekulyarizatsiya qilinganidan so‘ng.

  99. 1918-yilda Ruminiya hududlari kengaytirilgandan so‘ng, qaysi tarixiy hududlarda Davlat arxivlari tashkil etildi? Transilvaniya, Bukovina, Bessarabiyada.

  100. Qachon Transilvaniya uchun Klujda davlat arxivi tashkil etildi? 1920-yilda.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish