bo'lim. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik nessent mikroskopiyasi. E. Kariotipni tekshirish. F. В va E javoblar to‘g‘ri.
Odam xromosomalarini o‘rganishda eng qulay obyekt:
A. Og‘iz shilliq pardasi hujayralari. B. Eritrotsitlar. D. Tuxum hujayralar. E. Spermatozoidlar. F. Leykotsitlar.
Qon hujayralarini sun’iy o‘stirilayotganda gipotonik eritma nima maqsadda qo'shiladi?
A. Hujayralarni oziqlantirish uchun. B.Hujayralarni shishirish uchun. D. Hujyralar bo‘linishini tezlashtirish uchun. E. Hujayralar bo‘linishini to'xtatish uchun. F. Axromatin iplarni parchalash uchun.
Klaynfelter sindromiga tashhis qo‘yish uchun qanday usul- dan foydalaniladi?
A. Immunogenetik. B. Sitogenetik. D. Biokimyoviy. E. Gene- alogik. F. Yuqoridagi usullarning bnrchasidan.
inavzu ANTROPOGENETIKA USULLARI.
DERMATOGLIFIKA, POPULATSION STATISTIKA,
MOLEKULAR GENETTI К A USULLARI
Mavzuning m azin uni.
Dermatoglifika (derma Leri, gliyphe — chizish) usuli — qo‘l barmoqlari, kaft va tovon terisi relyefini o‘rganishdan iborat. Mazkur joylardagi epidermis lamming boshqa qismlaridan farq qilib, o‘ziga xos egatchalar yo'llarini hosil qiladi. Qo‘l kaftidagi va tovondagi epidermis egatchalarining joylashish tartibi har bir shaxsda individual xarakterga ega, sh uning uchun ham barmoq izlarini qog'ozga tushirish ilgari imzo o'rnida qo'llanilgan.
Dermatoglifikaning quyidagi turlari mavjud: a) daktiloskopiya (barmoq uchi rasmi); b) palmoskopiya (kaft rasmi); d) plantoskopiya (tovon rasmi).
Palmoskopiya — qo‘l kaftida chiziqlar, triradiuslar, ular orasidagi burchaklarni o‘rganishdir. Triradiuslar (deltalar) — uch xil yo‘na- lishdagi chiziqlarning to'plashgan joyi. Ayniqsa, atd triradiuslar! burchagi (ikkinchi barmoq asosida a triradiuslari, beshinchi barmoq asosida d triradiusi va bilakuzuk burmasi o‘rtasida t triradiuslari orasidagi burchak) ko'rsatkichi har xil xromosoma kasalliklarida katta ahamiyatga ega. Sog‘lom odamlarda atd triradiuslari orasidagi uchburchak 57°dan oshmaydi, Daun sindromida 80°, Klaynfelter sindromida 42°, Shereshevskiy-Terner sindromida esa 65°ga teng.
0‘naqaylarda chiziqlar chap qo‘ldagiga qaraganda murakkabroqligi aniqlangan (25- rasm).
Plantoskopiya — tovondagi chiziqlar yo'nalishlarini aniqlashga asoslangan.
Daktiloskopiya — eng ko‘p qo'llaniladigan dermatoglifika usuli bo'lib, qo‘l barmoqlari chiziqlarini o‘rganishga asoslangan. Barmoqlarda papillar chiziqlar yo'nalishi asosan uch xil tipda: yoysimon (A), sirtmoqsimon (L), o‘ramasimon (W) bo‘ladi (26- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |