381
Jut qo„sh qatorlab ekiladi. Qo„sh qatorlarning orasi 48 sm,
qatorlarning
orasi 12 sm bo„ldadi. Unumdor tuproqlarda qo„sh uch qatorli qilib ekiladi, qo„sh
qatorlarning orasi 50 sm, va qatorlarning orasi 10 sm. Toshkent viloyatida qo„sh
qatorlab ekilganda poya balandligi 199 sm, poya hosili 109,1 s/ga, qo„sh uch
qatorlab ekilganda, tegishlicha 187 sm va 167,3 s/ga. Urug„ olish uchun jut bir
qatorlab, qator orasi 50-60 sm qilib ekiladi.
Ekish me‟yori qo„sh
qatorlab
ekilganda 6-8, uch qatorlab ekilganda 8-10 va bir qatorlab ekilganda 5-6 kg/ga.
Ekish chuqurligi 3-4 sm.
Amal davrida qator orasiga ishlov beriladi, begona o„tlar yo„qotiladi,
sug„oriladi, qo„shimcha oziqlantiriladi, qatqaloqqa qarshi choralar ko„riladi. Amal
davrida ekinzor toza, namli, yumshoq holatda saqlanadi. Amal davrida 4-5
marotaba kultivatsiya, 2-3 chopiq o„tkaziladi.
Maysalanish davridan boshlab qator oralariga ishlov beriladi. Poya
balandligi 30-40
sm ga yetganda, yagana qilinadi, o„simlik orasi 2-3 sm bo„ladi.
Urug„lik uchun yagana qilinganda, o„simliklarninng orasi 8-10 sm bo„ladi.
Toshkent viloyatida amal davrida 6-8 marotaba sug„oriladi, me‟yori 800-
1000 m
3
/ga
.
Birinchi sug„orish maysalashdan 12-15 kun o„tganda amal qilinadi,
keyingi sug„orishdar har 15 kunda o„tkaziladi, iyul-avgust oylarida har 8-10 kunda
sug„oriladi. Tola hosilini yig„ishga 5-7 kun qolganda oxirgi suv beriladi, urug„lik
uchun-ko„saklar to„la shakllanganda to„xtatiladi.
Poyaning pastki ko„saklari 75% o„simlikda yetilganda poyalar o„riladi,
qalinligi 15-20 sm bog„lamlarga o„rilgan poyalar bog„lanadi
va vertikal ravishda
saqlab quritiladi. Urug„ MK-1,5, MK-6 rusumli texnikada yanchiladi.
Tola olish uchun jut birinchi pastki ko„sak shakllanganda yig„iladi. Poya
po„stlog„idan tolani ajratib olish uchun o„rilgan poyalar maxsus mashinadan
o„tkaziladi. Bu mashinalarda poyalar eziladi, tola po„stlog„idan
ajraladi, so„ngra
tola quritiladi va zavodlarga topshiriladi.
Zavodga topshirilgan jutning quruq poyalari sovuq suvda saqlanadi.
Ivitilgan poyalar maxsus texnikadan o„tkaziladi, bunda tola po„stlog„idan
ajratiladi.
382
Hindistonda jut asosiy texnik ekin bo„lib shimoliy-sharqiy shtatlarida keng
tarqalgan, o„rtacha 13,0 s/ga hosil olinadi. Ekin maydonning 75% ertapishar
C.
Capsularis L.
turining navlari egallaydi. Ertapishar navlarning tola sifati yuqori
bo„ladi. Jut allyuvial tuproqlarda ekiladi. Jutning ayrim navlari kam sho„rlangan
tuproqlaarda ham yetishtiriladi.
38
Hindistonda
jut sholi, bug„doy, tamaki, arpa va sabzavotlardan bo„shagan
maydonlarga ekiladi. Ekish me‟yori 10-11 kg/ga. Maysa 4-7 kunda yer yuzida
ko„rinadi. Yaganada o„simdiklarning orasi 20x10 sm qilib qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: