47- rasm. Nefronning evolutsiyasi.
a—buyrak oldi; b—birlamchi buyrak; d—ikkilamchi buyrak; e—odam buyragi. 1—nefrostom; 2—ayiruv kanalchasi; 3—siydik nayi; 4—kapillar koptokchalari; 5—selom; 6—buyrak koptokchasi kapsulasi; 7—proksimal egri-bugri kanalcha; 8—distal egri-bugri kanalcha; 9—nefron sirtmog‘i.
liar xil jinsli hayvonlarda turlicha bo‘ladi. Barcha amniotlarda inezonefrotik buyrak reduksiyalanadi va uning ostida mustaqil chanoq buyrak — metanefros hosil bo‘ladi. Ikkilamchi buyrakning selomik bo‘shliq bilan aloqasi butunlay uziladi. Ikkilamchi buyrak qon aylanish sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, ikkilamchi buyrakning ayirish maydoni boshqa buyraklardagiga nisbatan anchagina keng bo‘ladi. Masalan, tritondagi birlamchi buyrak 400 nefron, baqada 2000 nefron tutsa., quyonning ikkilamchi buyragi 180000, odamniki esa 1 mln nefronga ega. Buyrak rivojlanishining murakkab bo‘lishi bu a’zolarda ayrim anoma liyalarni keltirib chiqaradi. Chanoq buyrak ba’zan bel sohasiga joylashib qolishi kuzatiladi. Buy^aklarning ba’zan juda past joylashishi, ularning pastki qismlarining qo‘shilib o‘sishi va taqasimon shaklga ega bo‘lib qolishi kuzatiladi. Ba’zan buyraklar soni o‘zgarishi, ikkita buyrak o’rniga bitta buyrak rivojlanishi mumkin.
Ayirish sistemasi evolutsiyasining asosiy yo‘nalishi: 1. Ayirish sathining kattalasliishi va shu bilan modda almashinish mahsulotlarining to‘la va tez chiqarib tashlashga imkoniyat yaratib berilishi. 2. Ayirish kanalining takomillashishi va buning natijasida organizm tomonidan suv va kerakli moddalarning yo‘qolishining cheklanishidir.
Mashg'ulotning maqsadi.
Umurtqalilarning nnfns olisli, qon aylanish va ayirish sis- temalarining tadrijiy taraqqiyotini aniqlash, evolutsiya mobaynida sistemalarda yuzaga koladigan nioslanma xususiyatlarni aniqlash, odamning mazkur sistenui In ricin uchraydigan ayrim anomaliyalar bilan tanishish.
Mustaqil tayyorlanish uc.hun topshiriqlar.
Mavzuni o'rganing va. quyidagi savollarga javob toping:
Baliqlarning yuragi necha kamerali? Ularning qon aylanish doirasini izohlab bera olasizmi?
Reptiliyalarning qon aylanish sistemasida qanday aromorfoz kuzatiladi?
Qushlarning qon aylanish sistemasi sutemizuvchilarnikidan nimalari bilan farq qiladi? Ana shu farqlar nega kelib chiqadi?
Qushlar qon aylanish sistemasida qanday aromorfoz kuzatiladi?
Baqalarning nafas olish sistemasi qanday tuzilgan?
Qushlardagi ikkilamchi nafas olishning ahamiyatini tushuntiring.
Pronefros qanday tuzilgan va qaysi umurtqalilarda u faol bo'ladi?
Mezonefros va metanefrosning rivojlanish manbalarini bilasizmi?
Umurtqalilarning qon ishlab chiqaruvchi a’zolari evolut- siyasida tabiiy tanlashning ta’siri bormi?
Qon shakl elementlari evolutsiyasini bilasizmi?
Vaziyatga oid masalalarni yeching va test topshiriqlarini bajaring, javoblaringizni isbotlang.
O‘quv jihozlari.
Rasmlar va jadvallar, mulajlar, qon mikropreparatlari, makro- preparatlar, slaydlar, qon elementlari elektron mikrofotografiyalari, mikroskoplar, diaproektor, kodoskop, tirik obyekt — baqa va uni yorib o‘rganish uchun zarur jihozlar (taxtacha, mahkamlovchi ignalar, qaychi, qisqich).
Mashg‘ulot rejasi.
Talabalar o'qituvchi yordamida mashg'ulot mavzusini nazariy o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng, mavzuni yanada chuqurroq o‘zlashtirish uchun baqa yoriladi. Bunda baqaning o'pkasi, yuragi, buyragining tuzilishi alohida o‘rganiladi. Keyin umurtqalilar har xil sinflari vakillarning qon mikropreparatlari, elektron mikrofotografiyalari o‘rganiladi. Vaziyatga oid masalalar va test topshiriqlari yechiladi, ular albomga yozib olinadi. Mashg'ulot oxirida topshiriqlar bajarilishi tekshiriladi, talabalar bilimi baho- lanadi va keyingi mashg‘ulot uchun topshiriqlar beriladi.
Vaziyatga doir masalalar.
Yurak qorinchasidan chiqqan arterial konus uchta tomir hosil qiladi: Bittasidan arterial qon oqadi, ikkinchisidan aralash qon oqadi, uchinchisidan venoz qon oqadi. Bu yurak umurtqalilarning qaysi sinfiga mansub? Uning yuragi qanday tuzilgan?
Qushlar va sutemizuvchilarda to‘rt kamerali yurakning hosil bo‘lishi yirik aromorfoz hisoblanadi. Ana shu aromorfoz qushlar, ayniqsa, sutemizuvchilarning boshqa a’zo va sistemalari rivojlanishiga qanday ta’sir ko'rsatgan?
Bolaning yoshi ikkida, uning terisi ko‘kish rangli, tez-tez nafas oladi, tana harorati normadan past. Klinikada „yurak porogi“ diagnozi qo'yilgan. Ammo yurak klapanlari normal tuzilganligi aniqlangan. Yurak yoki qon tomirlardagi qanday buzilishlar yuqoridagi o'zgarishlarga olib keladi?
Odamda uchraydigan qon kasalliklaridan ayrimlarida periferik qonda ko'proq tuban umurtqalilarga xos bo'lgan qon shakl elementlari paydo bo'lishi, gemopoezda qatnashmaydigan a’zolarda ham qon hosil qilish markazlari kuzatilishi mumkin, buning sabablarini tushun- l.irib bera olasizmi?
I 1 Tibbiy biologiya va genetika
Test topshiriqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |