3. Qaror qabul qilish – psixologik jarayon sifatida.
Qaror qabul qilish jarayonining psixologik jihatini bilish mavjud bosqichlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. Gap shundaki, to’g’ri qaror qabul qilish va uni samarali ravishda joriy etish uchun rahbar psixologik jihatdan ham ma’lum amallarga rioya qilishi kerak. Bu tadbirning asosiy mazmuni shundan iboratki, rahbar muammoli vaziyat haqida ma’lumot yig’ar ekan, muammo haqida birlamchi tasavvur - informatsion model yarata boshlaydi. Bu modelning haqiqatga va mavjud vaziyatga qanchalik mosligi olinayotgan ma’lumotning to’la-to’kisligi, har tomonlamaligiga bog’liq.
Afsuski, tashqi muhitdagi ko’pgina omillar ta’sirida rahbar vaziyat yuzasidan ob’ektiv bo’lmagan ma’lumotlar oladi va o’z idroki jarayonida ma’lum sub’ektivliklarga yo’l qo’yadi. Ayniqsa, bunday tavofutga rahbarning jinsi, yoshi yoki atrofidagi odamlarning ta’siri kuchli bo’ladi. SHakllanayotgan informatsion model iloji boricha ob’ektiv bo’lishi uchun rahbar vaziyat haqida har tomonlama ma’lumot yig’ishi, tashqi olamni to’la-to’kis aks ettirishni cheklovchi idrok stereotip va ustanovkalardan chetlanishi lozim. Informatsion model tahlil etilishi va qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitish natijasida natijasida rahbar ongida konseptual model, ya’ni vaziyat haqidagi uzil-kesil qarash shakllanadi. Konseptual model o’z ichiga informatsion modeldan shakllangan fikr va hissiyotlarni, shuningdek rahbarning o’tmish shaxsiy tajribasi, bilimlarini qamrab oladi. Rahbar mavjud vaziyatning mohiyatini tushungan paytda konseptual model shakllandi deyish mumkin. Eng ajablanarlisi shuki, konseptual model haqiqiy vaziyatga doimo ham mos kelavermaydi. Bu mos kelmaslik darajasi har bir shaxsda turlichadir. Kimdadir bu farq katta bo’lsa, kimdadir juda kichik. Konseptual model va ob’ektiv vaziyat o’rtasidagi farq qanchalik kichik bo’lsa, to’g’ri qaror qabul qilishga shunchalik zamin yaratiladi.
SHaxs o’zining individual psixologik xususiyatlariga ko’ra olayotgan ma’lumotning ba’zisiga e’tibor bermasligi, yoki ayrimlarini bo’rttirib aks ettirishi mumkin. SHuning uchun ham rahbar vaziyat haqidagi o’z tasavvurining qanchalik ob’ektivligi, haqqoniyligi haqida kayg’urishi lozim. Aynan shu boradagi psixologik tavsiya quyidagicha - informatsion model va konseptual modellardagi tarkibiy qismlar orasida iloji boricha muvofiqlik ko’proq bo’lgani ma’qul, ya’ni konseptual model yaratilishi mobaynida qo’llanilayotgan birliklar iloji boricha informatsion modelda ham ko’p uchrashi kerak. Masalan, vaziyat ishtirokchilari, muammodagi asosiy masala, yechim vositalari kabilar ikkala modelda uchrashi mumkin bo’lgan birliklar hisoblanadi. Qaror qabul qilishning uch tarkibiy qismi – muammo yuzaga kelgan ob’ektiv borliq, informatsion va konseptual model uchburchak shaklida iloji boricha bir-biriga uyg’unlashgan bo’lishi hamda uchburchakning, aytaylik, bir burchagi ikkitasidan yuqorida yoki pastda joylashmasligi kerak.
Муаммо
Bu taqqoslashda birlamchi manba sifatida muammoli vaziyat, ya’ni borliq qabul qilinadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga oid ko’pgina tadqiqotlarda yechilishi lozim bo’lgan muammoning aniqlik darajasiga katta e’tibor beriladi. SHu ma’noda aniqlik va noaniqlik vaziyatlarida qabul qilinuvchi qarorlar haqida aytib o’tish lozim. Bunday vaziyatlardagi qaror qabul qilish tezligi va mazmuni ham bir-biridan farq qiladi.
Aniqlik vaziyatida qaror qabul qilish avvalgi tajribaga asoslanishni taqozo etadi. Mazkur sharoitda inson tajribasi hamda bilimlari, vaziyatni hal etish manbai bo’lib hisoblanadi va tabiiyki, qaror qabul qilish holatida ishonch va tezkorlik hukm suradi.
Noaniqlik vaziyatida esa rahbardan vaziyatga ijodiy yondoshish talab etiladi. Ma’lum miqdorda o’z intuitsiyasiga asoslanish izlanuvchan shaxs uchun yangi imkoniyatlar tug’diradi. Biroq, bunday holda chiqariladigan hukm o’zida ma’lum xavf-xatarni ham mujassamlashtirganligi sababli, qaror qabul qilinganda xatoga yo’l qo’yish ehtimoli oshadi. Demak, rahbar har qanday muammoli vaziyatga to’qnash kelar ekan, uning aniqlik va noaniqlik darajalarini aniqlab olishi lozim.
Keyingi qadam sifatida rahbar, masala dolzarbligidan kelib chiqib, unga oydinlik kiritishi, vaziyatdagi noaniq tomonlarini yoritgan holda aniqlik doirasini kengaytirishi lozim. yechimda mujassamlanadigan ijodiy ulushlarning asosiy qismi masalani oydinlashtirish bosqichida saraflangani ma’qul, deb hisoblanadi.
Asosiy qiyinchilik qabul qilingan qarorni amalga oshirish bosqichida uchrashi mumkin. YUqorida aytganimizdek, qaror ijrosiga oid vazifalarning aniq taqsimlanishi va ijro vaqtini ko’rsatish nazorat samarasini ta’minlaydi. Lekin qaror yuzasidan norozi bo’lgan xodim va ayrim o’rta bo’g’in rahbari ham ijro bosqichida sust harakat etishi mumkin. Bunga sabab bir nechta: birinchidan, ular qaror qabul qilishda qatnashmagan yoki ushbu qarordan norozi bo’lgan; ikkinchidan, qarorning hayotga tatbiq etish muvaffaqiyat keltirishiga ishonch yo’q; uchinchi sabab, xodimning sustkashligi yoki uquvsizligi bo’lishi mumkin. O’ylashimizcha, birinchi va ikkinchi sabab ijtimoiy-psixologik yechimga ega bo’lib, agar guruhning ahillik darajasi yuqori bo’lsa, qaror ijrosida xodimlar iloji boricha jadal qatnashadilar. Uchinchi sababning bartaraf etilishi esa qarorga oid vazifalar taqsimlanishi paytida hisobga olinishi lozim.
Qaror ijrosidagi tomonlar hamkorligi uni qabul qilish bosqichida ta’minlanadi. Qaror qabul qilinishi chog’ida o’zgalar qarshiligini yengish, iloji boricha tomonlar uchun «beshikast» o’tishi lozim. Oqibatda maqbul deb, topilgan qaror iloji boricha konsensus (kelishuv) asosida qabul qilinishi kerak. Demak, rahbar oldida tomonlarni yarashtirish va ziddiyatlarni yumshatish, tadbirdan so’ng g’ubor qolmasligini ta’minlash vazifasi turadi. Agar qaror guruhiy tarzda qabul qilinayotgan bo’lsa, va uning ijrosi jamoa a’zolari ishtiroki orqali ta’minlansa, har bir xodim va rahbar quyidagini yodda tutishi maslahat beriladi: «Bugun boshqa xodim taklif etgan qaror bajarilayapti. Bu jarayonga mening munosabatim va ishtirokim, ertaga men taklif etgan qarorga nisbatan munosabat va boshqalarning qanday ishtirok etishini belgilaydi».
Nazorat uchun savollar
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish?
Boshqaruv qarorlari mohiyati?
Qaror qabul qilish darajalari?
Qaror shakli?
Zarur malakalar?
Odatiy qarorlar?
Tanlovga asoslangan (selektiv) qaror?
Moslashuvchan darajadagi qaror qabul qilish?
Innovatsion, yahni yangiliklarni joriy etish bilan bog’liq qarorlar?
Qaror qabul qilish bosqichlari?
Qaror qabul qilish – psixologik jarayon sifatida?
Do'stlaringiz bilan baham: |