Nemis opera san’ati. Nemis kompozitori Genrix Shyutsning birinchi opera asari nemis opera tarixining boshlanishi bo‘ldi. Uning «Dafna» operasi 1627-yilda Torgau shahrida ijro etildi.
Genrix Shyuts (1585 — 1672) XVI asr taniqli Venetsiya kompozitori Jovanni Gabrielining o‘quvchisi — birinchi bo‘lib o‘z vataniga italyan rechitativ uslubini «olib keldi».
Shyuts bir qancha vaqt Drezdenda kapelmeyster lavozimini egallab turdi, lekin tez orada uni italiyalik Bontempiga bo'shatib berdi. Shu vaqtdan boshlab Drezden — sakson kurfyustining poytaxti — italyan operasining doimiy joyiga aylandi.
Gannoverdagi opera o‘zida qo‘shaloq — italyan va fransuz operalarining ta’sirini sezdi. Operaning orkestri ko‘proq fransuz sozandalaridan iborat boiib, kapelmeysterlik lavozimiga italiyalik Agostino Steffani taklif etildi. Steffanining musiqasini nemislar sof italyan san’atining yuksak namunasi deb bilardilar, hatto Kayzer va Gendel kabi atoqli nemis kompozitorlari ham unga ergashishga harakat qilishardi.
Gamburg va nemis milliy operasi. Hukmron doiralar homiyligidagi italyan operasi Germaniyaning yirik markazlarida mustahkam o‘rin egalladi. Faqat Gamburgda nemis musiqa teatri opera san’atining milliy shakllarini yaratish uchun yo‘l topishga va ma’lum vaqt davomida italyan-fransuz hukmronligiga qarshilik ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.
Gamburgni Shimoliy Venetsiya deb atashardi. Shimoliy Yevropaning yirik portlaridan biri bo'lgan Gamburg, Germaniyaning ko‘plab shaharlaridan farqli o‘laroq, hayot darajasining nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turardi. U yerda oldindan boshqa mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, Venetsiya respublikasining poytaxti bilan raqobatlashishga intiluvchi boy burjuaziya sinfi shakllangan edi. Reynxardt Kayzer (1674—1739) Saksoniyada tug‘ildi, Leypsigda, avliyo Foma cherkovi qoshidagi maktabda tahsil oldi. U yetuk musiqiy madaniyat sohibi edi, fransuz va italyan musiqasini yaxshi bilardi, asarlarida boshqa milliy maktablar usuli yaqqol ko‘rinib tursa-da, Kayzer melodikasining ildizi — nemis xalq qo‘shig‘idadir. Aynan xalq qo‘shiqchilik asosi Kayzer musiqasiga ko‘pchilik nemis kompozitorlari tomonidan yo‘qotib qo‘yOgan milliy o‘ziga xoslik baxsh etadi.
Kayzer opera xonandachiligi shakllarini ixtiro qilish bilan shuhrat qozongan edi, orkestr sado berishi bilan keng miqyosda va erkin tarzda foydalana olardi, rechitativlar ustida puxtalik bilan ishlardi. Kayzer favqulodda serunum ijod qiluvchi kompozitor edi. Afsuski, ko‘p sonli operalaridan (120 ga yaqin) faqat ozginasi saqlanib qolgan. Kayzerning iqtidori Gamburg operasiga ko‘plab muxlislarni jalb qilardi. Uning musiqasini tinglash, teatr tomosha- laridan bahramand bo‘lish uchun Yevropaning barcha hudud- laridan Germaniyaga kelishardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |