mavzu. HUJAYRA YADROSINING TUZILISHI.
HUJAYRADA AXBOROT OQIMI
Mavzuning mazmuni.
Yadro (nukleus) hujayraning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Hamma eukariot hujayralar yadroga ega. Faqat ba’zi hujayralargina o‘z takomilining oxirgi bosqichida yadrosini yo'qotadi (sut- einizuvchilarning qizil qon hujayralari). Har bir hujayrada yadro asosan bitta bo‘ladi, ammo ikkita yoki bir nechta yadroli hujayralar ham mavjud (jigar va ko'ndalang targ‘il mushak hujayralari).
Yadroning shakli asosan hujayra shakliga va uning funksiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Interfaza holatidagi hujayralarda yadrolar yadro qobig‘idan, xromatindan, yadrochadan va yadro shirasidan tuzilgan bo'ladi.
Yadro irsiy axborotni saqlaydi, ko'paytiradi, tashiydi va shu tufayli oqsil sintezida, hujayraning fiziologik va morfologik jarayonlarini belgilashda asosiy ahamiyatga ega bo'ladi (4- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |