2-mavzu: Yulduzlarning xaritalari. Olam qutbining balandligi va joyining geografik kengligi orasidagi bog’lanish. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandligi.
Yulduzlarning xaritalari
Yulduzlar xaritalari ham geografik xaritalar kabi, ko'pincha,
yulduzlarning tekislikdagi proyeksiyasi ko'rinishida ishlanadi. Unda yulduzlarning a - to'g'ri chiqish va 5 - og'ish o'qlari - o'zaro perpendikular koordinata o'qlari ko'rinishida aks ettirilgan.
Xaritada keltirilgan M yulduzning koordinatalarini
toppish uchun bu yulduzdan osm on ekvatorini ifodalovchi
chiziqqa perpendikular qilib, o'tkazilgan og'ish aylanasi yoyini ifodalovchi chiziqning (chizmada vertikal chiziq)
a-o’qi bilan kesishgan nuqtasidan mazkur yulduzning to'g'ri chiqishi olinadi. M yulduzning 5- og'ishi esa undan o'tgan sutkalik parallel yoyini
ifodalovchi chiziqning (chizmada gorizontal chiziq) 5 o'qi (yoki
o'ng tomondagi unga parallel o'q) bilan kesishgan nuqtasidan
olinadi. U nda xaritadagi M yulduzning shunday yo'l bilan
topilgan koordinatalari: a = 4h35m, 5 =+16° ekanligi ko'rinib turibdi. Olam qutbining balandligi va joyning
geografik kengligi orasidagi bog‘lanish
Yer sharining istalgan nuqatasidan kuzatilganda olam qutbining matematik gorizontdan balandligi h, shu joy ning geografik kengligi ф ga teng bo'ladi. Bu hol quyidagicha oson isbot
qilinadi:
15-rasmdan ko'rinishicha, osmon meridiani
bo'ylab zenitdan ekvator
tekisligigacha bo'lgan yoy
uzunligi — ZQ , Yer sirtidagi kuzatuvchi tuigan О nuqta geografik kengligining yoyi qO = cp bilan bir xil qiy matii markaziy burchak
(ni tashkil qiladi. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va
kulminatsiya balandliklari
Yoritgichlarning, sutkalik ko'rinma harakati paytida, osmon
m eridianini kesib o ‘tish hodisasi ularning kulm inatsiyalari
deyiladi. Ixtiyoriy yoritgich bunday harakat tufayli har sutkada
osmon meridianini ikki marta kesib o ‘tadi, binobarin ikki marta
kulminatsiyada bo'ladi. Bu ikki kulminatsiyadan zenitga yaqini (A)
—yuqori kulminatsiya deb, ikkinchisi esa (K' ) — quyi kulminatsiya
deb ataladi. Kulminatsiya paytida
yoritgichning balandligi kuzatish joyining geografik
kengligi (ф) va yoritgichning
og‘ishiga (8) bogliq bo‘ladi.
К yoritgichning yuqori
kulminatsiyasi paytidagi b alandligi S K yoy bilan o ‘lchanib, u /ZyU = SK = SQ + QK
boiadi. SQ — osmon ekvatori tekisligining gorizont tekisligiga og‘maligiga teng.
17- rasm. Yoritgichlarning
kulminatsiyasi hodisasi.
Vaqlni о ‘Ichashning asoslari
b o ‘lib, u SQ = 90° - cp ifoda orqali hisoblanadi. QK yoy esa
yoritgichning og'ishiga (5) tengligidan
h = 90° - ф + 8 yu Y tenglamadan topiladi.
Nazorat savollari:
1.Berilgan yulduzlar xaritasida vertikal chiziqlar osmon sferasining qanday aylanalarining yoylarini ifodalaydi?
2. Yulduzlar xaritasidagi gorizontal chiziqlar-chi?
3. Yoritkichlarning kulminatsiyasi deb qanday hodisaga aytiladi va u necha xil boadi?
4. Yoritkichning kulminatsiyalari uning og'ishi va kuzatuvchining kengligi orqali qanday ifodalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |