Xavfli omil
– aniq mehnat sharoitida insonning jarohatlanishiga yoki to‘satdan, birdaniga salomatligi
yomonlashuviga olib keluvchi ta’sir;
Chegaraviy meyor
– inson organizmiga ta’sir etib, salomatligini buzish chegarasi;
Kasb kasalliklari
–
bu noqulay mehnat sharoitlari tufayli ishlovchining kasallanishi bo‘lib,
ishlab chiqarishdagi salbiy ta’sirlarni, noxush va asorat beradigan omillarni keltirib
chiqaradigan xastalik(Sohada ko‘p uchraydigan kasallik deb ham yuritiladi);
Mikroiqlim
–
xona, bino yoki inshootdagi iqlim (Mikroiqlim ko‘rsatkichlari – harorat,
havoning nisbiy namligi, atmosfera bosimi, havoning harakat tezligi);
Baxtsiz hodisa
–
ishchining jarohatlanishi yoki o‘limi bilan tugaydigan hodisa(Bu yakka
tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin);
Do'stlaringiz bilan baham: |