It kanasi (Ixodes ricinus). Tularemiya, ensefalitning ba’zi shakllari qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi hisoblanadi. Yevro- Osiyoning o'rmonlarida uchraydi, rivojlanish sikli 7 yilgacha davom etishi mumkin (86- rasm).
Tayga kanasi (Ixodes persulcatus). Tayga yoki bahorgi-yozgi ensefalit qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi va tabiiy rezervuari hisoblanadi. Sibir va Uzoq Sharq o‘rmonlarida yashaydi.
Iksod kanalarga Dermatsentor avlodiga kiruvchi kanalar ham kiradi. Ularning ko'pchiligi it kanasi va tayga kanasidan farq qilib cho‘l zonasida yashaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |