ularning xususiyatlari.
3. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallarining
yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalari
4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati.
1. O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi
to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasida Yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb vazifa
hisoblanib, bu borada mustaqillik yillarida qator islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa,
mamlakatimizda ushbu sohaning huquqiy bazasini zamon talabi asosida tashkil etish,
huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va amalda uning huquqiy asoslarini ta’minlash eng
muhim ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Yong‘in
xavfsizligini huquqiy jihatdan ta’minlangan davlatgina bu soha faoliyatida ma’lum yutuqlarga
erishishi mumkin.
O‘zbekistonda ilk bor Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida,
2009 yil 30
sentabrida O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-
sonli qonuni qabul qilindi
. Qonun 6 bob va 40 moddadan iborat bo‘lib, yong‘in xavfsizligini
ta’minlashdan ko‘zlangan maqsad yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga
qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek
kuchlar va vositalar majmui tushuniladi. Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi bir sohasini
olmaylik sanoat, qurilish, maishiy hayot, ishlab chiqarish korxonalari va hokazolar bo‘ladimi,
ularda yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Ayniqsa, yaratilgan noyob zamonaviy ishlab chiqarish muassasalari, zamonaviy texnologiya
asosida faoliyat ko‘rsatadigan turli ob’yektlarda yong‘in sodir bo‘lganda uning kelib chiqish
sababi va oqibatlari unga nisbatan javobgarlik masalasi albatta qonunchilik asosida hal etiladi.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-
moddasida “yong‘in - odamlarning hayoti va (yoki) sog‘ligiga, yuridik va jismoniy
shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib
bo‘lmaydigan yonish deb ta’rif berilgan. O‘zbekistonda Yong‘in xavfsizligini ta’minlash
tizimi subektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar va fuqarolar bo‘lib ular Yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi huquqiy
bilimlarni mukammal darajada bilishlari zarur.
Bugungi kunda mamlakatimizda yong‘in
xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,
tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolarning yong‘in xavfsizligi
talablarini bajarishlari ustidan davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat qilish shakli va aniqlangan qoida
buzishlarni bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish choratadbirlari ko‘rilishi ustuvor
vazifalardan biri hisoblanadi. Bu vazifa qonunda belgilanganidek Davlat yong‘in nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari bo‘lgan
tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasida Yong‘in xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |