119
Jabrlanuvchining tomiri urayotgani va u nafas olayotgani sezilsa, jabrlanuvchini xushiga
keltiruvchi holat (tiklanish holati)da yotqizib, nafas yo‘llarini havo o‘tadigan holatda tutib
turiladi. Nafas olishini kuzatib turib, qattiq qon ketayotgani ma’lum bo‘lib qolsa, u
to‘xtatiladi.
Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish
12.15-rasm. Go’dakning nafas olishini aniqlash
Bir yoshga yetmagan go‘dakda tomir urishini aniqlash juda murakkab. Shuning uchun,
agar maxsus tayyorgarlik bo‘lmasa, nafasi to‘xtagan go‘dakning tomirini bir necha
sekunddan ortiq tekshirish mumkin emas. Bo‘g‘ilishdan bo‘lak hodisalarda go‘daklarda,
odatda, nafas to‘xtagach, tomir urishi ham to‘xtaydi. (12.15-rasm). Go‘dakning tomir urishi
katta yoshlilarniki kabi uyqu arteriyasida emas, balki qo‘lning ichki tomonidagi, yelkasiga
yaqin yelka arteriyasida tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |