93
atomlar modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, buning natijasida
yonuvchi modda molekulalari parchalanadi hamda parchalangan molekulalar yangi aktiv
markazlar hosil qiladi. Agar zanjirsimon reaksiyaning markazi bitta bolsa, unda zanjir
reaksiyasi sust kechadi. Bu tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. Agar markaz bir
necha bo'lsa, bunda reaksiya keskin ku-chayadi, o'z-oczidan alangalanish jarayoniga olib
keluvchi bu reaksiya tarmoqlangan zanjir reaksiyasi deb yuritiladi. Buni xlor bilan vodorod
molekulalarining o'zaro birikishi misolida tushuntirish mumkin. Xlor molekulalari yorug'lik
ta'sirida Cl
2
2Cl Atom holidagi xlor vodorod bilan yengil birikadi H
2
+2Cl=2HCl+H Atom
holidagi vodorod Cl
2
, ni yana parchalaydi H+Cl
2
=HCl+Cl. Bularni o'zaro qo’shsak
CI+H
2
+CI
2
=CI+2HC1 hosil bo'ladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, zanjirsimon reaksiya markazlari tugamaydi va davom
etaveradi. Zanjirsimon reaksiyaning o'z-o'zidan alangalanishga olib keluvchi xususiyati
harorat ko'tarilganda tezlashadi.
Yong‘inlar sabablari (yondirish manbalari)
: uchqun, ochiq olov, chekish, elektr
jihozining nosozligini, asboblardan va elektr isitish qurilmalaridan foydalanish qoidalarini,
amaldagi yo‘riqnomalarni va texnologik reglament me’yorlarini va h.k. buzish.
Yong’inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini
puxta bilish va shunga mos holda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yong’inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong’in xavfsizligi bo’yicha
texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga
rioya qilmaslik (masalan, so’ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 800
0
C
gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan
foydalanmaslik;
atmosferaning
kuchli
zaryadlaridan
himoyalovchi
qurilmalardan
foydalanmaslik (yashin vaqtida 2
V
dan 8 mln V kuchlanish, 200000
A
tok kuchi miqdorida
elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan
foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto’g’ri o’rnatish
yoki ularni zo’riqtirish; isitish sistemalaridan noto’g’ri foydalanish; bug’ qozonlari va issiqlik
generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto’g’ri o’rnatilishi;
ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug’ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi
va boshqa shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: