2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar



Download 1,84 Mb.
bet61/183
Sana20.11.2022
Hajmi1,84 Mb.
#869256
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika

Yakuniy suhbat o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o’quvchilarning boshlang’ich bilim darajasi va ularning yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun dars avvalida yoki so’nggida qo’llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi. Savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, ular o’quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga rag’batlantirsin.
Tushuntirish o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo’llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o’rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o’quv materialining bir qadar qiyin o’rinlariga alohida urg’u berilib, mazmuni ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko’p hollarda o’qituvchining ko’rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog’liq bo’ladi.

Ma’ruza mazmuni murakab tizimlar, hodisalar, ob’ektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog’lanishlari, qonun va qoidalardan tashkil topadi va u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqida o’quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi.


Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat: ma’ruza rejasini tuzish; o’quvchilarni ma’ruza mavzusi, rejasi bilan tanishtirish; ma’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish; har bir bandini qisqacha xulosalash; ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o’tishda mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma’ruzani muammoli va hissiy tarzda bayon qilish; bunja nutq imkoniyati, misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish; o’quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish; ma’ruzaning muhim jihatlarini ochib berish; o’quvchilar ma’ruzaning asosiy o’rinlarini yozib borishlariga imkon yaratish; muhim o’rinlarni ta’kidlab ko’rsatish; ma’ruza mazmunini ko’rgazmali tarzda (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish.
Ta’lim sifatini oshirishda ko’rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko’rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud:


Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko’rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo’ladiki, shaxs tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko’rish retseptorlari yordamida o’zlashtiriladi. Demak, o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora qo’llaniladigan “Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan.

Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko’rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o’zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so’ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o’rganishga o’tiladi. Ko’rsatish ko’p holatlarda o’rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o’qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko’rsatib berishi hisobiga amalga oshadi.


Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko’proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo’lavermaydi. Shu bois o’qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog’ida, turli o’simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’ektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Metod yordamida o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil ravishda ob’ektlarni o’rganish, zaruriy o’lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o’rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab etishga bir so’z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo’naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o’quvchilarning yoshiga mos holda to’g’ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo’naltirishiga bog’liqdir.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish