Gm = SEf [2 s(P1 - P2)]0,5 (1.4.6)
bo‘ladi.
Hajmiy sarf
Gx = SEf [2/s(P1 - P2)]0,5 (1.4.7)
bo‘ladi. b = SE sarf keffiyienti deb ataladi.
(1.4.6), (1.4.7) ifodalar siqilmaydigan suyuqliklar uchun. Gaz, bug‘ va havo toraytirilgan qurilmadan o‘tgandan keyin kengayadi, ya’ni zichligi kamayadi. Bu bosim farqini ortishiga olib keladi. Zichlik kamayishini e’tiborga olish uchun birdan kichik bo‘lgan ye zichlik koeffitsienti kiritiladi. U holda massali va hajmiy sarf quyidagicha ifodalanadi:
Gm = SE ye f [2 s(P1 - P2)]0,5 (1.4.8)
Hajmiy sarf
Gx = SE ye f [2/s(P1 - P2)]0,5 (1.4.9)
Ye = 1/(1- v 4 )0,5
Ifodadan ko‘rinib turibdiki, toraytiruvchi qurilma diafragma o‘rnatilgan tizimlarda, sarf bosim farqiga kvadratli bog‘langan. Bosim farqini differensial manometr yordamida o‘lchash bilan joriy sarfni uzliksiz aniqlash mumkin. S va ye koeffitsientlar eksperimental aniqlangan bo‘lib jadvallarda beriladi.
1.47. Расм. Суюқликни сарфини ўлчаш тизимида ўлчаш воситасини уланиши. 1- торайтирувчи қурилма, 2- беркитувчи вентил, 3- чиқарувчи вентил, 4- газ йиғувчи, 5- ажратувчи идиш, А- ўлчаш воситаси
Texnologik jarayonlardagi suyuqlik va gazlarni joriy sarfini hisoblashlarda difrensial manometrlardan tashqari maxsus ikkilamchi o‘lchash qurilmalaridan foydalaniladi. Xar bir tur suyuqlik va gaz uchun maxsus graduirovka jadvali qo‘llaniladi. Bu jadvallarda qo‘llanilgan toraytiruvchi qurilma kattaliklari, suyuqlik yoki gazni mos koeffitsientlari, o‘rnatilgan traytiruvchi qurilmagacha va undan keyingi tug‘ri uchastka uzunligi va boshqalar.
Bosim farqini o‘lchash qurilmasini ulanish sxemasi rasmda ko‘rsatilgan.
O‘lchash vositalarini ichki diametri 8 mm dan kichik bo‘lmagan va uzunligi 50 m gacha trubka bilan ulanishi mumkin. Lekin trubkada o‘zgarish uzatilish dinamikasini e’tiborga olgan holatda, o‘lchash aniqligini kamaytirmaslik uchun 15 m gacha uzunlikga ulanganligi ma’kul. O‘lchashda xatoliklar bo‘lmasligi uchun o‘lchash vositasini ulashda trubkalarni vertikalga erishish, agar trubkalar qiya ulansa, ularga maxsus gaz yig‘uvchi yoki kondensat yig‘uvchi qismlar qo‘shish kerak. Agar sistema gaz uchun mo‘ljallangan bo‘lsa kondensat yig‘ilishi, agar suyuqlik bo‘lsa gaz yig‘ilishi mumkin.
Rasmda suyuqlikni sarfini o‘lchash tizimida o‘lchash vositasini toraytiruvchi qurilma qo‘yilgan joydan yuqoriga va pastga o‘rnatish sxemasi ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, suyuqliklarda bosim farqini o‘lchashda bosimni o‘lchash trubkalari toraytiruvchi qurilmadan pastda ulanadi. Bu suyuqliklarni oqimida ba’zi hosil bo‘lgan gazlarni o‘lchash trubkasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Agressiv suyuqliklarni sarfini o‘lchashda 5- boshqa bir suyuqlik qo‘yilgan ajratuvchi idishdan foydalaniladi. Bu suyuqlik zichligi sarfi o‘lchanayotgan suyuqlik zichligidan katta bo‘lishi kerak. Ajratuvchi suyuqlik bosimni o‘lchash vositasiga uzatish uchun hizmat qiladi. Odatda ajratuvchi suyuqlik sifatida o‘lchanayotgan muhit bilan reaksiyaga kirishmaydigan suyuqlik olinib, ko‘pchilik holatlarda suv, giletserin yoki moydan foydalaniladi.
Rasmda gazlarni sarfini o‘lchash tizimi ko‘rsatilgan. Gazlarni sarfini o‘lchashda bosim farqini o‘lchash vositasi toraytiruvchi qurilma qo‘yilgan qismni yuqori qismiga ulanadi. Bu gazlarda hosil bo‘ladigan kondensatlarni o‘lchash trubkasiga kirib qolishini oldini oladi.
Qizdirilgan bug‘larni sarfini o‘lchashda toraytiruvchi qurilmani ikkala bosim oluvchi trubkalari kondensat bilan to‘la bo‘ladi. Har qanday sarfda ham ikkala ulanishda ham ularni sathi va harorati bir xil bo‘lishi kerak.
Kondensatlarni yuqori chegarasini stabillashtirish maqsadida ulanish joyiga tenglashtiruvchi kondensatsion qism o‘rnatiladi. Agar kompensatsion tenglashtiruvchi qism qo‘yilmasa kondensatsion suyuqlikni katta sarflarda bosim farqini o‘zgarishini kamytirib yuboradi. Buning sababi «+» kameraga kondesatni ko‘proq oqib tushishi «-» kameradan kondensatni trubaga oqib ketishiga olib keladi. Bu oqish trubkalardagi kondensat ustunlarini farqini kattalashishiga sabab bo‘ladi va bosim farqi notugri o‘lchanadi. Agar kondensatsion qism qo‘yilsa kondensatni trbkadagi ustun farqlari kichik bo‘lib, bosim farqi nisbatan tugri o‘lchanadi.
O‘zgarmas bosim rotatorlari laboratoriya va ishlab chiqarishda uncha katta bo‘lmgan suyuqlik 0,002 dan 70 m3 /soat gacha, gaz 0,05 dan 600 m3 /soat sarfini o‘lchashga mmuljallangan soda joriy sarf o‘lchagichdir. U diametri 3 mm dan 150 mm gacha bo‘lgan trubalardagi sarfni o‘lchay oladi.
Uni asosiy yutuqlari bir fazali muhitlarni kichik sarflarni individual graduirovkada yuqori aniqlikda o‘lchay olishi, soddaligi, trubada bosim kamayishi hosil qilmasligi va o‘lchash shkalasini chiziqliligidir .
1.48. Расм. Қиздирилган пар сарфини ўлчаш тизимида ўлчаш воситасини уланиши. 1- торайтирувчи қурилма, 2- Конденсацион тенглаштирувчи қисм, 3- беркитувчи вентил, 4- чиқарувчи вентил, 5- газ йиғувчи, ДМ- ўлчаш воситаси
Do'stlaringiz bilan baham: |