Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash



Download 66 Kb.
Sana24.11.2022
Hajmi66 Kb.
#871213
Bog'liq
Boshlang



Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash
DTSga muvofiq, boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan: ot, sifat, son, fe’l, kishilik olmoshi sintaksisdan: gap, ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘lak, uyushiq bo‘lak, undalma kabi tushunchalarni, so‘z yasalishidan: o‘zak, qo‘shimcha, o‘zakdosh so‘zlar kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. Grammatik tushunchalar so‘z, so‘z birikmasi, gap, morfema, leksika, fonema va boshqalarning o‘ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. O‘qituvchi bu tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarishi, o‘quvchilar aqliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini bilib olishi, bu jarayonning xususiyatlarini, tushunchani qanday sharoitda o‘zlashtirilishi samaraliroq bo‘lishini ko‘z oldiga keltira olishi kerak..
Boshlang‘ich sinflarda grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoning psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini aniq bilib olishi zarur.
Grammatik tushunchalardan so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) boshlang‘ich sinflarda soddadan murakkabga qarab, izchillik tizimida o‘rgatiladi. So‘z turkumlari ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiy malakalari, kishilarning aloqa vositasi bo‘lmish tilning hususiyatlari, to‘g‘ri nutqning ahamiyati haqidagi bilimlari takomillashib boradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar va shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar:
Shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holatni bildiradigan so‘zlar;
Bu so‘zlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
So‘zlarni o‘zgarish-o‘zgarmasligi va doimiyligi;
Gapda qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
O‘quvchilarni o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari kengaya boradi. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturiga ko‘ra, o‘quvchilarda so‘zlarni dastlab, javob bo‘ladigan so‘roqlariga qarab guruhlab, o‘rgatiladi. 3-sinfda ”So‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. Bunda o‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar: so‘z turkumining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe`lning gapdagi vazifasi bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
Berilgan quyidagi jadvalda boshlang‘ich 1-4-sinflarda o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar hajmi ko‘rsatilgan:
Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilarning shu vaqtgacha foydalanib kelgan so‘zlarining ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida ma’nodosh, turli ma’noni bildirgan so‘zlar ustida muntazam ishlab boriladi. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, eshitganlari, kitobdan o‘qiganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir qatorda, ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanida o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta`lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‘liq o‘rganishga tayyorlaydi. Bu jarayonda o‘quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga barkamol shaxsni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda albatta, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish katta samara beradi.
Ona tili darslarida so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratuvchi, quyidagi berilgan didaktik topshiriqlar fan bo‘yicha bilimlarni mustahkamlaydi, shu bilan birga pedagogikadagi fanlararo bog‘liqlik masalasini ham ijobiy hal qiladi:
1-topshiriq: berilgan beshta so‘zdan to‘rttasi bitta umumiy belgiga ega. Beshinchi so‘z ularga mazmunan mos kelmaydi. Uni topib belgilang. Tanlangan so‘zingiz raqamini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so‘zni va raqamni belgilang.
1.a) yurmoq; b) sakramoq; v) raqs tushmoq; d) o‘tirmoq; g) yugurmoq.
Bu yerda to‘rtta so‘z harakatni, faqat bittasi – o‘tirmoq harakatsizlikni bildiradi. Shuning uchun u ortiqcha.
2-topshiriq: juft so‘zlar berilgan. Ular uchun umumiy xususiyatni ifodalaydigan so‘zni toping. Bunda mavjud barcha umumiy xususiyatlardan imkon qadar shu ikki narsaga eng yaqin va xos xususiyatni topib yozish kerak. javobingizni so‘zlar juftligining yoniga yozing.
Misol: Archa-qarag‘ay; to‘g‘ri javoblar: “daraxtlar”, “doimiy yashil o‘simliklar”, “ninabargli daraxtlar”. Eng to‘g‘ri javob: “ninabargli daraxtlar”.
Otni o‘rgatish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda “OT” so‘z turkumini o‘rganish tizimi aniq izchillikda, bir-birini to‘ldirgan holda, berilayotgan bilim va mashqlar asta soddadan-murakkabga qarab maqsad tomon yo‘naltiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar otdan to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantiriladi.
Otning til hodisasi sifatidagi xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun beriladigan material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.
1-4-sinflarda otni o‘rganish vazifalari:
Ot haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
Kim? so‘rog‘iga javob bol`gan otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;
Atoqli otlarni (kishilar ismi-sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar, ko‘cha va hakozolar) bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish;
Otlarni birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan tanishtirish;
Otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish;
Otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
O‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini oshirish;
So‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Yuqorida berilgan otni o‘rganish vazifalari o‘zaro bog‘langan holda bajariladi. Shu bilan birga, “ot” mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-sinflarda otning faqat belgilari, nimani bildirishi, so‘roqlari o‘rganiladi. 3-sinfda otga atama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. Kichik yoshdagi bolalarni nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi ta`lim berish jarayonida otni o‘rganishning barcha bosqichlarida bajariladi. O‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatini o‘stirish grammatik bilimlarni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayonida amalga oshiriladi.
Savod o‘rgatish davridan boshlab, o‘quvchilarni otni o‘rganishga tayyorlab boriladi. Bu davrda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor berib, so‘zlarning ma’nosiga qarab guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Masalan, qushlar, meva va sabzavotlar, kiyim va buyumlarni va hakazo. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, grammatik tushunchani shakllantirish uchun so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi. O‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashni, ularni so‘roq berish bilan ajratishni o‘rganadilar, ularda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi va atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi.
O‘quvchilarni 2-sinfda otlarni atamasiz, leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilimlari chuqurlashtiriladi.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan o‘quvchilar 3-sinfda tanishadilar. Bu jarayonda o‘quvchilar: a) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash; b) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish; v) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Otlarni egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llash murakkab jarayon bo‘lib, bu tushunchani 4-sinf o‘quvchilariga o‘rgatishdan avval ularga shaxs tushunchasini tanishtirish lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilarda shaxs, narsaning kimgadir tegishli ekani, shu narsaning kimgadir qarashliligi, uning egasini bildirishini misollar bilan tushuntiriladi. Masalan: Bugun chizgan rasmim yaxshi chiqdi. Sening rasming qanday chiqdi? Odilning chizgan rasmi ham yaxshi chiqibdi.
Gaplarda berilgan rasmim, rasming, rasmi so‘zlarini tahlil qilib, o‘zak rasm ekani –im, -ing, -i qo‘shimcha ekanini aniqlanadi. Shunda o‘qituvchi rasm va rasmim so‘zlarini taqqoslashni topshiradi va o‘quvchilar bu so‘zning qo‘shimchasi yuzasidan fikr yuritadilar, ammo bu ular uchun muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi. Ular bu borada aniq fikr bera olmaydilar, shunda o‘qituvchi bu vaziyatni xal qilish uchun o‘quchilarga tilda uchta shaxsni mavjudligi va ular: I shaxs – so‘zlovchi; II shaxs – tinglovchi; III shaxs – o‘zga ekanini, ya`ni, men — so‘zlovchi, sen – tinglovchi, u — o‘zga ekanligi va otning shu uch shaxslardan qaysi biriga tegishli ekanini qo‘shilgan qo‘shimchalar orqali aniqlanishi, o‘z navbatida ana shu qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari ekanligi, ular birlik va ko‘plikda qo‘llanishi haqida tushuncha beradi.
Misollar orqali egalik qo‘shimchalarining otlarga ikki usulda qo‘shilishi, ya`ni unli bilan tugagan otlarga –m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh bilan tugagan otlarga –im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi haqida tushunchalar beradilar. O‘quvchilarning egalik qo‘shimchalari yuzasidan egallagan ko‘nikmalarini shakllantirish uchun turli mashqlardan foydalaniladi. Masalan, matndan egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan otni topish, uni tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, egalik qo‘shimchasini shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo‘shimchasini qo‘shish, narsa qaysi shaxslarga qarashli ekanini aytish kabilar.
Keyingi bosqichda otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi o‘rgatiladi. Kelishiklar otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rganishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlash o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘z birikmalarini ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng, boshlanadi. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi otning gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi lozim.
Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi va bunday bog‘lovchi qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari ekanligi haqida tushunchalar beriladi. Ana shunday kelishiklardan oltita borligi, otlarga kelishik qo‘shimchalarini qo‘shilishi — turlanish deyilishini o‘rgatiladi. Bu tushunchalarni o‘quvchilarga gaplarni tahlil qilish jarayonida otning boshqa har xil so‘zlar bilan shakl yasovchi qo‘shimchalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog‘lanishini kuzatish orqali singdiriladi.
O‘quvchilarga kelishiklarni o‘rganishda qulaylikni ta’minlash uchun ularning xususiyatlarini quyidagi tartibda o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu tarzda o‘rganish davomida o‘quvchilar kelishiklarni o‘zaro taqqoslab, ongli o‘zlashtiradilar:
kelishikni grammatik ma’nosi; so‘roqlari; qo‘shimchasi; gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar ularning muhim belgilarini bilishlari va bir-biridan farqlashlari zarur. Masalan, otning kelishik qo‘shimchasi yo‘q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so‘zni o‘ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima? nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi, gapda ega vazifasida kelishi va ba`zan egalik qo‘shimchalarini olib qo‘llanishi bilan tanishadilar.
Qaratqich va tushum kelishiklarini ajratishda o‘quvchilar ozgina qiynaladilar va ularni almashtirish hollari kuzatiladi. Bunday qiyinchiliklarni oldini olish uchun o‘quvchilarda kelishiklardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini, xususiyatlariga ko‘ra ajratish orqali shakllantiriladi. Masalan:

  1. Ot qaratqich kelishigida turlanganda: a) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda boshqa otga bog‘lanadi, u bog‘langan ot egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi (bolaning otasi, stolning oyog‘i kabi); b) kim(lar)ning?, nima(lar)ning?, ba`zan qayerning? so‘roqlariga javob bo‘ladi; v) –ning qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi; d) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

  2. Ot tushum kelishigida turlanganda: a) harakatni o‘ziga olgan shaxs, narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog‘lanadi (darsni qildim, maktabni ko’rdi kabi); b) kim(lar)ni?, nima(lar)ni?, ba`zan qayerni? so‘roqlariga javob bo‘ladi; v) –ni qo‘shimchasi bilan qo‘llanadi; d) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

Jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarining xususiyatlari bilan tanishtirishda o‘quvchilar bu kelishiklarning so‘rog‘i, qo‘shimchalari bilan tanishadilar. Ammo, ba`zida o‘quvchilar bu ikki kelishik qo‘shimchalarini almashtirish orqali gap tuzishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bunday xatoliklarni oldini olish uchun o‘quvchilar bilan fe’ldan jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigida qo‘llangan otga so‘roq berib, so‘z birikmasini topishni ko‘proq mashq qilish va kelishiklarning so‘rogi va ma’nosiga qarab farqlashga o‘rgatiladi. Masalan, ketdi (qayerga?) – maktabga, ko‘rdim (qayerda?) – ko‘chada.
Jo‘nalish kelishigining xususiyatlarini o‘rgangan holda o‘quvchilar uning –ga qo‘shimchasi oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda -ka eshitilishi, ammo yozuvda o‘zgarmasligi, -ka qo‘shimchasi so‘zning oxiri k bilan, -qa qo‘shimchasi oxiri q bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda hosil bo‘lishi; ularga savol berish orqali otning jo‘nalish kelishigida turlanganini aniqlash mumkinligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar. Masalan: Baliq qarmoqqa ilindi. Baliq nimaga ilindi? Nimaga ? so‘rog‘i jo‘nalish kelishigiga tegishliligi aniqlanadi. Xulosani o‘quvchilar misollar orqali olgan ko‘nikmalari asosida, o‘qituvchi rahbarligida chiqaradilar.
O‘quvchilar o‘rin-payt kelishining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, -da kelishik qo‘shimchasi –ta bo‘lib eshitilsa ham, -da shaklida yozilishi tushuntiriladi.
Chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham o‘quvchilarni reja asosida tanishtiriladi va ularga kelishik qo‘shimchalarini yozilishi tushuntiriladi.
O‘quvchilarda kelishiklar haqidagi malakalarni shakllantirish ustida ishlashning samaradorligini ta`minlaydigan shartlar, a) maqsadga muvofiq mashq tanlash, mashq materialini asta murakkablashtirib borish bilan o‘quvchilarning mustaqilligini oshirish; b) imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish va o‘quvchilarning nutqini o‘stirish bilan bog‘lab o‘rgatishdir.
Demak, ot boshlang‘ich sinflarda yaxlit holda o‘rganiladi. O‘quvchilarda ot so‘z turkumnining belgilarini, vazifasini o‘zlashtirish bilan birga, kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Sifatni o‘rgatish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganish tizimi izchillik bilan soddadan -murakkablashib boradi.
1-va 2-sinflarda o‘quvchilar sifatni leksik ma’nosini kuzatadilar. Sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishni o‘rganadilar. 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi. 4-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususisyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisini bildirib, uni ot bilan bog‘liq o‘rganishni talab qiladi. 1-sinfdanoq o‘quvchilar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, bunda ot va sifatdan so‘z birikmasini ajratadilar. Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi va boshlang‘ich sinflarda sifatlarning xususiyatlari ustida ishlashni leksik va grammatik yo‘nalishda olib borish talab etiladi.
Sifat mavzusi boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-2-sinf);
sifat haqida tushuncha berish (3-sinf);
shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zgartirish (4-sinf).
Sifatni uch bosqichda o‘rgatiladi. Avval, birinchi bosqich (1-2-sinf)da o‘quvchilarga predmetning belgilarini, ularga savol berishni o‘rgatiladi. Masalan, biron predmet rasmini kuzatish orqali belgilarini aniqlash: koptok rasmini ko‘rsatib, qanday koptok?-savoliga o‘quvchilar rasmdagi koptok belgilarini aniqlab, aytadilar, qizil, katta, dumaloq, chiroyli, kabi. Bundan tashqari sinfda, umuman atrofda o‘quvchilarni o‘rab turgan predmetlarning belgilarini aniqlash va bu predmetlar bir-biri bilan ana shu o‘ziga xos belgilari orqali farq qilishlarini misollar bilan tushuntiriladi. Shunday mashqlardan so‘ng, o‘quvchilar xulosa chiqaradilar, ya`ni predmet belgisini bildirgan so‘zlar qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish