2-Modul “Linux ot da ishlash”


O‘rnatish usulini tanlash



Download 258,5 Kb.
bet2/3
Sana01.01.2022
Hajmi258,5 Kb.
#300173
1   2   3
Bog'liq
Linux OT

O‘rnatish usulini tanlash

Linux distributivlari CD-ROM disklarida tarqatiladi. Amalda Linux distributivlari Internetdan yuklanishi mumkin, ammo distributivning hajmi katta bo‘lganligi uchun ulardan foydalanish yoqori Internet tezligini talab etadi.

Shunday qilib Linux ni o‘rnatish uchun shubhasiz, CD-ROM disk yurituvchisi zarur bo‘ladi.

Agar kompyuteringizga CD-ROM IDE / ATAPI qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, BIOS CD-ROM to‘plovchiga yuklashni qo‘llab quvvatlasa, u holda kompyuterga Linux kompakt-diskda yuklanadi va o‘rnatish boshlanadi.

Bu variantning imkoniyatlarini tekshirish uchun kompyuterning texnik hujjatlariga yoki ona platalarga murojaat qilish kerak yoki yuklash vaqtida BIOS o‘rnatish protsedurasiga kirish va CD-ROM qurilmasini yuklovchi sifatida aniqlab olish mumkin. Agar bu mumkin bo‘lsa, disk yurituvchiga Linux Red Hat 7.1 kompakt-diskini joylashtiring va tizimni yuklashga urinib ko‘ring. Muvoffaqqiyatli yuklashdan keyin oynada tegishli habar chiqadi, shundan so‘ng – boot ko‘rinishidagi buyruqlar satri.

Disketalar va CD-ROM dan o‘rnatish

Agar sizning komyuteringizda CD-ROM disk yurituvchisi bo‘lsa, siz undan yuklashingiz mumkin bo‘lmaydi, Linuxni o‘rnatishning eng yaxshi varianti CD-ROM diski va diskelardan foydalanish sanaladi. Bu holda tizimni yuklash bir yoki bir nechta disketalar bilan bajariladi, Linux ni navbatdagi o‘rnatish – kompakt-disklarda.

Avvalo bir nechta tayyorlov amallarini bajarish kerak. Ko‘pchilik Linux distributivlari yuklovchi disketalarni imkon boricha bir nechta qo‘shimchasi bilan birga yaratib qo‘yishni talab etadi. Shuningdek, Linux distributivlari yozilgan CD-ROM disklari tayyorlab qo‘yiladi.

Linux Red Hat uchun DOS buyruqlar satrida kiritiluvchi (masalan, DOS oynasidagi Windows tizimi) axborot asosida yaratilgan bitta yuklovchi disketa va qo‘shimcha disketalar, CD-ROM Red Hat bo‘lgan disk kerak.

Red Hat diski Images qism katalogida ikki fayl - boot. img va bootnet bo‘lishi kerak. img - lokal kompyuter yoki tarmoq orqali Linux Red Hat ni o‘rnatishdagi ishlatiladigan disketa nusxasi (obrazi). Bu qism katalogda turli fayllar PCMCIA-adapteri (pcmcia. img va pcmciadd. img), eski modellar uchun CD-ROM (oldcdrom. img) va boshqa drayverlarning (drivers.img) drayverlar nusxalarini saqlovchi disketalar mavjud. Har qaysi nusxa 1,44 Mbaytli hajmdagi toza, formatlahgan disketalarga rawrite. ехе utiliti yordamida o‘tkaziladi.

Red Hat distributive uchun yuklovchi disketani yaratishga misol qaraymiz, aytaylik, CD-ROM qurilmasi D disk kabi o‘rnatilgan bo‘lsin:

С:\>d:\dosutils\rawrite.exe

Enter disk image source file name:

d:\images\boot.img

Enter target diskette drive: a

Please insert a formatted diskette into drive A: and press -ENTER- :

Dastlabki fayl nomini disk nusxasidan kiriting

Disk yurituvchi harfini kiriting

Formatlangan disketani A disk yurituvchiga joylashtiring va ENTER ni bosing.

Tarmoqda o‘rnatish disketasi ham shunga o‘xshash yaratiladi, ammo dastlabki fayl

d: \images\bootnet.img kabi ko‘rsatiladi.

Yuklovchi disketadan yuklang va Linuxni o‘rnatishga kirishing.

Qattiq diskdan o‘rnating

Agar sizning qattiq diskingizda bo‘sh o‘rin bo‘lsa, u holda CD-ROM diskini barcha tarkibi bilan nusxa oling va qattiq diskdan o‘rnatishni boshlang. Red Hat Linux ni qattiq diskdan yuklashda Red Hat Linux installangan diskni barcha fayllarini o‘zida saqlovchi birgina fayl ko‘rinishida jamlagan ISO-nusxasi zarur.

My Computer (Mening kompyuterim) jildida yoki Windows Explorer dasturida sichqoncha o‘ng tugmasini bosing va diskni defragmentatsiya qilish belgisini qo‘ying.

ISO-nusxalarini korrekt olishning ikkita asosiy usuli mavjud. Birinchisi, ularni ftp. redhat. com tugunlari singari bevosita Internetdan yuklash mumkin. Yuklanuvchi nusxasi (obrasi) diskda 650 Mbayt o‘lchamni egallaydi. Red Hat Linux yuklovchi diskdan ISO-nusxasini alternativ usulda mustaqil yaratish uchun mkisof s buyrug‘ini bajarish kerak.

Albatta CD-ROM qurilmasiga kirish ruxsati bo‘lganda qattiq diskka ehtiyoj tug‘ilmaydi. Bu qachonki yuklovchi dasturni qurilma tan olmaganda amalga oshiriladi. Drayverlar ishlatilganda oldcdrom. img fayliga kirish yuqorida tilga olingan vaziyat kamdan kam hollarda uchraydi.

Qattiq diskni tayyorlash

Linux ni o‘rnatish uchun sizda qayta formatlash mumkin bo‘lgan toza qattiq disk yoki disk bo‘lishi kerak.

Siz Linux ni diskning toza bo‘limiga yoki formatlash mumkin bo‘lgan bo‘limiga o‘rnatishingiz mumkin.

Ba’zi bir foydalanuvchilar Linux ni o‘rnatishni mo‘ljallab, yangi operatsion tizimlarning Windows va DOS bilan birgalikda ishlash masalasiga duch keladialar, ammo ularning rejalarida bo‘lgan qattiq diskni qayta formatlash yoki bo‘laklarga ajratish istaklari bajarilmaydi.

Diskni bo‘lish

Linux ni o‘rnatishda, mavjud operatsion tizimni buzmasdan bo‘sh disk yoki bo‘lim, agarda u bo‘lmasa qattiq diskda bo‘sh joy topib, o‘rnatish uchun bo‘lak ajratish kerak. Linux ni to‘liq o‘rnatish uchun kamida 2 Gbayt joy talab etiladi va albatta u bitta bo‘lakda bo‘lishi shart. Windows da har qaysi bo‘lim alohida disk (C,D,E va h.k.) ko‘rinishida bo‘ladi, demak ulardan minimum 2 Gbayt bo‘sh o‘ringa ega bo‘lganini topish kerak.

Windows 98 uchun bo‘laklashning oddiy tarxi (sxemasi)

Oddiy misol qaraymiz. Bizda 12 Gbayt hajmli bitta qattiq disk mavjud bo‘lib, uni 6 Gbayt dan qilib ikkiga bo‘lishimiz va ularni DOS dagi singari C va D disk ko‘rinishida nomlashimiz kerak. Linux ni o‘rnatish uchun D diskda 3 Gbayt joyni bo‘sh qoldirish mumkin.

O‘rnatishdan avval ikkita amalni bajarish zarur.

Diskni defragmentatsiya qilish bo‘lim oxirida uzluksiz bo‘sh joyni ajratish uchun bajariladi.

Linux ni o‘rnatishga bo‘sh joy ajratish uchun diskni qayta bo‘laklashni o‘tkazish.

Diskni defragmentatsiya qilish

Windows 98 da diskni defragmentatsiya qilish juda oson kechadi.

Ma’lumotlarni defragmentatsiya qilinuvchi diskka saqlang.

Ogohlantirish

Red Hat fips.exe ni quvvatlamaydi. U GPL litsenziyasi bilan himoyalangan, f ips. ехе dasturlarini yaratuvchilari uni ishlatishda kelib chiqadigan nosozliklar va ma’lumotlar yo‘qolishi sabablari uchun javobgarliklarni o‘z zimmalariga olishmagan. Shunga qaramasdan bu utilitlarni muvoffaqiyatli ishlatishga urinib ko‘ring. System Commander (www.v-com.com) va Partition Magic (www. power guest, com) kabi bo‘limlar bo‘yicha boshqaruvchi tijorat dasturlari mavjud.

Utilit yangi bo‘lim xosil qilishda mavjud bo‘limni ma’lumotlarini bo‘lim oxiriga siqishga mo‘ljallangan.

MS-DOS emulyatsiyasi rejimida f ips. ехе dasturi ishga tushiriladi. Bu rejimga o‘tish uchun, Start menyusidan Shut Down (Ishni yakunlash) buyrug‘ini tanlang va Restart yoqib o‘chiruvchisini in MS-DOS Mode (MS-DOS rejimida komyuterni qayta yuklash) o‘rnating. Windows ni qayta yuklash DOS to‘liq oynali muhitida sodir bo‘ladi.

Ogohlantirish

Juda muhim mulohaza: fips.exe dasturini Windows tizimida DOS yoki to‘liq oynali DOS emulyasiyasida ishga tushirish mumkin emas. DOS dan farqli ravishda Windows bir vaqtning o‘zida birqancha dasturlarni ishlashini ta’minlaydi. f ips. ехе utilitasi ishlayotgan paytda boshqa bir dastur disk sohasiga kirishga harakat qilishi holati, bu esa ma’lumotlarni buzilishiga olib kelishi mumkin.

MS-DOS emulyatsiyasi rejimida f ips. ехе dasturi ishga tushiriladi. Agar CD-ROM qurilmasi E disk sifatida bo‘lsa, buyruq с:\>е:\dosutils\fips20\fips.exe tarzida beriladi.

fips.exe dasturi ishga tushirilganidan keyin oynaga bo‘limlar jadvali chiqadi. Keltirilgan diskni ikkiga bo‘lish masalasida bu jadval taxminan ushbu ko‘rinishda nomoyon bo‘ladi:

Partition table:



















































Download 258,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish