2. sifat son olmosh va fe’l so’z turkumi



Download 29,5 Kb.
bet1/3
Sana16.03.2022
Hajmi29,5 Kb.
#498262
  1   2   3
Bog'liq
REFERAT6


MAVZU:So’z turkumlarini o’qitish metodikasi Sifat,son,olmosh,fe’l so’z turkumlarini o’rganish metodikasi.

REJA:
1.SO’Z TURKUMLARI
2.SIFAT
3.SON
4.OLMOSH VA FE’L SO’Z TURKUMI
DTSga muvofiq, boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan: ot, sifat, son, fe’l, kishilik olmoshi sintaksisdan: gap, ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘lak, uyushiq bo‘lak, undalma kabi tushunchalarni, so‘z yasalishidan: o‘zak, qo‘shimcha, o‘zakdosh so‘zlar kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. Grammatik tushunchalar so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksika, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. O‘qituvchi bu tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarishi, o‘quvchilar aqliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini bilib olishi, bu jarayonning xususiyatlarini, tushunchani qanday sharoitda o‘zlashtirilishi samaraliroq bo‘lishini ko‘z oldiga keltira olishi kerak..
Boshlang‘ich sinflarda grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoning psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini aniq bilib olishi zarur.Grammatik tushunchalardan so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) boshlang‘ich sinflarda soddadan murakkabga qarab, izchillik tizimida o‘rgatiladi. So‘z turkumlari ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiy malakalari, kishilarning aloqa vositasi bo‘lmish tilning hususiyatlari, to‘g‘ri nutqning ahamiyati haqidagi bilimlari takomillashib boradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar va shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar:

Shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holatni bildiradigan so‘zlar;

Bu so‘zlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;

So‘zlarni o‘zgarish-o‘zgarmasligi va doimiyligi;

Gapda qanday bo‘lak vazifasida kelishi.

O‘quvchilarni o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari kengaya boradi. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturiga ko‘ra, o‘quvchilarda so‘zlarni dastlab, javob bo‘ladigan so‘roqlariga qarab guruhlab, o‘rgatiladi. 3-sinfda ”So‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. Bunda o‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar: so‘z turkumining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe`lning gapdagi vazifasi bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.


Berilgan quyidagi jadvalda boshlang‘ich 1-4-sinflarda o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar hajmi ko‘rsatilgan:


Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish