olingan natijalarni qayta ishlash va o’tkazish jarayoni haqida ma’lumot;
normalarni yoritilishi;
ishonchlilik haqida ma’lumot;
validlik haqida ma’lumot.
Moslashtirish jarayonida proyektiv testlar murakkablik bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, noverbal testlar haqida ham so’zlash mumkin. Moslashtirishdagi qiyinchiliklar hatto shaxsiy so’rovnomalarda uchraydi. Ularning moslashtirish jarayoni quyidagi bosqichlar bilan ifodalanadilar:
originaldan mahalliy tilga tarjima qilingan variantni tayyorlash;
tayyorlangan tarjimaga lingvist va professional mutaxassisni jalb qilish bilan uning ekspert bahosi, xulosani chiqarish;
original va shkalaning eksperimental tarjimasining ekvivalentligini tekshirish;
mahalliy tanlovga mos keluvchi normalarni to’plash va yangi shkalalarni o’rnatish.
D.Kempbell tarjimaning ikki xil ko’rinishini – simmetrik va assimetrik belgilar ekan, oddiy standartlashtirilgan so’rovnomalarni tarjima qilishda ularning originalligini saqlab qolish maqsadi bilan amalga oshirish natijasida testning beo’xshov, ekzotik varianti paydo bo’ladi.
Shaxsiy so’rovnomalarni moslashtirishning lingvistik jihati mo’ljallangan ommaning yoshi va ma’lumot darajasi asosidagi leksik va garammatik moslanishni bildiradi.
Shuni yodda tutish kerakki, har kanday so’rovnoma tarjimasi murakkab lingvistik vazifadir. Bunday so’rovnomalarda ular yaratilgan jamiyatdagi o’ziga xos madaniyat ham aks etadi. Bir jamiyatning norma va qadriyatlari boshqa madaniyatga mos kelmasligi va ayni paytda uning ekvivalentligini topish qiyinligni unutmaslik kerak. Tarjima jarayonida lingvistik va ijtimoiy madaniyat to’siqlar yengib o’tilgandan so’ngina yangi moslashtirilgan so’rovnoma vujudga keladi.
Yuqorida qayd qilinganlarga binoan so’rovnomalarning tugallangan moslashtirilish jarayoni o’z hajmiga ko’ra original metodikaning yaratishdan qolishmaydi.
Psixodiagnostikada testlashtirish muammosi avvalo test metodlarini yaratilishi va ularga qo’yiladigan talablarga bog’liqdir. Guruhiy testlar va ular orqali ma’lum faoliyatga qobiliyatli bo’lgan kishilarni tanlash maqsadining joriy qilinishi o’ziga xos psixologik tashxis qilishni tadbiq qildi. Ta’lim, sanoat va harbiy sohalarda foydalanadigan guruhli testlar esa individual farqlar sohasi va psixologik baholashning yangidan-yangi xulosalar bilan boyitdi. Xorijiy testlarning mahalliy sharoitga moslantirilishi tadqiqotlar yuzasidan qo’lga kiritilgan natijalarning ishonchlilik darajasi va validligi oshishiga xizmat qildi.
Gilfordning ijtimoiy intellekt testi
Amerika psixologi Gilford (Guilford)ning nazariyasida omil intellekt modelining tasdig’idir, lekin uning qurish asbobi emas. Bu model uch o’lchovga va ularni bir-biriga nisbatiga o’zgarishiga asoslangan va har xil intellektual qobiliyatni aniqlaydi.
Intellekt omili bir sohada o’tkazilgan intellektual operasiyalar turi va undan hosil bo’lgan natija turkumidan iborat (9.5.1-rasm).
Gilford intellektual modelning birlamchi o’lchovini besh xil turdagi operasiya orqali asoslashga harakat qilgan va ular quyidagilar:
ma’lumotni tushunish – (C);
eslab qolish (xotira) – (M);
divergent fikrlash – (D)
konvergent fikrlash (berilgan ma’lumotlardan mantiqan afzalroqlarini ishlab chiqarish) – (N)
asoslangan xulosa chiqarish va baholash (ma’lumot birliklarini solishtirish va baholash) – (E).
Mutaxassislarning fikricha, ikkilamchi o’lchov – berilgan atamalarni mazmun va mohiyati izohlash orqali aniqlanadi. Unga ko’ra: