55
19-jadval
Tuproqdagi fosfor miqdorining kuzgi bug„doy hosildorligiga ta‟siri
Fosfor miqdori,
mg/100 g.
Fosforni o„zlashtirish koeffitsienti,%
5
7
10
14
17
20
5
6,5
9,1
13,0
18,2
22,2
26,0
10
13,0
18,3
26,0
36,6
44,3
52,0
15
19,6
27,4
39,2
54,8
66,5
78,4
20
26,1
36,5
52,2
73,0
88,7
104,4
25
32,6
45,6
65,2
91,2
110,0
130,4
1.9. URUG„SHUNOSLIK
Dala ekinlarining hosildorligi va mahsulotning sifati ekish uchun
ishlatiladigan urug„ning urug„lik sifatlariga bog„liqdir. Urug„ tirik organizm
hisoblanib, uning murtagidan kelgusida o„simlik rivojlanadi. Shuning uchun
urug„lik bo„lajak o„simlikning biologiyasi, xo„jalik va nav xususiyatlarini o„zida
mujassamlashtirgan bo„ladi. Shu sababdan dehqonchilik tarixida urug„likning sifat
belgilariga katta e‟tibor berib kelingan.
Urug„lar uch xil sifat belgilariga ega:
1. Urug„likning sifat belgilari, ya‟ni ekishga yaroqli bo„lishi (unib chiqish
darajasi, energiyasi, o„sish kuchi va tozaligi).
2. Nav tozaligi: urug„ning ma‟lum bir nav tozaligiga ega bo„lishi, uning
reproduksiyasi.
3. Urug„likning hosildorlik xususiyatlari - urug„ning ma‟lum bir sharoitda
yuqori hosil berish xususiyatlari.
Urug„lik va nav tozaligi sifat belgilaridan tashqari, 1000 dona urug„ning
massasi (og„irligi), katta-kichikligi, yirikligi, zichligi, urug„ning bir xil yiriklikda
bo„lishi ham katta ahamiyatga ega.
Urug„shunoslik fani - biologik fan bo„lib, urug„ning rivojlanishi va hayoti,
tashki muhit faktorlariga talabchanligi, yuqori sifatli urug„lik yetishtirish
56
texnologiyasi, urug„ni ekishga tayyorlash usullarini o„rganadi. Bundan tashqari
urug„lik xususiyatlarini aniqlash uslubini o„rganadi.
Demak, urug„shunoslik fani - ekish uchun ishlatiladigan urug„lik bilan
shug„ullanadi va uning maqsadi urug„lik sifatini yaxshilashdir. U o„z ilmiy izlanish
uslubiga, urug„lik sifatini aniqlash uslubiga ega. Shuning uchun urug„shunoslik
mustaqil fanlarga qo„yilgan talablarga to„liq javob beradi.
Urug„shunoslik urug„chilik fanidan farq qiladi. Urug„chilik fanining
vazifasi-yangi navlarning urug„ini ko„paytirish tizimini, uning nav tozaligini saqlab
qolish va xo„jaliklarni shunday urug„lar bilan ta‟minlashdan iboratdir.
Dunyoda birinchi urug„ nazorat stansiyasi 1869 yili Germaniyada professor
F.Nobbe so„ngra 1877 yili Rossiyada professor A.F.Batilin tomonidan tashkil
etilgan.
Hozirgi vaqtda urug„likning har bir sifat ko„rsatkichlari davlat andozasi bilan
belgilanadi va uning nazoratini markaziy urug„likni nazorat qilish rasadxonasi olib
boradi.
Madaniy o„simliklarning hayotiy davri urug„dan-urug„gacha hisoblanadi.
O„simlikshunoslikning asosiy maqsadi - bitta urug„ ekib hosil olgan xolda, uni
ko„p marta ko„paytirib olishdan iborat. Urug„ni har tomonlama va chuqur
o„rganishning ahamiyati ham shundan iboratki, urug„ning tinim davrida har xil
noqulay sharoitlarga qapshi turishi, o„zining hayotchanligini yo„qotmasligi, uzoq
muddat yaroqli xolda turishi, bir dona o„simlikning o„ziga o„xshagan ko„p sonda
o„simlik berishi, ularning mustaqil ravishda ko„payishidan hamda bu
xususiyatlarga ega bo„lishi ma‟lum bir vaqtda o„simlikni hayotini qayta davom
ettirishga imkon beradi.
Urug„ o„z
rivojlanishini tamom qilib, ona o„simligidan kerakli zaxira oziq
moddalarni olgandan so„ng uyadan ajraladi va o„zi mustaqil
hayot boshlaydi. Ona
o„simligining yaxshi rivojlangan bo„lishi, sog„lomligi, baquvvatligi yuqori sifatli
urug„ paydo bo„lishiga asos bo„ladi.
Ekish uchun madaniy o„simliklarning urug„i yoki mevasi ishlatiladi. Har
qanday o„simlik pishish davrida meva tugadi va yetilgan meva beradi,
57
Dukkaklilarda mevasi dukkak, donli o„simliklarda don, g„o„za, zig„irda ko„sak va
boshqalardir. Yig„ish va yanchish davrida meva qobiqlari yoriladi, ulardan urug„
ajraladi va ular ekish uchun olinadi.
Ba‟zi bir mevalarda meva urug„ qobiqlari bilan qo„shilib ketgan bo„ladi yoki
bir necha mevalar bir-biri bilan qo„shilib o„sadi, masalan g„allasimon
o„simliklarning donida va qand lavlagining mevasi - yong„oqchada ko„rish
mumkin. Shuning uchun nafaqat urug„, balki mevalar ham ekish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |