Parazitning joylashishi. Yetuk shakllari limfa tomirlari va tugunlarida, biriktiruvchi to'qimada, lichinkalari esa qon tomirlarida yashaydi.
Geografik tarqalishi. Tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan.
Morfologiyasi. [Jrg'ochisining uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 3-4 sm ga teng, lichinkalari (ularni mikrofilariyalar deyiladi) 0,3 mm dan oshmaydi (84 rasm). Filariyalar shakli ipsimon, oldingi va keyingi uchlari o‘tkirlashgan bo'ladi. Ular tirik tug‘uvchi biogelmintlardir.
Hayot sikli. Definitiv xo’jayini laqat odamlar, oraliq xo‘- jayinlari esa Culex, Anofclos, Andes, Mansoni avlodlariga kiruvchi chivinlar hisoblanadi.
Invaziya manbai kasal oda in la rd ir (antroponoz). Chivinlarga qon so‘rish paytida yuqadi, keyin mikrofilariyalar chivinning xartumiga o‘tadi. Chivin odamni chaqayotganida mikrofilariyalar xartumni yorib, teriga faol harakatlanib kiradi, keyin limfa sistemasiga o‘tib, rivojlanib voyaga yetadi. Mikrofilariyalar kunduzi yirik qon tomirlarida, kechasi esa periferik qon tomirlarida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |