2-SEMINAR MASHG’ULOT
1.Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?
2.Gadoiy devonida qanday lirik turga oid she’rlar jamlangan?
3.Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
4.Shoir devonida g’azalning o’rni qanday?
JAVOB:
1. Gadoiy haqida nimalarni bilasiz?
Gadoiy g’azalnavis shoir hisoblanadi. U mumtoz adabiyotimizda o’z she’r, g’azal va tuyuqlari bilan o’chmas iz qoldirgan. Gadoiy XIV asr oxiri XV asr o’rtalarida ijod qilgan turkiylar orasidagi mashhur shoirlardan biri hisoblanadi. Gadoiy shoirning taxallusi bo’lib, uning asl ismi ma’lum emas. Gadoiy gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini juda yaxshi bilgan. Asosan, turkiy tilda va qisman esa forsiy tilda gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan hisoblanadi. Gadoiy ikki tilda ijod qilgan, zullisonayn ijodkorlardan biridir.
Gadoiy haqida juda oz ma’lumotlar saqlanib qolgan, U haqidagi ma’lumotlar ayrim shoirlarimizning tazkiralarida keltirilgan. Xususan, adib haqidagi ayrim ma’lumotlar Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasi hamda «Mahbub ul-qulub» asarlarida keltirilgan. Shunga ko’ra, A.Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida shunday yoziladi:
«Mavlono Gadoiy turkigo‘ydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti, bir navoye aytur va uning mashhur matlalaridin biri budurkim:»
Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana,
Bu ko‘ngulning ilgidin jonga balo bo‘ldi yana.
Mavlononing yoshi to‘qsondin o‘tibdur. Bu matla’ aningdurkim:
Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloyi jon emish,
Kim aning dardi qoshida, yuz o‘lum hayron emish».
Yuqoridagi misralarga ko’ra, Gadoiy Bobur Mirzo zamonida yashagan, ijod qilgan.. Bobur Mirzo 1452–1457 yillarda hukmronlik qilgan.
2. Gadoiy devonida qanday lirik turga oid she’rlar jamlangan?
Gadoiy devon tartib qilgan shoirlardan biri hisoblanadi. Uning “Devoni Gado” deb nomlangan devoni XV asrning 2-yarmi XVI asrning boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan. Ushbu devonda 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qitʼa, tuyuq kirgan.
Devonning qoʻlyozmasi hozirgi kunda Parij Milliy kutubxonasida, mikrofilmi va fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Gadoiyning forsiydagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning „Radoyif ul-ashʼor“ tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy sheʼrlari Turkiyada 1960-yilda va AQShda 1971-yilda nashr ettirilgan.
3. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
Shoirning badiiy mahorati juda beqiyosdir, chunki Gadoiy o’z zamonida she’r, g’azal va qasidalari bilan juda mashhur bo’lgan. Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-asr oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan.
Uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim gʻazal va qitʼalarida shoirning oʻz hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. Sheʼriyatida „charx jafosi“, „roʻzgʻor javri“dan figʻon, „gʻurbat mehnati“ va „rohiblar tazyiqidan“ shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy sheʼrlari aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, sho’x va uynoqi. Yuqoridagilarga ko’ra shoirning badiiy mahorati juda yuksak bo’lgan.
U g’azal janrida shuhrat qozongan shoir. Alisher Navoiy Gadoiy ijodiga yuqori baho beradi. Uni turkigo‘y adiblar orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovorligini uqtiradi. «Majolis un-nafois» tazkirasida shunday yozadi: «Mavlono Gadoiy turkigo‘ydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti, bir navoye aytur va uning mashhur matlalaridin biri budurkim:»
Bunda Navoiy Gadoiyning turkiy shoir ekanligini, ya’ni turkchada ijod qilganligi aytib, turkiylarning mashoyihi, ya’ni mashhur shoiri ekanligini bildiradi.
4. Shoir devonida g’azalning o’rni qanday?
Gadoiyning devonida g’azal, mustazod, qasida kabi janrlar o’rin olgan, ammo shulardan g’azallarining o’rni beqiyosdir. Chunki shoirning g’azallari o’ta katta mahorat bilan yozilgan bo’lib, o’sha davrning eng mashhur g’azallari hisoblangan. Shoir g’azallarining ko’pi ishqiy mavzuda bo’lib, zohiran insonning ollohga bo’lgan ishqi kuylanadi. “Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga…” , “Mubtalo bo’ldi yana…”, “Oh kim, devona ko’nglim mubtalo bo’ldi yana”, “Yoz fasli”, “Sanga” kabi g’azallari ishqiy mavzuda bo’lib, bu g’azallarni o’ta mahorat bilan yozib, yuksak darajaga olib chiqqan.
Unutma
Buti siyminbarim, bizni unutma,
Dudoqi shakarim, bizni unutma.
Falakka yetti ohimning tutuni,
Ayo mahpaykarim, bizni unutma.
Chu toroj aylading jon-u ko‘ngilni,
Ko‘zi g‘oratgarim, bizni unutma.
Sevar jonim, begim, xonim, umidim,
Azizim, dilbarim, bizni unutma.
Gado qonin jafo birla shu to‘ktung,
Qaroqi kofarim, bizni unutma.
TEST
1. Devonning qo‘lyozmasi hajmi 66 varaq bo‘lib, shoirning 230 g‘azali, 1 qasidasi, 1 mustazodi va 5 to‘rtlikdan iborat. Gap kimning devoni haqida ketmoqda?
A. Atoyi
B. Sakkokiy
C. Lutfiy
D. Gadoiy
2. Gadoiy haqidagi dastlabki ma’lumot kimning qaysi asqrida uchraydi?
A. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy”da
B. Navoiy “Majolis un-nafois”da
C. Navoiy “Mahokamat ul-lug’atayin”da
D. Devoni hikmatda
3. Gadoiy devoninig qo’lyozmasi qayerda saqlanadi?
A. Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi
B. Istanbul kutubxonasida
C. London kutubxonasida
D. Sankt Peterburg kutubxonasida
Do'stlaringiz bilan baham: |