Yetakchilarni yangi konsepsiyalari. An'anaviy va vaziyatli yondoshuvlar yo yetakchining alomatlari va hulqiga, yoki u kerakli usulni tanlagan vaziyatga bir tomonlama e'tibor berganlar. Keyingi yillarda paydo bo'lgan konsepsiyalar bu ikki tomonni birlashtirishga haraqat qiladilar.
Atributli (belgili) yetakchilik konsepsiyasi (sabab-natijaviy yondoshuv). U nima sodir bo'lgan va odamlar nimani sodir bo'lganning sababi deb hisoblashlari o'rtasidagi sabab-natijaviy aloqani izohlab beruvchi atributli nazariyaga suyanadi. Bu yondoshuv shundan kelib chiqadiki, yetakchining xulosalari ergashuvchilarning hulqlari bilan teng darajada yetakchining keyingilar hulqiga javob qaytarish bilan asoslanadi. Qo'l ostidagilarning ishini ko'zata turib, yetakchi u qanday bajarilayot ganligi haqida axborot oladi. Bunga ko'ra u odamlarning hulqi haqida xulosa chiqaradi va qo'l ostidagilarning hulqiga adekvat ravishda javob qaytarish uchun o'z hulqining shunday uslubini tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |