2. Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN)
YEIU va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEESA) vakillarining 23 mart 1961 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan majlisida SEN ning tashkil etilganligi e’lon qilindi (SEN 1970 – yilgacha “Standartlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi” deb atalgan). SEN a’zolari YEIU va YEESA ning 18 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, GFR, Fransiya, Shvetsiya va Shvetsariya standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlaridan iborat. Bu – yopiq tashkilot bo‘lib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining yuqorida keltirilgan iqtisodiy guruh a’zolarini birlashtiradi.
SEN ning birinchi majlisidayoq Ustav va protsedura Qoidalari tasdiqlandi. 1970 – yilda SEN Ustavi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda Ustavga ma’lum o‘zgartirishlar bilan birga yevropa standartlari (EN) ni majburiy yaratish ham kiritilgan.
Standartlarni yaratish bo‘yicha barcha ishlar texnik qo‘mitalar tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo‘mitalarda texnik sekretariatlar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan boshqariladi.
SEN doirasida 140 dan ortiq TQ tuzilgan. TQ bilan bir qatorda, alohida masalalarni hal etish uchun maslahat guruhlari tashkil etilgan.
SEN vazifasi quyidagilar vositasida xizmatlar savdosini va almashinishni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat:
– SEN a’zo-mamlakatlarida yaratilagan standartlarni uyg‘unlashtirish va yevropa standartlarini ishlab chiqish;
– o‘zlarining direktivalarida va boshqa rasmiy hujjatlarida havola qila olishlari uchun yevropa standartlarini YEIU, YEESA ga, shuningdek boshqa hukumatlararo tashkilotlarga taqdim etish;
– elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi va standartlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa ilmiy-texnik va iqtisodiy hududiy hukumat tashkilotlari bilan hamkorlik;
– ISO va MEK orqali xalqaro standartlashtirishga va Yevropada ISO standartlarini va boshqa xalqaro standartlar va tavsiyanomalarni bir xilda qo‘llanishga ko‘maklashish;
– yevropa standartlari asosida sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni berish.
SEN da standartlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan ISO da erishilgan natijalalarga asoslanadi yoki ularni to‘ldiradi.
SEN quyidagi sohalarda standartlar yaratadi: aviatsiya jihozlari, suv isitish gaz priborlari, gaz ballonlari, ko‘tarish mexanizmlarining detallari, oshxona gaz plitalari, liftlar va yuk ko‘targichlar, payvandlash va qirqish, quvurlar va truboprovodlar, nasos stansiyalari (foydalanish va xizmat ko‘rsatish), stekloplastikadan tayyorlangan sisternalar va boshqalar[4].
Do'stlaringiz bilan baham: |