Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to’g’ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayondir. Jumladan, korxonaning pul mablag’lari va pulga tenglashtirilgan qimmatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlanishining xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha jabhalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida boshqaruv su’yektlariga faqat axborotga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to’g’ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo’ladi. Korxonalar xo’jalik faoliyatini samaraliboshqarishda foydalaniladigan axborotlar manbalariga pul mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlar ham kiradi.
Respublikamiz amaliyotida xo’jalik su’yektlarining pul mablag’lari harakatini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakli sobiq ittifoq davrida ham, mustaqillikning dastlabki yillarida ham mavjud bo’lmagan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i bilan ilk marotaba respublikamiz amaliyotida «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot shakli amal qila boshladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot-korxona faoliyatining muayyan hisobot davridagi pul mablag’larining holatiga va joriy davrda pul mablag’larining o’zgarishini tavsiflovchi ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Tahlil maqsadi: moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tahlil vazifalari:
- pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;
- pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;
- pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;
- pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta’sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta’sirini baholash;
- operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;
- pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va ularning kamchiliklari. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumot moliyaviy hisobotning 4-shakli bo‘lgan “Pul oqimi to‘g‘risida”gi hisobotdan olinadi. Hisobot kassa usulida tuziladi. Tuzish davriyligi bo‘yicha yarim yillik va yillik muddat belgilangan.
Inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar tahlilning eng muhim kamchiliklari hisoblanadi
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot shakli korxonani samarali boshqarish uchun zarur axborotlarni berish bilan birgalikda tashqi foydalanuchilar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ham shakllantiradi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari investorlar va kreditorlar uchun quyidagi masalalarning yechimini topish uchun nasos bo’ladi:
kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining tuzilmasi;
pul mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi summasi;
kelib tushgan va sarflangan pul mablag’lari nisbat koeffitsiyenti (pul mablag’lari oqimi koeffitsiyenti).
«Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot boshqa hisobot shakllari bilan birgalikda korxonaning eng likvid aktivlaridagi o’zgarishlarni, uning moliyaviy tuzilmasini (jumladan, likvidlik va to’lovga layoqatliligini), korxonalarning qiyoslama baholash maqsadida kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatini modellashtirish imkonini beradigan doimiy ravishda o’zgaruvchi tashqi va ichki omillar sharoitida pul oqimlari harakatini tartibga solish layoqatini baholash va tushunishga xizmat qiluvchi axborot taqdim etilishini ta’minlaydi.
Хalqaro buxgalterlar assotsiatsiyasi (FASV kengashi) taqdimotiga ko’ra, "Pul mablag’larining harakati to’g’risida"gi hisobotning asosiy maqsadi qilib kompaniyaning barcha investorlari va kreditorlarini pul mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan yetarli darajada ta’minlash.
Хorijlik olimlar B.Nidlz va Х.Andersonlarning fikriga ko’ra, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishningasosiy maqsadiga quyidagicha tavsif beriladi: «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning asosiy maqsadi bo’lib, hisobot davrida korxonaning pul va pul mablag’larini kirimi va chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlarni batafsil aks ettirish" hisoblanadi.