Ko„k no„xat kasalliklari
: askoxitoz, zang, ildiz chirishi, peronosporoz, un
shudring.
Ko„k no„xat zararkunnandalar
: uzunburunli tuganak donxo„r, ko„k no„xat
shirasi.
Navlar
:
O„zbekistonda dala ko„k no„xatining “Vostok-55”, “Vostok-84”,
“Usatiy-90” navlari ekiladi.
214
Yetishtirish texnologiyasi
O„tmishdosh
.
Ko„k no„xat kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, qand lavlagi,
makkajo„xoridan bo„shagan yerlarga ekiladi. Dukkakli ekinlardan bo„shagan
yerlarga ekilmaydi va bir ekilgan dalaga 5-6 yildan keyin qayta ekish kerak. Kuzda
25-27 sm. Chuqurlikda yer qaydaladi, erta bahorda borona yurgiziladi. Ekishdan
oldin yoppasiga kultivatsiya qilinadi, keyin borona va talab qilinsa mola
bostiriladi. Ko„k no„xat kuzda oraliq ekin sifatida ham ekiladi. Kuzgi don
ekinlariga yer qanday tayyorlansa, shunday tayyorlanadi.
O„g„itlash
.
Bir tonna urug„ va tegishli barg-poya yetishtirish uchun 45-60 kg
sof modda hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30 kg kalsiy, 8-13 kg
magniy sarflanadi. Erkin azotni o„zlashtirish xususiyatini nazarda tutib gektariga
20-30 kg azot, 60-80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy sof modda hisobida solish tavsiya
qilinadi. Fosforli va kaliyli o„g„itlar yer haydashdan oldin solinadi, azotdi o„g„it
ekishdan oldin va o„suv javrida solinadi.
Ekish
.
Sifati bo„yicha 1 sinfga javob beradigan urug„ ekish (tozaligi 99%,
unuvchanligi 95%) maqsadga muvofiqdir. Ko„k no„xat erta ko„klamda bahori don
ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Gektariga 0,8-1,4 mln. dona miqdorida urug„
ekiladi. Yirik donli navlar gektariga 240-300 kg ekiladi, mayda donli navlar 150-
200 kg miqdorida ekiladi. Bu miqdorlar suvli yerlarda yoppasiga qatorlab ekish
uchun tavsiya qilingan. Lalmi yerlarda ko„k no„xat keng qatorlab ekiladi, qator
orasi 45 sm, ekish me‟yori 60 kg.
Poyasi egiladigan navlar poyasi tik o„sadigan ekinlar bilan qo„shib ekiladi,
bo„lmasa hosilni yig„ib olish juda qiyin. Aksariyat xolda arpa yoki suli qo„shib
ekiladi. Ekish me‟yori asosiy ekish me‟yoridan 15-20% ekiladi.
Parvarishlash.
O„suv davrida jo„yaklar olinib (orasi 60-70 sm), 1-3 marta
sug„oriladi. Maysalanish davrida qatqaloqqa qarshi boronalanadi. Maysalanish
davrida begona o„tlarga qarshi 48% li bazargan 2-3 l qo„llanadi. Xasharotlarga
qarshi 65% karbofos 0,65-1,2 l, vismetrin 255-0,3 l ishlatiladi.
215
rasm-18: 1-Ko„k no„xat o„simligi;
2-Ko„k no„xat dukkaklanish davrida.
Dukkaklarning 60-70% yetilganda hosil o„riladi, don kombaynlar yordamida
yanchiladi. Dukkagi chatnamaydigan navlar kech o„rilishi mumkin. To„la pishgan
davrida oson yanchiladi. Doni 14-16% namlikda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |