Jinsiy sistema evolutsiyasi. Umurtqalilar homilasi embriogenezning ma’lum davrlariga qadar ikki jinsli bo‘ladi. Bunda erkak va urg‘ochi gonadalarning tuzilishi bir xil bo'ladi. Gonadalar ayirish sistemasi bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Erkaklarida gonadalar mezonefrik (Volf) kanali bilan, urg‘ochilarda esa pronefrik (Muller) kanali bilan bog‘liq bo‘ladi (49- rasm). Gonadalar ikkala jinsda ikki xil ahamiyatga ega.
Germinativ hujayralar ishlab beruvchi markaz. Bunda urug'don spermatozoid, tuxumdon tuxum hujayrasi ishlab chiqaradi.
Reproduktiv a’zo va bezlarning postnatal rivojlanishini nazorat etuvchi steroid gormonlar sintezlaydigan manba.
Steroid gormonlardan androgen urug'donda estrogen va progesteron tuxumdonda sintezlanadi. Urug‘don yo‘li bevosita siydik chiqarish yo‘llari bilan bog‘liq. Tuxumdonda yetilgan tuxum hujayrasi tuxumdon devorining yemirilishi natijasida selom
49- rasm. Umurtqalilar siydik jinsiy sistemalarining evolutsiyasi. Baliqlar va amfibiyalar: a—erkagi; b—urg‘ochisi; Reptiliyalar va qushlar: d—erkagi; e—urg‘ochisi. Sutemizuvchilar: f—erkagi, g—urg‘ochisi.
1—buyrak oldi; 2—urug‘don; 3—urug‘ chiqaruvchi kanalcha; 4—birlam- chi buyrak; 5—orqa ichak; 6—siydik pufagi; 7—kloaka; 8—tuxum voron- kasi; 9—tuxumdon; 10—tuxum yo‘li; 11—urug‘don ortig‘i (birlamchi buyrak old qismining qoldig'i); 12—urug‘ yo‘li mezonefral naycha; 13—ikki- lamchi buyrak (metanefros); 14—metanefros siydik yo‘li; 15—mezonefros rudimenti; 16—tuxum yo‘li; 17—tuxum hujayrasi; 18—oqsil; 19—bacha- don; 20—bachadondagi homila; 21—qin; 22—anal teshigi; 23—paramezo- nefral yo‘li rudimenti; 24—mezonefral kanal. bo'shlig'iga tushadi. Selomdan tuxum yo‘llari orqali anamniyalarda tashqariga, suvga, amniotlarda bachadon bo‘shlig‘iga tushadi. Anamniyalar urg‘ochilari tuxumdon va tuxum yo‘liga ega bo'ladi. Amniotalarning urg‘ochilarida Muller kanali ham tuxum yo'li, ham bachadon vazifasini o'taydi.
Urg‘ochi baliqlarda follikulalardan tuzilgan tuxumdon bo‘lib, sariq tana aniqlanmagan. Ammo bu yerda progesteron gormoni sintezlanadi.
Amfibiya va
reptiliya tuxumdonlari bir-biriga juda o'xshash bo‘lib, markaziy bo'shliqqa ega.
Qushlarda ko‘pincha chap tuxumdon yaxshi rivojlangan va faol bo'ladi.
Sutemizuvchilarda tuxumdon juft bo‘ladi va u besh xil gistologik elementlardan tuzilgan: 1) germinativ (tuxum hosil qiladi); 2) bo‘shliq tutuvchi follikula (yetiluvchi tuxum hujayrasi); 3) sariq tana (follikula o‘rni);
interstitsial to'qima (gormon sintezlaydi); 5) ovarial stroma.
Sutemizuvchilarda tuxum yo‘li uch qismdan tuzilgan: fallopiy nayi, bachadon va qin. Kloakalilarda fallopiy nayi va bachadon juft bo'lsa, xaltalilarda qin juft bo'ladi. Yo'ldoshlilarda qin toq a’zo hisoblanadi. Lekin ba’zan bachadonning juft bo'lishi (quyon, fil), ikkiga ajralishi (sichqon, yirtqichlar), ikki shoxli bo'lishi (toq va juft tuyoqlilar) va bitta yaxlit bo'lishi (primatlar) kuzatiladi.
Urug‘don selom epiteliyasi mahsulidir. Anamniylarda urug'don ko'pincha ko'p bo'lakli a’zo ko'rinishida bo'lib, diffuz holda buyrak atrofida joylashadi.
Sutemizuvchilarda urug'don xilma-xil joylashgan: ayrimlarida tana bo'shlig'ida bo'lsa (kitsimonlar), boshqalarida (kemiruvchilarda) otalanish vaqtida moyak xaltasiga tushadi. Ko'pchilik sutemizuvchilarda urug'don moyak xaltasida joylashgan.
Shunda,y qilib, umurtqalilarning jinsiy sistemasi evolyutsyasi ayirish sistemasi evolutsiyasi bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lib, urug'don va tuxumdonlar tuzilishining takomillashishi, urug' va tuxum yo'llarining ixtisoslashishi, endokrin funksiyaning ortishi yo'nalishida boradi.
Odam jinsiy sistemasi rivojlanishida kuzatiladigan ayrim anomaliyalar asosan ayol jinsiy sistemasiga taalluqli bo'ladi. Ko'pincha Muller kanalining noto'g'ri qo'shilib o'sishi kuzatiladi. Natijada, ikki shoxli yoki hatto ikkita bachadonning shakllanganligini (13- xromosoma trisomiyasi, Patau sindromi) kuzatish mumkin.
Nerv sistemasi va sezgi a’zolari filogenezi. Umurtqalilarning nerv sistemasi ektodermadan rivojlanadi. U dastlab nay shaklida i ivojlanadi. Masalan, tuban xordalilardan lansetnikning nerv