Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning ma`naviy ongini o`stirish, mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.Og`zaki va yozma nutqini o`stirish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rasmlar. kitoblar,darslik, matnga oid qo`shimcha materiallar.
Tayanch so`zlar:oziq-ovqatlar, palov, manti, asal, sho`rva, chuchvara, somsa, choy.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. Bugungi darsning mavzusi va maqsadi bilan o`quvchilarni tanishtirish. Frontal suhbat o`tkazish.
Yangi mavzu: Oziq-ovqatlar mavzusida suhbatlashish. Suhbat video yoki slaydlar namoyishi bilan amalga oshirilishi mumkin. Yoki bo`lmasa rasmlar ko`rsatish ham mumkin. Suhbat davom ettiriladi.
1-topshiriq berilgan shartiga berilgan ko`ra bajariladi va rasmlar asosida suhbat davom ettiriladi
Nonushtada nima yeydilar?
Non bilan sariyog`.
Nima ichadilar?
Choy bilan sut.
1.Husnixat daqiqasi. 1-mashq shartiga ko`ra bajariladi. O`quvchilar suhbat matnini rollarga bo1 va`lib o`qiydilar va daftarlariga yozadilar.
“Bu nima?” o`yini.Stol ustiga bir necha oziq-ovqat rasmlari terib chiqiladi. O`quvchi shulardan birortasini ta’riflaydi. O`quvchilar esa aytilgan qaysi taom haqida borayotganligini topadilar va u hqida ma’lumot beradilar .
Mustahkamlash: “Nomini top!”o`yini. Bu o`yinda palov, manti, asal, sho`rva, chuchvara, somsa, choy.
rasmlaridan foydalaniladi. O`quvchilarga ikki ustun shaklidagi jadval beriladi. Jadvalning bir tomoniga oziq-ovqatlar tasviri tushirilgan rasm, boshqa tomoniga esa shu o`ziq- ovqatlarning so`zdagi ifodasi beriladi. O`yin shartiga ko`ra o`quvchilar rasmda tasvirlangan oziq-ovqat nomini tegishli joyga to`g`ri joylashtirishi lozim.
Qiz bolaning rasmi ko`rsatilib.o`quvchilarga topshiriq beriladi:”Bu qizning ismini bilmoqchi bo`lsangiz, rasmdagi jonivorlar nomining bosh harflarini katakchalar ichiga yozing”.
Lug`at ishi.
Asal
Sariyog`
Qand
Choy
Palov
Somsa
Sho`rva
2- topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqni bajaring.
BUG‘DOY
Bug‘doy yurtimizning asosiy boyliklaridan biri. Bug‘doy kuzda ekiladi.
Uni ekishdan oldin yer shudgor qilinadi.
Bug‘doy qishi bilan yer ostida unadi.
Boshoqlar to‘lishganda hosilni yig‘ish
boshlanadi. Bug‘doy tegirmonga tushguncha dehqonlar katta mehnat qiladilar.
Bug‘doy inson uchun eng kerakli ne’mat. Chunki
bug‘doy unidan non pishiramiz. Non – dasturxonimiz
ko‘rki.
Matndan sh harfi bo‘lgan so‘zlarni toping va bu so‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz qiling.
Mustaqil ish. „Bug‘doy“ matnidan foydalanib, savollarga javob bering.
1. O‘zbekiston gerbida nima uchun bug‘doy boshog‘ining tasviri tushirilgan?
2. Bug‘doydan nimalar tayyorlanadi?
3. Bug‘doy qachon ekiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |