2. Sirtdagi nuqta va to’g’ri chiziq


Tekisliklar bilan chegaralangan jism ko’pyoq deyiladi



Download 1,59 Mb.
bet2/12
Sana09.02.2022
Hajmi1,59 Mb.
#438295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-mavzu-H

Tekisliklar bilan chegaralangan jism ko’pyoq deyiladi. Ko’pyoqni chegaralovchi tekisliklarning kesishuv chiziqlari qirralari deb, tekisliklarning qirralari orasidagi qismlari yoqlari deb, qirralarining kesishuv nuqtalari esa ko’pyoqning uchlari deyiladi. Ko’pyoqning bir yog’ida yotmagan ikki uchini birlashtiruvchi to’g’ri chiziqlar ko’pyoqning diagonallari deyiladi. Agar ko’pyoq har qaysi yog’i tekislikning faqat bir tarafida joylashgan bo’lsa, bunday k’pyoq qavariq ko’pyoq deyiladi. Agar ko’pyoqning hamma qirralari, yoqlari, ikki yoqli va ko’p yoqli burchaklari o’zaro teng bo’lsa, bunday ko’pyoq muntazam ko'pyoq deyiladi.
Muntazam ko’pyoqlar soni beshta:
1.tetraedr – to’rtta teng tomonli uchburchakdan yasaladi;
2.oktaedr - sakkizta teng tomonli uchburchakdan yasaladi;
3.ikosaedr - yigirmata teng tomonli uchburchakdan yasaladi;
4.kub - oltita kvadratdan yasaladi;
5.dodekaedr – o’n ikkita muntazam beshburchakdan yasaladi. Ma’lumki, ko’pyoqning yoqlaridan biri ko’pburchak bo’lib, qolgan yoqlari umumiy uchga ega uchburchaklar bo’lsa, bunday ko’pyoq piramida deyiladi. Ko’pburchak piramidaning asosi deyiladi (5.1-shakl).
Agar, birinchidan, piramidaning asosi muntazam ko’pburchak bo’lsa va ikkinchidan, piramidaning balandligi shu ko’pburchakning markazidan o’tsa, bunday piramida muntazam piramida deyiladi.
Ma’lumki, ko’pyoqnig ikki yog’i - mos tomonlari bir-biriga parallel bo’lgan teng ko’pburchaklardan iborat bo’lib, qolgan yoqlari parallelogrammlar bo’lsa, bunday kopyoq prizma deyiladi. Prizma yon qirralarining asosiga perpendikulyar yoki qiya bo’lishiga qarab, to’g’ri yoki og’ma prizma deyiladi. Asoslari muntazam ko’pburchaklardan iborat to’g’ri prizma muntazam prizma deyiladi. Asoslari parallelogrammlardan iborat prizma parallelepiped deyiladi. Ko’pyoqni epyurda tasvirlash uchun uning hamma uchlarining proyeksiyalari berilishi va ko’rsatilgan tartibda o’zaro tutashtirilgan bo’lishi lozim (5.2-shakl).
Prizmaning yon qirralari o’zaro parallel chiziqlar bo’lganligidan ularning bir nomli proyeksiyalari ham o’zaro parallel bo’ladi.

(5.1-shakl). (5.2-shakl).

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish