Xarizmatik yetakchilik konsepsiyasi. Xarizma - bu boshqalarga yetakchi likni qo'llab quvvatlanishi va tan olinishi keltirib chiqaruvchi shaxsiy jozibadorligi vositasida ta'sir qilish shaklidir, bu xarizmaning egasiga ergashuvchilar ustidan hukmronlikni ta'minlaydi. O'zining shaxsiy sifatlariga ko'ra ergashuvchilarga g'oyatda kuchli ta'sir ko'rsatishga qodir yetakchi xarizmaatik deb hisoblanadi. Bunda yetakchilar hukmronlik, faoliyatga katta ehtiyojni boshdan kechiradilar va o'zlarining to'g'riliklariga ishonadilar.
Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, oddiy vaziyatlarda xarizmatik yetakchilik hamma vaqt talab qilinmaydi. Ko'pincha u ergashuvchilar o'z istaklari va ularni bajarish yo'llarini kuchli ravishda bo'rtirib yuborgan hollarida to'g'ri keladi. Bu siyosat, din, harbiy harakatlarda yetakchilarda xarizmani tez tez paydo bo'lishini izohlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |