Jabra bilan nafas oluvchilar — Branchiata.
Xelitseralilar — Cxelitserata.
Traxeya bilan nafas oluvchilar — Tracheata.
Tibbiyot nuqtai nazardan xelitseralilar va traxeya bilan nafas oluvchilar muhim ahamiyatga ega.
Jabra bilan nafas oluvchilardan qisqichbaqasimonlar sinfi vakillari tibbiyotda ahamiyatli. Ayrim tuban qisqichbaqalilar yassi va yumaloq parazit chuvalchanglarning oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Yuqori qisqichbaqasimonlar vakillari o'pka so'rg'i- chining oraliq xo‘jayinidir.
Xelitseralilar (Chelicerata)
Xelitseralilar orasida o‘rgimchaksimonlar (Arachnoidea) sinfi vakillari tibbiyotda ahamiyatga ega.
Bu sinf xarakterli belgilari: tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo'limlariga ajralgan, 6 juft bo'g'imli oyoqlari bor. Oyoqlarining 4 jufti yurish oyoqlari, bir jufti — xelitsera, yana bir jufti — pedipalpa.
Nafas sistemasi o'pka yoki traxeyalardan tashkil topgan. Chayonlar va o'rgimchaklar turkumlari orasida zaharli turlari ko'p.
Kanalar turkumi ham muhim tibbiyot ahamiyatiga ega.
Kanalar (Acarina)
Turkumning xarakterli xususiyatlari:
Tanasi segmentlashmagan.
Og'iz apparati xelitsera, pedipalpa va gipostomdan tuzilgan.
Rivojlanishi metamorfoz yo'li bilan kechadi. Lichinkalarida 3 juft, nimfalarda 4 juft yurish oyoqlari mavjud, jinsiy sistemasi rivojlanmagan. Imago (yetuk shakli) rivojlangan jinsiy sistemaga ega.
Tibbiyot nuqtai nazaridan akariformlar (Acariformes) va parazitiformlar ( Parasitiformes ) kenja turkumlari ahamiyatga ega.
Akariformlarga qichima капа, ombor, don kanalari va boshqalar kiradi.
Parazitoformlarga iksod, argas, gamaz va boshqa oilalariga mansub kanalar kiradi.
Parazitoformlar (Parasitiformes) kenja turkumi.
Iksod kanalari (Ixodidae) oilasi
O‘lchami 4-5 mm gacha yetadi. Erkaklarining orqa tomonida xitin qalqon mavjud, urg'ochilarida, lichinkalarida va nimfalalarida xitin qalqon faqat oldingi qismida joylashgan. Xitin kengayish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun urg‘ochilari ko‘p qon so‘ra oladi. Xelitseraning o‘tkir tishchalari xo‘jayin terisini teshishga imkon yaratadi. Og‘iz apparati orqa tomonidan yaqqol ko‘rinib turadi.
Ular faqat bir marta qon so‘rish imkoniyatiga ega bo'lgani uchun ko‘p qon so‘radilar. Qonga to'ygan urg'ochi капа bir martadan 20000 tagacha tuxum qo'yadi.
Keying! bosqiclilari — lichinka, 1 avlod nimfa va imagodir.
Iksod kanalari bir, ikki yoki uch xo'jayinli bo'lishi mumkin. Lichinkalar va nimfalar mayda umurtqalilarda qon so‘radi, imagolar esa yirik hayvonlarda qon so‘radi.
Iksod kanalar faqat kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tashuvchilari bo'libgina qolmasdan, xavfli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining rezervuari ham hisoblanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilarini transmissiv (qon so'rish orqali) va transovarial (tuxumlari orqali) usulda tarqatadi.
Kanalar ektoparazitlar ham hisoblanadi, yallig‘lanish va allergik reaksiyalarga sabab bo'ladi.
Quyida iksod kanalarining bir nechta turlari bilan qisqacha tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |