3. Frantsiya ta’lim tizimi. Frantsiyada ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik-psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to’g’ri tashkil etilishi juda muhim. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatishdir.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitilib, “ta’lim muassasasini boshqarish” tushunchasi “ta’lim menejmenti” atamasi sifatida qo’llanilmoqda.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim muassasasi menejmentini yo’lga qo’yishda quyidagi vazifalarning hal qilinishi ko’rsatiladi:
Ta’lim menejmetida o’ziga xususiyatlar ko’zga tashlanadi. Ya’ni: ta’lim menejmenti “maqsadga muvofiqlik” so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega; ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi); menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi; ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
O’zRda ta’lim tizimi davlat-jamoatchilik boshqaruviga asoslanadi. Bu holat ta’lim muassasalarida o’qitish va tarbiyaga bog’liq masalalar davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilinadi, ta’lim dasturlari o’qituvchi, o’quvchi va ota-onalar tomonidan o’zaro hamkorlikda tanlandi, o’quvchi hamda ota-onalar ta’lim turi va muassasalarini erkin tanlaydilar.
Uzluksiz ta’lim tizimi yuqori davlat va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari ta’lim tizimini boshqaradigan yuqori davlat organlari hisoblanadi.
Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklarining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta’limi bo’limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo’ysunadi.
Ta’lim muassasasini boshqarishda vazirliklar tasarrufidagi nazorat organlari yordam ko’rsatadi. Nazorat organlari ta’lim muassasasi faoliyatini o’rganadi, ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini tahlil qiladi, ilg’or tajribalarini aniqlaydi, ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish yo’llarini izlaydi, maktab direktori va o’qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko’rsatadi.
A L va KHKga tashkiliy, o’quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, DTSni ishlab chiqish, o’quv va kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, muassasani pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi (O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Bir yilda bir marta o’tkaziladigan ta’lim muassasasi konferentsiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferentsiyada ta’lim muassasasi Kengashi, uning raisi saylanadi, Ustavi qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |