2-Modul “Linux ot da ishlash”



Download 258,5 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi258,5 Kb.
#300173
  1   2   3
Bog'liq
Linux OT


Linux OT da ishlash”

“Red Hat Linux oilasiga mansub OT tizimni o‘rnatish. Tarkibiy tuzilmani tanlash. O‘rnatish bosqichlari va bazaviy sozlash”

Ishning maqsadi: Linux OT sini o‘rnatishni o‘rganish. Ishni olib borishga va asosiy sozlash ishlariga tayyorgarlik.

Mazmuni:

Linux, orasida quyidagilar bo‘lgan turlicha jihozlangan kompyuterlarga o‘rnatilishi mumkin:

ARM protsessorlari;

Motorola 68000 ko‘rinishidagi protsessorlar;

8086 protsessorlari;

Alpha protsessorlari;

SPARC protsessorlari;

MIPS tizimlari;

PowerPC asosidagi tizimlar;

Acorn kompyuterlari;

S/390 bazasidagi serverlar;

Macintosh kuchli kompyuterlari;

Intel protsessorlariga asoslangan ShK.

Shu‘bhasiz, bahosi va foydaliligiga ko‘ra eng taniqlisi Intel protsessorlari asosidagi Linux – ShK platforma bo‘lib hisoblanadi. Bu platforma aynan Linux muhitiga moslab ishlab chiqarilgan. Intel uchun Linux to‘liq qo‘shimcha qurilmalar drayverlari to‘plami, katta hajmdagi dasturlar (pullik va tekin) ni o‘zida jamlagan. Unga juda katta Internet foydalanuvchilari jamiyati jalb etilgan bo‘lib, ular doimo yordam berishga va qo‘llab quvvatlashga qodir.

Linux uchun Shk ning minimal tarkibiy tuzilmasi

Linux operatsion tizimi qurilmalari hayron qolarli darajada o‘rta miyona talablarda ishlaydi. U 4 Mbayt operativ xotira bilan 386 protsessorida ishlay oladi. Albatta, bu yerda bir necha chegara qo‘yish kerak:

X Windows ni ishlatish mumkin emasligi (o‘z navbatida, grafik interfeyslarsiz);

bi vaqtda bajariladigan dasturlar miqdori operativ xotira hajmida cheklanadi;

past tezlik ko‘pchilik dasturlarni ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi, bu qiyinchiliklar qurilmalarni unumdorligiga bog‘liq (masalan, pochta yoki Web-server).

Ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar tizim sifati bo‘yicha qaralganda foydali bo‘lishi mumkin:

Linux yoki Unix serveri uchun terminallarda dasturlar bajarilayotganda;

DNS ga o‘xshash unchalik kuchli bo‘lmagan serverlarda (serverda domen nomi, Ip-manzili sonlari, tarmoq kompyuterlari nomini o‘zgartirish) yoki unchalik katta bo‘lmagan serverning autentifikatsion serveri.

Linux DOS ga qaraganda past darajada jihozlangan tarmoqlarda ham qoniqarli ishlaydi eski jihozlangan tarmoqlarda ham qoniqarli ishlaydi. DOS tarmoq mihiti cheklangan bo‘lib, yuqorida yozilgan server funktsiyalarini bajara olmaydi.

Agar siz minimal Linux tizimi bilan ishlamoqchi bo‘lsangiz, Web Small sahifasiga o‘ting Memory Mini HowTo (http: //www. linuxdoc.org/HOWTO/mini/ Small -Memory .html). U yerda Linux tizimini ishga tushirishda hajmi cheklangan operativ xotirali kompyuterlarga o‘rnatish haqida qator foydali maslahatlar berilgan.

Windows 98 yoki Windows NT/2000/XP bilan taqqoslaganda Linux kam miqdordagi resurslarni ishlatish bilan ko‘proq vazifalarni bajara oladi. Misol sifatida, ishchi bekatlarni ishga qodir bo‘lishi uchun 486 prosessori, 100 MGs taktli chastota va 16 megabayt operativ xotira yetarli. Bunday tizim bir vaqtning o‘zida X Windows (grafik interfeysli), Internetga kirish, Netscape Communicator va o‘rtacha server bilan ishlashga imkon beradi.

O‘rtamiyona ishchiga kuchliroq Linux tizimi zarur bo‘ladi. Bu ishchi bekat quyidagilarni talab etadi.

Pentium sinfiga kiruvchi protsessor. Odatda, Pentium 133 yetarli bo‘ladi. Ba’zi Cyrix 686 ga o‘xshash klonirlangan kristallardan uzoqroq bo‘ling, chunki ularni ishlatish qiyin bo‘lishi mumkin. O‘rtacha ishchi bekat uchun 32 Mbayt operativ xotira ajoyib hajm hisoblanadi.

64 Mbayt ni o‘rnatib xosil bo‘luvchi farqni tekshirib ko‘ring.

3 Gbaytli qattiq disk. Aslida 1 Gbaytli ham yetarli, ammo kattaroq hajmli disk foydaliroq. Katta hajmli disklarda tizim yaxshi ishlaydi. Ba’zi hollarda Red Hat Linux komponentlarini o‘rnatish uchun minimum 3 Gbaytli disk talab etiladi.

Videoadapter platasi

Bu resurslar stol tizimida Linux ni ishlatish uchun etarli. Atrofdagi ajiotajga qaramasdan 1,7 GGs taktli chastotasi, Pentium IV protsessori asosida tizimlar yaratilishi hech qanaqa zarurat tug‘dirmaydi.

Qo‘shimcha qurilmalar

Shubhasiz, zamonaviy shartlarda shaxsiy kompyuterda multimediya muhitida ishlash va Internetga kirishini tutib turib bo‘lmaydi. Bir nechta qo‘shimcha qurilmalar Linux tizimining ish qobilyatini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun ishchi bekatga qo‘shiluvchilarni chegarasi haqida o‘ylash zarur.

CD-ROM disk yurituvchisi, IDE ATAPI tipidagi qurilmani o‘rnatish mumkin, ammo yetarlicha muhit yaratish uchun SCSI afzalroq. Ovoz platalarida maxsus interfeyslarga qo‘shish yoki xos interfeys bilan ishlovchi qurilmalarni ishga tushirmagan ma’qul. Bu qurilmalar qiyin tarkibiy tuzilmalarga ega va Linux boshqaruvida yomon ishlaydi.

Ovoz platasi. Sound Blaster bilan birgalikda Linux ko‘pchilik platalarga to‘gri keladi. Ularni tafsilotlari bilan bo‘lim davomidagi paragraflarda tanishishingiz mumkin.

Modem. Modem uchun ham Windows singari qoidalar qabul qilingan:
Maksimal tezlikdagi Internet (ISP) provayderlarga ulanish uchun eng tezkor modemni tanlash kerak. Agar provayder 56 Kbit/s tezlikli bog‘lanishni ta’minlay olmasa, bu tezlikda ishlovchi modemni sotib olishdan hech qanaqa ma’no yo‘q. Bir izoh: Linux da tashqi modemlardan foydalanilgan ma’qul. Asosan bu tanlash ISDN modemlariga nisbatan adolatli bo‘ladi. Bu tipdagi modemlar Linux ga mos keladi. Tashqi modemlarni (ISDN yoki analogli) jihozlanishi tarkibiy tuzilmalardagi lokallashtirish muammolarini engillashtiradi, indikator va tarkibiy tuzilmasi bilan farqlanadi. Microsoft Windows (Linux ulardan ba’zilarinigina to‘liq qo‘llay oladi) drayverlari kutubxonasini, Windows-modemlari (winmodem)ni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Agarda siz unchalik katta bo‘lmagan intranet serveri sifatida Linux ni qullamoqchi bo‘lsangiz, u holda quyidagi jihozlarni o‘rnatish imkoniyatini qarab ko‘ring.

SCSI platasi. SCSI interfeysi IDE ga nisbatan qattiq disklar bilan ishlashni, ayniqsa ular bir nechta bo‘lganida birmuncha yaxshi ta’minlaydi. Agar siz ko‘pfoydalanuvchi tizimni yaratishni rejalashtirsangiz (masalan, faylli server, Web-server yoki ilovalar serveri), u holda SCSI platasi qo‘l keladi. Ammo avval jihozlarni birgalikda bo‘lish paragrafini o‘qib chiqing. Agar mumkin bo‘lsa Ultra-Wide SCSI qo‘llaydigan platani tanlang. Bir nechta disklarni birgalikda ishlatish zarurligini ham o‘ylab ko‘ring. Foydalanuvchi ma’lumotlarini, operatsion tizimi va o‘rnatiluvchi dasturlari uchun 8 Gbayt hajmli disk talab etiladi. Shuning uchun 4 Gbaytli ikkita diskni (biri foydalanuvchi ma’lumotlari uchun, ikkinchisi dasturiy ta’minot uchun) o‘rnatish kerak. Dastur va ma’lumotlarni u diskdan bu diskka o‘tkazishda tizim unumdorligini oshishi yuklanishni pasaytirishi mumkin.

Lentasimon tortish (strimer). Davriy ravishda sodir bo‘ladigan har xil noxush hodisalarni oldini olish maqsadida ma’lumotlarni siqish (arxivlash)ga to‘g‘ri keladi. Buning uchun shina disk yurituvchishi egiluvchan disklariga lentasimon tortish moslamasi yordamida ulanadi. Bunda SCSI lentasimon tortish moslamasidan foydalanilgan ma’qul. Bu lentasimon tortish Linux ni ishoncli ravishda qo‘llaydi va tezlikni ta’minlaydi.

Jihozlarni birgalikda bo‘lishini tekshirish

Linux ni o‘rnatishdan avval Windows ni o‘rnatish singari operatsion tizimlar qurilmalarini bir-biriga mosligini tekshirish juda zarur. Ularning mos kelmasligi katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi, sozlashni cho‘zilishi va kompyuter tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.

Linux jamiyatida bu muammo asosiy keskinlikni keltirib chiqaradi. Bu tizim xozircha jihozlarni maxsus ishlab chiqaruvchilariga, Linux muhitining ishga tayyor jihozlarni sozlavchi foydalanuvchilar, mahsulotlari uchun drayverlar va mutaxassislariga ega emas. Bu shuni bildiradiki, qurilmalar bilan ishlashni aniq disttributiv va qo‘shimcha dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan drayverlar boshqaradi. Biror bir qiyincilik tug‘ilganda foydalanuvchi faqat Linux jamiyatiga murojaat qilishi kerak.

Shuning uchun avval Linux operatsion tizimini o‘rnatishdan ko‘ra qurilmalarni unga bog‘liqligini aql bilan tekshirish kerak.

Linux Red Hat ni o‘rnatishda hardware manzili bo‘yicha Red Hat (Red Hat Hardware Compatibility List) qurilmalarni birgalikda ishlash ro‘yxatini ko‘rib olishga harakat qiling red-hat.com. Ro‘yxatda qidirilishi osonlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik ma’lumotlar Red Hat distributivlar uchun qurilmalarning birgalikda bo‘lishligi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi keltirilgan.

Linux Hardware Compatibility HowTo yo‘riqnomasi bilan tanishing (Linux da qurilmalarning birgalikda ishlashi bo‘yicha yuriqnoma). Bu hujjat Patrik Raynen (Patrick Reijnen) tomonidan tuzilgan bo‘lib, Linux operatsion tizimi bilan mos keladigan (mos kelmaydigan) qurillmalarning amalda sinalgan va izohlari bilan birga juda katta ro‘yxati keltirilgan. Agar siz yaratayotgan jihozlash undagi hujjatlar bilan tasdiqlansa sizda muammolar kamayadi. Yo‘riqnomani oxirgi nusxasini http: / /www.linuxdoc.org/HOWTO/НагdwareHOWTO.html manzilidan topishingiz mumkin.

comp.os.linux. hardware yangiliklar guruhiga diqqat qiling. Bu Linux tizimini jihozlash ishlari haqida juda yaxshi ma’lumotlar man’bai bo‘lib hisoblanadi. Agarda biror bir qurilmada sizda shubha tug‘ilsa, u holda siz ushbu manzildan yordam so‘rasangiz bu guruh sizga o‘zlarining amaliyotidan kelib chiqib zarur javobni beradi. Shunday insonlar topiladiki, ularning umumlashgan aqli kelib chiqayotgan masalalarni yechishning bebaho manbaasi bo‘lib xizmat qiladi. Ularning yangiliklari / /groups. google. com manziliga joylashadi.

Jihozlarni olguningizcha tekshirib oling. Agar sizning doimiy ta’minotchingiz bo‘lsa, u albatta olgunicha jihozlarni Linux muhitida tekshirib olgani ma’qul. Bu jihozlarni tekshirishning birdan-bir dastlabki yo‘lidir.

Videoadapter platalari.

Linux ni X Windowssiz (Unix tizimi uchun foydalanuvchi grafik interfeysi) ornatishda videoadapterni tanlash har qanaqa ehtimolda ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. X Windows uchun videoadapterni tanlash esa juda muhimdir. Videoadapter platatalari haqida navbatdagi zarur ma’lumotlar:

platalar modeli va ishlab chiqaruvchi;

Platalarni mikroprotsessosli yig‘masi (ba’zan X Windows aniq bir tipdagi platalarga mos kelmaydi, lekin unga moslab yaratilgan mikroprotsessosli yig‘malarni qo‘llaydi);

videoxotira hajmi;

taymer tipi, agar mavjud bo‘lsa (ko‘rchilik platalarda taymer mavjud bo‘lmaydi);

RAMDAC tipi (raqamli-anologli qayta yaratish ОEQ), agar platada RAMDAC mavjud bo‘lsa (ko‘pgina platalarda ular mavjud emas).

Bu kabi ma’lumotlar plata hujjatlarida bo‘lishi kerak.

Ovoz platasi

Ovoz platasini o‘rnatishda maxsus ma’lumotlarni aniq kiritish kerak. Ulardan ba’zilari quyida ko‘rsatilgan:

platalar modellari va ishlab chiqaruvchi;

uzilish raqami (IRQ); balki, bir qancha raqamlar;

kiritish-chiqarish manzillari;

DMA manzillari (Direct Memory Address – xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish).

Ba’zan IRQ, kiritish-chiqarish manzillari va DMA ni qo‘lda to‘g‘ridan-to‘g‘ri plataga ulashga to‘g‘ri keladi.

Monitorlar

Monitorlarni texnik ma’lumotlarini bilish videoadapterlar singari X Windows ni muvoffaqqiyatli ishlashini ta’minlaydi. Noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish monitorlarni buzilishiga olib keladi. Hujjatlarni o‘rganib quyidagi ma’lumotlarni yozing:

Monitor modellari va ishlab chiqaruvchi;

maksimal ruxsat etish;

maksimal ruxsat etish rejimida chastota yangilanishi;

ufqiy (gorozontal) yoyilma chastotasi kengligi;

tik (vertikal) yoyilma chastotasi kengligi.

Sichqoncha

Sichqonchani Linux matnli rejimida yoki X Windows rejimida ishlashiga moslash uchun quyidagi ma’lumotlarni bilish zarur:

Sichqonchlarni ishlab chiqish va ularni modellari;

tugmalar soni;

Sichqonchalar protokoli (hujjatlariga qo‘shiladigan ma’lumotlarni qidiring; birmuncha keng tarqalgan protokollar - Microsoft, USB, Mouse Systems va PS/2);

sichqoncha ulanadigan port (DOS terminlarida bular asosan СОМ1:, COM2 : yoki PS/2).

Qattiq disk

Agar Linux ni o‘rnatishda diskni bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri kelsa, u holda sizga ushbu ma’lumotlar zarur bo‘ladi:

qattiq disk to‘liq hajmi;

silindrlar soni;

qalpoqchalar soni;

yo‘lakchada sektorlar soni.

yuklanish davomida Linux avtomatik ravishda disk parametrlarini aniqlaydi. (IDE-disklari uchun BIOS avtodetektorlari yordamida har doim ma’lumot olish mumkin.)

Modem


Modemni o‘rnatish uchun ushbu ma’lumotlarni bilish kerak:

modem modellari va ularni ishlab chiqish;

tezlik;

Tashqi modemni ulash porti (DOS terminlarida bu port СОМ1: yoki COM2 :) yoki tarkibiy tuzilma qurish (buning uchun IRQ va kiritish/chiqarish manzillarini bilish kerak).

Tarmoq adapteri

Tarmoq adapterini o‘rnatish uchun ushbu ma’lumotlarni bilish kerak:

tarmoq adapterini modellari va ularni ishlab chiqaruvchi;

uzilish raqami (IRQ);

kiritish-chiqarish manzili;

maxsus mo‘ljallangan drayverlar (agar bo‘lsa);

tarmoq adapterlarini drayverlari bilan mosligi Novell 1000 yoki 2000.

Bir qancha tarmoq adapterlari Linux muhitiga moslab drayverli disklar bian jihozlangan. Agar bunaqa drayverlar bo’lmasa, u holda adapter Novell 1000 yoki 2000 adapteri bilan birgalikda bolishi va shundan keyingina bu adapterlar drayverlarini ishlatish mumkin edi.

USB

Birqancha Linux-distributivlar USB ni qisman qo‘llovchi muhitiga ulanadi, birinchi navbatda klaviatura va sichqoncha uchun. So‘z distributivlar haqida bormoqda S.u.S.E. 6.4, Red Hat 7.0, Mandrake 7.1 va Corel Linux Second Edition Но Red Hat 7.0. USB ni amaliy jihatdan to/liq qo‘llashni ta’minlaydigan 2.4.x o‘zagida (yadrosida) bazalashtiriladi. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, yig‘ilgan malumotlar bazasi http: //www.qbik.ch/usb/devices, USB deyarli barcha tipdagi qurilmalarni (modemlardan tortib Web kameralargacha) aniqlangan darajada qo‘llaydi.




Download 258,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish