Orol bo'yi hududining ekologik muammolari[tahrir]
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. So'ngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi.
Suv zahiralaridan nooʻrin foydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi.
Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.
Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan.
Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi.
Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi. Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20 marta oshganligi kuzatilgan.
Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan.
OROL DENGIZINI QURISH SABABI.
Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moʻynoq, Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol dengizining yuz km dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning 1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarga kelib, moʻyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan
. 1989-yil, iyun. Farg‘onadagi qonli fojialar Sovet mustamlakachiligi istibdodi, milliy adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik va milliy istiqlol uchun olib borilgan kurashning eng yuksak cho‘qqisi 1989-yilning yoz oylarida Farg‘onada bosh- langan qonli fojialar bo‘ldi. Dastlab Farg‘onada boshlanib, so‘ngra O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham keng tarqalgan to‘qnashuv qizil saltanat mustamlakachiligi zulmining mahsuli edi. 9 «Ёш ленинчи», 1990 йил, 1 декабрь. 10 «Фан ва турмуш», 1990 йил. 7-сон. 24-бет. 11 «Халқ сўзи», 1996 йил, 13 апрель. Bu qo‘zg‘olon natijasida qancha odam qurbon bo‘lganligi va aziyat chekkanligi to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar berilgan. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasidagi ma’lumotlarga qaraganda: «Yovuz fitna tufayli Farg‘onada jami 112 kishi shahid bo‘ldi. 1000 dan ortiq kishiga tan jarohati yetdi, 400 yigit javobgarlikka tortildi, 700 ga yaqin kishi ma’muriy jazo oldi, 160 nafardan ortiq kishi og‘ir jazolarga hukm etilgan»12. Bu darajada katta fojiaga olib kelgan Farg‘ona isyonining bosh sababi nimada? - degan qonuniy savol tug‘iladi. Bu haqda Ittifoqning markaziy matbuot organlari va O‘zbekistondagi juda ko‘plab gazeta va jumallarda har xil xulosalar bildirildi. Kimdir uni o‘zbeklar bilan mesxeti turklari o‘rtasidagi milliy nizo dedi, boshqa biri allaqanday mafiyaning ishi, ba’zilar SSSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasining tashkil etgan fitnasi deb baholadi. Butun boshli O‘zbekiston va uning xalqi taqdiri ishonib topshirilgan R.Nishonov esa SSSR Oliy Kengashi minbaridan turib Farg‘ona isyonini «bozorda bir chelak qulupnay ustida kelib chiqqan kelishmovchilik», deb e’lon qildi. Bu xususda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1992-yil 14 fevralda e’lon qilingan yozuvchi Alisher Ibodinovning «Zanjirband sher tug‘ilganda» maqolasi o‘zining xolisona va hayotiy yondoshganligi bilan ajralib turadi. Muallifning xulosasiga ko‘ra Farg‘onada 1989-yil iyunda ro‘y bergan «.. .o‘sha hodisa aslida isyon, o‘zbeklaming mustamlaka tuzumiga qarshi qo‘zg‘oloni edi»13. Buni 8 iyunda Qo‘qon shahrida bo‘lgan ko‘p ming kishilik miting qatnashchilari talabnomalaridan ham bilsa bo‘ladi. Rahbariyatga topshirilgan talabnomada vodiyda ishsizlikni tugatish choralarini ko‘rish, uy-joysizlar uchun tomorqa uchastkalari berish, paxta, pillaning xarid narxlarini oshirish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, Orol dengizini qutqarib qolish tadbirlarini tezlatish, o‘zidan zaharli moddalar tarqatayotgan Yangiqo‘rg‘on ximiya kombinatini yopish, oylik ish haqlarini oshirish, 7 iyunda tinch aholiga o‘q uzganlami javobgarlikka tortish kabi talablar qo‘yilgan edi. Hamma talab haqqoniy va odilona bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga borib taqalardi. Birgina ishsizlik muammosini oladigan bo‘lsak vodiyda ulaming soni yiliga 23 ming14 kishiga ko‘payib borardi. Alisher Ibodinov Bog‘dod-Qo‘qon yo‘lida shaharga shoshilib ketayotgan odamlar orasida bir oqsoqol bilan qilgan suhbatini eslab yozadi: «oqsoqol mesxeti turklari bilan hech qanday ishi yo‘qligi, o‘z dardi bilan shaharda bo‘ladigan mitingga otlanganligini so‘zladi. Uning o‘n farzandi bor ekan. To‘rt kelin, nabiralar, olti farzand bilan katalakdek xonadonda tiqilib yashayotganliklari, tirikchilik og‘irligidan hasrat qildi. «Negadir biz o‘zbeklar o‘z yurtimizda boshqalarga qaraganda nochor yashaymiz, aybimiz qishloqda tug‘ilganimizmi?» deya nola qilgan edi, u. Choi Qo‘qonga kelgan kattalarga shu dardlarini aytmoqchi ekan»15. 0‘sha olovli damlarda mantiqan qiziq bir jumboq hosil bo‘lgan edi. Qizil qo‘shinlar, osmondan vertolyotlar mesxeti turklar bilan talashib bir-birlarining uylariga o‘t qo‘yayotgan bezorilami o‘qqa tutmadilar, balki siyosiy talablar bilan 12 «0‘zbekiston adabiyot va san’ati» gazetasi, 1990-yil 5-oktabr. 13 «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral. 14 «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral. 684 15 0‘sha manba. Lenin nomli maydonda o‘tirib olib, tinch miting qilayotgan aholi ulami qurshab olgan askarlar tomonidan avtomatlardan va vertolyotlardan o‘qqa tutildi. Bu bejiz emas edi, albatta. Aslini olganda o‘sha mash’um kunda O‘zbekistonning mustaqilligi o‘qqa tutilgan edi. Sovetlar va uning mahalliy malaylari o‘zbek xalqini qo‘rqitish, milliy uyg‘onish davriga kirgan fidoyi vatanparvarlami tiz cho‘ktirish maqsadida bunday vahshiyona tadbimi qo‘llagan edilar. Ammo xalqimizning to‘kilgan qonlari zoe ketmadi. Chunki u qonlar qutlug4 qonlar edi. Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, ijtimoiy-adolat va baxtli istiqbolni deb 1989-yil iyun oyida Qo‘qonda shahid bo‘lgan Shuhrat Olimov (Qo‘qon taksomotor parkida shofyor, uch farzandning otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» korxonasi ishchisi), Alijon Bobojonov (Qo‘qon Qishloq xo‘jalik texnikumining talabasi), Azizxon Dehqonboyev (Qo‘qon Lokomotiv deposi ishchisi), Alisher Rahmatullayev (mushtipar onaning yakkayu yagona o‘g‘li), Qodirjon Nurmatov (ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga ko‘r-ko‘rona ishongan xalqning ko‘zlari ochildi, xalqimiz ongida jiddiy o‘zgarish yasadi. Farg‘onadan so‘ng Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq g‘alayonlari bo‘ldi. Ammo bu g‘alayonlaming oldi olindi. Farg‘ona voqealari xalqimizga katta va achchiq hayotiy saboq berdi. Birinchidan, xalqimiz chorizm mustamlakachi saltanati va sovet mustabid saltanati o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini, har ikkalasi ham o‘zbek xalqining milliy dushmani ekanligini aniq -ravshan tushundi. Ikkinchidan, katta tajribaga ega bo‘lgan dushmanga qarshi kurashda milliy istiqlolchilar tajribasizlik qildilar. Kurash asosan stixiyali tarzda olib borildi, ularda siyosiy kurash madaniyati yetishmadi, xalqimiz dushmanga qarshi kurashda yakdil bo‘laolmadi, milliy birlik bo‘lmadi. Xalqning ma’lum bir qismi hali ham mustamlakachilarga ishonar edi. Milliy birlikni ta’minlay olmadi. Umumiy dushmanga qarshi kurashda birlasholmadi. Uchinchidan, mustamlakachilarga qarshi kurashda xalqni o‘z orqasidan ergashtira oladigan, nazariy-ilmiy asoslangan dasturga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot bo‘lmadi. To‘rtinchidan, 80-yillar oxirlaridagi voqealar mamlakatda ijti- moiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda zudlik bilan sifat o‘zgarishlami amalga oshirish lozimligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |