Qovurg‘alar va to‘sh suyagining sinishlari
.
Ko‘krak qafasining shikastlanishlarida
uning tinch holatini yaratish uchun spiral bog‘lam qo‘yish tavsiya etiladi. Bu bog‘lam uchun
keng bintlar qulay bo‘lib, sochiq va choyshablardan ham foydalanish mumkin. Sochiq yoki
choyshab uch qavat qilib buklanadi va o‘rama holiga keltiriladi. Bog‘lam tushib ketmasligi
uchun yelka usti kiyimiga tikib qo‘yish mumkin. Ko‘krak qafasining shikastlangan tomonini
fiksatsiyalash uchun keng leykoplastirdan ham foydalanish mumkin, u cherepitsa shaklida
to‘shdan umurtqalar tomonga yopishtirib chiqiladi. Bemor o‘tirgan, yarim o‘tirgan yoki
gavdaning yuqori qismi bir oz ko‘tarilgan holatda shifoxonaga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |